Yolg‘onchilik
Yolg‘onchilik
DO`STLARGA ULASHING:
Yolg‘onchilik — qabih illat.
M. MONTENYolg‘onchilik o‘g‘rilikdan battar.
J. RENARYelg‘onchilik — yovuzlik timsoli.
V.GYuGOFaqat yaramaslargina aldashadi.
F. M. DOSTOEVSKIYYolg‘onni bu qadar fosh etishimizning boisi shundaki, eng pastkash illatlar ichida ayniqsa yolg‘onni berkitish ham va unga bo‘yin egish ham osoi.
F. VOLTERAgar yolg‘on ham haqiqat singari bir xil bo‘lganda-ku, ahvolimiz ancha yengillashardi. U holda biz yolg‘on so‘zlayotgan odamning gapini teskari tushunib qo‘ya qolardik. Lekin haqiqatning aksi bo‘lgan yolgonniig minglab qiyofasi bor va uning had-chegarasi yo‘q.
M. MONTENKishi yanglishgan paytda buni har qaiday odam sezadi, ammo aldayotganda esa hamma ham sezavermaydi.
I. GYoTEYolg‘onchi — inson deb atalishga loyiq emas.
F. FENELONIrodasiz yurak, farosatsiz aql, buzuq xarakterni yolg‘on fosh etadi.
F. BEKONHammadan ham ko‘ra men qo‘rqoqlik va ojizlik tufayli to‘qilgan yolg‘ondan jirkanaman.
A. I. KUPRINYolg‘onchilik va makr — ahmoqlar bilan qo‘rqoqlar panohi.
F. ChESTERFILDYolg‘onchilik inson qalbi va jismiga hadsiz uqubat yuklaydi.
Sh. RUSTAVELIO‘z vijdonini aldash — insonning hayotidan ezilishining eng keng tarqalgan va eng qabih ko‘rinishidir.
L. P. ANDREEVYolg‘onchilik zo‘rlik boshlangan joyda tug‘iladi.
K. A. FEDINYolg‘onchi yolg‘onsiz yashay olmaydi.
I.I . XEMNISERYolg‘onchilikka o‘rgangan odam ishda ham, bekorchilikda ham yolg‘on so‘zlayveradi.
I. I . XEMNISERMa’lum vaqt hiyla-nayrang bilan shug‘ullanib yurgan odam endi usiz turolmaydi: qolgan narsalarning bari unga zerikarli ko‘rinadi.
J. LABRUERYolg‘on ham ichkilikbozlikning o‘zi. Yolg‘onchi o‘layotganda ham yolg‘on gapirib o‘ladi.
A. P. ChEXOVShira — maysani, zang — temirni, yolg‘on esa qalbni kemiradi.
A. P. ChEXOVInsonni ayni yolg‘onchilik tahqir etadi.
O. BALZAKYolg‘onning doimiy hamrohi — ayyorlik.
J. LOKKShaxsiy manfaat yo‘lida o‘zini-o‘zi aldash qalbakilik; o‘zgalar manfaati uchun aldash — soxtalik; ziyon yetkazish uchun aldash — bo‘hton, bu yolg‘onning eng yomon zahridir.
J. J. RUSSOYolg‘onchiga hatto u to‘g‘ri gapirganda ham ishonmaymiz.
SISERONYolgonchining jazosi uning gapiga hech kim ishonmay qo‘yishida emas, balki uning o‘zi endi hech kimga ishonmasligidadir.
B. ShOUYolg‘onchilik hayotda suyanchiq bo‘lmaydi.
N. K. KRUPSKAYaOjizlarning kuchi hiyla-nayrangda.
V. ShEKSPIRQalbaki narsa hech qachon pishiq bo‘lmaydi.
P. BUASTYolg‘on beviqor qilur odamni, Yolg‘on sharmisor qilur odamni.
SA’DIYEng qabih yelg‘on ko‘pincha sukut saqlagan holda ifodalanadi.
R. STIVENSONTo‘la haqiqatgina maqtovg‘a loyiq, chala haqiqat hech narsaga arzimaydi.
S. SVEYGChala haqiqat yolg‘ondan xavfli; chala haqiqatga qaraganda yolg‘onni ajratish oson, chala haqiqat esa sezdirmaslik uchun ikki hissa pishiqroq niqob kiyib oladi.
T. GIPPELChala haqiqatni fogn etish g‘irt yolg‘onni fosh etishdan ko‘ra ikki bora qiyin.
O.OMELLIBirov soxtalashtirilgan haqiqat — eng xavfli yolg‘ondir.
G. LIXTENBERGHaqiqatlar ichiga kirib qolgan birgina yolg‘on hamma haqiqatni shubhaga qo‘yadi.
P. BUASTAldayotgan odam yelkasida qanchalik og‘ir yuk borligini o‘ylamaydi, chunki u birinchi yolg‘onini davom ettirish uchun yana yigirma martalab yolg‘on so‘zlaydi.
A. POPHar kimki so‘zi yolg‘on, yolg‘oni zohir bo‘lg‘ach yolg‘on. Yolg‘onni chindek aytuvchi suxanvar — kumushni oltin bilan ro‘kash qilg‘uvchi zargar.
A. NAVOIYKimki bir yolgon gapirdimi, yana ganiradi. Axir bitta yolg‘onni boshqa yettitasi bilan quvvatlash kerakda.
F. RYuKKERTKim xotirasiga uncha ishonmasa, kelishtirib yolg‘on ham so‘zlolmaydi, deb bejiz aytishmaydi.
M. MONTENAgar siz faqat bor gapni aytsangiz, boshqa narsalarni o‘ylab o‘tirishingiz shart emas.
MARK TVENAlbatta, bilmay turib ham yolg‘on gapirib qo‘yish mumkin, ammo «yolg‘onchi», degan tushuncha qasddan yolg‘on so‘zlash ma’nosini bildiradi.
B. LASKALYolg‘on gapirayotganingni sezsang, og‘zingni yumishing har vaqt ham kech emas.
A. DYuMA (o‘g‘li)Yolg‘on kuchga kirgan vaqtda ham baribir hech vaqt haqiqatga aylanmaydi.
R. TAGORBordi-yu, yolg‘onga duch kelsang, sen uni yo‘q qil. Yolg‘on faqat yo‘q qilishlari uchungina mavjud.
T. KARLEYLziyouz.uz
Yolg‘onchilik