Yirik savdo platformasi — Taobao haqida to’liq malumot oling
Yirik savdo platformasi — Taobao haqida
Taobao — «Alibaba» kompaniyasining 2003-yilda ishga tushirilgan sayti.
Bugungi kunda kichik savdo do’konlari yoki individual shaxslar tomonidan yuritiladigan 9 mln dan ortiq elektron peshtaxtalardan tashkil topgan. Sotuvchilarning Taobao’ni afzal ko’rishiga sabab — ular o’z mahsulotini saytga joylash uchun hech qanaqa haq to’lamaydi.
Unda «Alibaba» qanday daromad qiladi? Taobao ommadan ajralib turishni xohlovchi savdogarlarga o’z mahsulotini reklama qilishda yordam beruvchi reklama o’rinlarini sotish orqali pul ishlaydi, ya’ni bundan katta pul topadi.
Savdogarlar mahsulotlarini pullik ro’yxatlar yoki namoyish reklamalari orqali reklama qilishlari mumkin. Pullik ro’yxatlar «Google AdWords» tizimiga o’xshash bo’lib, bunda reklama beruvchilar mahsulotlarini Taobao saytining nisbatan ko’zga tashlanarli yeridan o’rin olishi uchun kalit so’zlarni auksion usulida sotib oladi. Ular «Alibaba»ga xaridorlarning reklama e’loniga kirishlari soniga qarab haq to’laydi.
Hozirda Taobao ham deyarli hamma narsani, hamma yerda sotyapti. «Google» — onlayn qidiruv jumlasining sinonimi bo’lgani kabi, Xitoyda nimanidir «Tao» qilish — mahsulotni onlayn qidirishni ifodalovchi qisqartmaga aylangan.
👉 @Iqtisodplus
Boshqa mavzular
Yirik savdo platformasi — Taobao haqida