Yoʻldosh Shamsharov (1907–1987)
Yoʻldosh Shamsharov (1907–1987)
DO`STLARGA ULASHING:
Mohir jurnalist va yozuvchi Yoʻldosh Shamsharov 1907 yilda Namangan viloyati Chust tumaniga qarashli Olmos qishlogʻida tavallud topgan. Avval eski maktabda, soʻngra yangi maktabda hamda qisqa pedagogik kurslarda taʼlim olgan.
20-yillarning oʻrtalaridan boshlab yoshlar tashkilotlarida rahbar va tashkilotchi sifatida faoliyat koʻrsatgan. 1933 yilda Fargʻona Davlat instituti (hozirgi universitet) qoshidagi til va adabiyot fakultetini tamomlagan.
Keyin Toshkentga kelib, avval “Yosh leninchi” (hozirgi “Turkiston”) gazetasida masʼul kotib, soʻng esa “Lenin uchquni” (hozirgi “Tong yulduzi”) gazetasining masʼul muharriri vazifalarida ishlaydi. Maʼlum muddat Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasida nashr ishlari boʻyicha boʻlim boshligʻi, “Qizil Oʻzbekiston” (hozirgi “Oʻzbekiston ovozi”) gazetasida masʼul kotib vazifalarini bajaradi.
Adib mohir tarjimon sifatida ham samarali faoliyat koʻrsatdi. Xususan, I. Turgenevning “Arafa”, “Dvoryanlar uyasi”, “Mumu”, D. Defoning “Robinzon Kruzo” hamda G. Nikolayevaning “Oʻrim” kabi romanlarini tarjima qildi.
Y. Shamsharov “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi”, “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” unvonlariga sazovor boʻlgan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti 2016) kitobidan.
Yoʻldosh Shamsharov (1907–1987)