YOLG‘IZ ONALAR MA’LUM MIQDORDA DAROMAD SOLIG‘IDAN OZOD ETILGAN. to’liq malumot oling
YOLG‘IZ ONALAR MA’LUM MIQDORDA DAROMAD SOLIG‘IDAN OZOD ETILGAN.
✅ O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 380-moddasiga ko‘ra, ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,41 baravari (1 297 200 so‘m) miqdoridagi daromadlar bo‘yicha soliq solishdan ozod etiladi. Bu imtiyoz har bir bola uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotnoma asosida beriladi.
✏️ Yuqoridagi normani sodda tilga tarjima qiladigan bo‘lsak, masalan Siz yolg‘iz onasiz va ikki nafar 16 yoshga yetmagan farzandingiz bor. Aytaylik Siz bir million so‘m oylik olsangiz umuman daromad solig‘i to‘lamaysiz. 1 297 200 so‘m oylik olsangiz xam Siz daromad solig‘i to‘lamaysiz. Manashu 1 297 200 so‘mdan ortiq oylik olsangiz, oyligingizni shu summadan ortgan qismigagina daromad solig‘i to‘laysiz xolos. Masalan, Siz ikki million so‘m oylik olsangiz, demak Siz oyligingizni 1 297 200 so‘mdan ortgan qismiga ya’ni, 702 800 so‘m uchun daromad solig‘i to‘laysiz bo‘ldi.
Yuridik
YOLG‘IZ ONALAR MA’LUM MIQDORDA DAROMAD SOLIG‘IDAN OZOD ETILGAN.