Yo’l belgilari game o’yini ko’dlari
Birinchi guruhga ogohlantiruvchi belgilar kiradi. Ular haydovchilar va piyodalarni xavf haqida ogohlantiradi. Oqohlantiruvchi belgilar yaxshi ko’rinib turadigan joyga va xafli joydan ma’lum masofaga o’rnatiladi. Bu belgilarning ko’pchiligi oq rangli va qizil hoshiyali teng tomonli uchburchak shaklida bo’ladi.
Ikkinchi guruhga imtiyoz belgilari kiradi. Ular chorrahalardan yoki ko’chalar va yo’llarninig tor joylaridan o’tish navbatini belgilaydi. Bu belgilarning ba’zilari ham oq rangli va qizil hoshiyali uchburchak shaklida bo’ladi.
Uchinchi guruhga taqiqlovchi belgilar kiradi. Ular haydovchilar va piyodalarga ba’zi harakatlarni taqiqlaydi. Bu belgilarning ko’pchiligi oq rangli va qizil hoshiyali doira shaklida bo’ladi. Lekin qizil yoki ko’k rangli taqiqlovchi belgilar ham bor.
To’rtinchi guruhga Buyuruvchi belgilar kiradi. Ular faqat ma’lum yo’nalishlarda, ma’lum tezlikda hamda ma’lum transport vositalariga harakatlanish uchun ruxsat beradi.
Beshinchi guruhga axborot-ishora belgilari deb ataladi. Ular alohida harakat tartibi, yo’lda piyodalar o’tish joylarining joylashishi, Transport bekatlari, aholi turish joylari va boshqa ob’ektlar to’g’risidagi axborotlar beradi.Axborot-ishora belgilari yashil, yoki moviy fondagi rasmlar va tushirilgan kvadrat yoki to’gri tortburchak shaklida bo’ladi.
Oltinchi guruhga servis belgilari tashkil etadi. Ular haydovchilar va piyodalarga servis(har xil xizmat) joylari, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish joyi, ovqatlanish joyi togrisida axborot beradi. Servis belgilari moviy fonga rasmlar va yozuvlar tushurilgan to’gri tortburchak shaklida bo’ladi.
Yetinchi guruhga qo’shimcha axborot belgilari (jadvallar)kiradi. Ular har doim boshqa belgilar bilan birga belgining ta’siri doirasini aniqlash yoki cheklash uchun qo’llaniladi. Masalan taqiqlovchi belgi tagiga o’rnatilgan «Amal qilish vaqti» jadvali yoki bu belgi kunning qaysi vaqtida amal qilishini ko’rsatadi.
Qoida bo’yicha barcha yo’l belgilarini ko’cha yoki yolning o’ng tomoniga, haydovchilar va piyodalarga yaxshi ko’rinadigan qilib o’rnatiladi.Kunning qorong’I paytlarida yaxshi ko’rinib turish uchun belgilar maxsus bo’yoqlar bilan bo’yaladi. Ularning sirtiga yaqinlashib kelayot avtomobil chiroqlarining nuri tushganda yaltirab, qorong’ida yaxshi ko’rinib turadi.
Mamlakatimizda avtomobillar soni yil sayin ko’payib bormoqda. Ko’chalar va yo’llarida yuradigan piyodalar soni ham ko’paymoqda. Yo’lovchilarni tashish uchun O’zbekistonda avtobuslar ishlab chiqarilmoqda.
Afsuski, piyodalar va haydovchilar har doim ham yo’l harakati qoidalariga rioya qilmaydilar. Shuning uchun mamlakatimiz ko’chalari va yo’llaridagi vaziyat yildan-yilga murakkablashmoqda, yo’l- transport hodisalari xafli oshmoqda.
Ma’lumki, ko’p yo’l-transport hodisalari piyodalarning aybi bilan yuz beradi. Falokatga ko’proq bolalar duchor bo’ladi. Bunga sabab shuki, maktab bolalari yo’l harakati qoidalarini yaxshi bilishmaydi. Ular tez yurib ketayotgan transportni darhol to’xtashi mumkin emasligini, yo’lning qatnov qismida piyodaning to’satdan paydo bo’lishi yo’l-transport hodisasi bilan tugashi mumkinligini unitib qo’yadilar.
Faraz qilaylik, haydovchi avtomobilni bamaylixotir boshqarmoqda va oldinda hech qanday to’siq yo’q. To’satdan yo’lning qatnov qismida odam paydo bo’ladi. Uni bosib olmaslik uchun haydovchi keskin tormoz beradi.Lekin avtomobil darhol to’xtamaydi! Oqibatda yo’l qoidasini buzgan piyoda falokatga uchraydi.
Ko’pincha, tormoz berish kech bo’lgan hollarda haydovchi qoidabuzarni bosib olmasli chorasini ko’radi,lekin qarama-qarshi harakatlanish bo’lagiga chiqadi va qarshidan kelayotgan avtomobil bilan to’qnashib ketadi.Bunday to’qnashuv deyarli har doim avtomobillarning haydovchilari va yo’lovchilarning og’ir shikastlanishiga olib keladi. Qoida buzar piyodani bosib olmaslik uchun haydovchining rulni keskin o’ngga burib yo’lkaga chiqib ketishi bundan ham xafli, chunki yo’lka har doim odamlar bilan gavjum bo’ladi.
Ana ko’rdingizmi, qoidabuzar piyodaning yurib ketayotgan transport oldida kutilmaganda paydo bo’lishi faqat o’zining hayoti uchungina emas, balki boshqalarning hayoti uchun ham xavfli va deyarli har doim falokat bilan tugaydi.
Yurib ketayotgan transportni ho’l va sirpanchiq, qor bosgan yoki muzlagan yo’lda to’xtatib qolish ayniqsa qiyin. Bunday sharoyitlarda avtomobilning tormoz yo’li 3-4 marta ortadi, haydovchining qoidabuzar piyodani bosib olmaslik imloni keskin kamayadi.
Qor yoki yomgir yog’ib turganda piyodalar ham haydovchilar kabi juda ehtiyot bo’lishlari lozim. Bunday sharoitda avtomobilning tormoz yo’li uzayishi bilan birga ko’chalar va yo’llardagi ko’rinuvchanlik ham ancha yomonlashadi.Ayniqsa, tuman paytlarida avtomobillar va odamlar yomon ko’rinadi.
Ko’pincha, jamoat transportidan tushgandan so’ng yo’lni to’g’ri kesib o’tishni bilmaydigan kishilar baxtsiz hodisalarga uchraydi. Ko’p vaqtlarda ko’cha yoki yo’lni kesib o’tishi uchun bekatda to’xtab turgan tramvay, avtobus, trolleybusni aylanib o’tishiga to’g’ri keladi. Keling,transportdan tushgandan song ko’chani kesib o’tishning asosiy qoidasini yana bir marta birgalikda takrorlaylik:
-bekatda transportdan tushgandan so’ng yo’lka bo’ylab piyodalar o’tish joyigacha borib, o’sha yerdan kochani kesib o’tish kerak:
-tranvayni oldidan, avtobus va trolleybusni orqasidan aylanib o’tish lozim.
Agar piyodalar o’tish joyi belgilanmagan bo’lsa, chorrahagacha borib, ko’chani yo’lkalar chiziqlari boyicha kesib o’tishlari zarur.
Har xil o’yinlarni faqat qatnov qismida emas, balki yo’lga bevosita yaqin joyda o’ynashi ham hayot uchun katta havf tug’diradi. Bolalr o’yinga qiziqib ketib yoki bir-birlarini quvlab, yo’lning qatnov qismiga chopib tushadilar. Bu juda xavfli- avtomobil g’ildiraklari tagiga tushish mumkin.
Ba’zi bolalar yurib ketayotgan yuk mashinasi yoki traktor tirkamasiga osilib ketishni, shuningdek, yengil mashina bamperidan ushlab qorda sirpanishni»qahramonlik»deb hisoblashadi. Ular o’z hayotlarini xavf ostiga qo’yayotganlarini unitishadi. Axir,ular orqadan kelayotgan avtomobil tagiga tushib qolishlari mumkin-ku ? Bunday «qahramonlik»oqibatida ular ko’pincha mayib bo’ladilar, ba’zan hayotlari bilan javob beradilar.
Bolalarga ko’cha va yo’llarda to’gri yurish ko’nikmalarini hosil qilishni «Yo’l harakati qoidalari» ga amal qilishni o’rgatish ota-onalarning eng muhim vazifalaridan biridir.
Bolalar qishki, bahorgi, yozgi ta’til kunlarida ota-onalar e’tiboridan chetda qolmasliklari kerak. Ayniqsa, maktabgacha tarbiya yoshidagi va boshlang’ich sinf o’quvchilariga katta e’tibor berish lozim, chunki yosh bo’lganliklari tufayli ular «Yo’l harakati qoidalari»ni uncha tushunmaydilar. Bolalarning darsdan bo’sh vaqtlaridan yoki ta’til kunlarida ota-onalar ularga tegishli sharoit yaratib berishlari lozim. Bolalarning katta ko’chalardan yolg’iz yurishiga yo’l qo’ymaslik kerak Mashinalar serqatnov bo’lgan yo’llarida 14 yoshga to’lmagan bolalarning velosiped va mopedlarda yurishlariga yo’l qo’ymaslik shikastlanishlarning oldini olishning muhim garovi hisoblanadi. Bolalarni yo’llarda sodir bo’ladigan yo’l harakati xavfsizligi qoidalarini va ularning yo’llarda sho’xlik qilish og’ir oqibatlarga olib kelishini tushuntirishdir. Bolalarning ko’cha va yo’llarda samokat uchishi va har xil xatarli o’yinlar o’ynashiga qo’ymaslik kerak.
Bolalar maktabdan uyga qaytayotganlarida va ta’til kunlari imkoni boricha ota-onalari nazorati ostida bo’lmoqliklari kerak.
Avto, Ypx Jarimalari
Yo’l belgilari