YOGʻ BEZLARI haqida

YOGʻ BEZLARI haqida

YOGʻ BEZLARI

YOGʻ BEZLARI — qushlar, sut emizuvchi hayvonlar va odamlar terisining yogʻ chiqaradigan bezlari. Oddiy alveolyar bezlarga kiradi, yogʻ chiqarish yoʻllari soch (jun) xaltalariga ochiladi. Kuniga qariyb 20 g yogʻ chiqaradi. Yogʻ bezlarining mahsuli (teri yogʻi) terini yupqa qatlam kabi qoplab, uni qurib qolishdan saqlaydi. Qoʻloyoq kaftida Yogʻ bezlari yoʻq. Balogʻatga (voyaga) yetish davrida Yogʻ bezlari zoʻr berib ishlaydi. Odamda Yogʻ bezlari kasalliklaridan ateroma va husnbuzar koʻproq uchraydi.

Ensiklopediya.uz
YOGʻ BEZLARI