YODGOR VALLOMA MADRASASI haqida
YODGOR VALLOMA MADRASASI
Mundarija
скрыть
YODGOR VALLOMA MADRASASI — Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumani markazidagi meʼmoriy yodgorlik (taxm. 1625). Madrasa maxalliy bek nomi bilan atalgan (uning mablagʻiga qurilgan). Madrasa bosh tarzining asosiy qismi va yon devorlaridan biri saqlangan. Maqbara (jan. sharqiy qismi)da Yodgor Vallomaning sagʻanasi bor. Yo. V. m. tashki burchaklariga burjguldasta ishlangan. Maqbara va masjid gumbaz tomli, miyonsaroy yassi gumbaz tomli, devori sirkor gʻisht bilan bezatilgan. Guldasta bezagidagi oq, zangori sirkor gʻishtchalar yaxshi saqlangan.
Ensiklopediya.uz
YODGOR VALLOMA MADRASASI