YOMONTOV TOGʻI haqida

YOMONTOV TOGʻI haqida

YOMONTOV TOGʻI

YOMONTOV TOGʻI — Markaziy Qizilqumdagi togʻ. Tomditov togʻlarining eng chekka jan. gʻarbida joylashgan. Eng baland joyi 506 m (Siztov choʻqqisi). Yomontov togʻining suvayirgʻich qismi keskin koʻtarilgan. Jan. gʻarbdan shim. sharqqa yoʻnalgan. Yon bagʻirlarida quruq soy va oʻzan koʻp. Yomontov togʻining choʻqqisi quyi paleozoyning tub jinslaridan iborat, qolgan joylar nuragan jinslar bilan qoplangan. Etaklarida boʻr va paleogenning choʻkindi jinslari (gil, alevrolit, qum va b.) keng tarqalgan. Boʻz, qoʻngʻir tuproklarda shuvoq, keyreuk, biyurgʻun, izen va b. kserofitlar oʻsadi. Yon bagʻirlaridan qorakoʻl qoʻylari boqishda foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
YOMONTOV TOGʻI