Yil boshidan buyon O`zbekistondagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga qancha chet ellik bemor murojaat qilgani aytildi
Yurtimizdagi respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan 2023 yilning yanvar – may oylarida 503 ming kishiga ambulator, 73 ming nafar insonga stasionar sharoitda tibbiy xizmat ko`rsatildi.
Shundan 28 ming nafari imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlar bo`lib, ularni davolashga Davlat tibbiy sug`urta jamg`armasidan 150 mlrd. so`m mablag` yo`naltirildi.
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga 14 ming nafar xorijiy davlatlar fuqarolari murojaat qilgan bo`lib, 2 ming nafarida yuqori texnologik amaliyotlar bajarildi.
Shuningdek, yanvar-may oylarida mamlakatimiz bo`ylab 103 ming nafar aholida o`tkazilgan tibbiy ko`riklarda 63 ming bemor aniqlanib, ularning 1,5 ming nafarida jarrohlik amaliyotlari o`tkazildi. Bu ko`rsatkich 2021 yilga nisbatan 43 foizga ko`p.
Bu vaqt mobaynida 644 nafar mutaxassis o`z ish joyida, 200 nafari markazlarda, 154 nafari xorijda qayta tayyorlandi.
Markazlar amaliyotiga 106 turdagi, viloyat darajasida 202 turdagi, tuman darajasida 85 turdagi yangi jarrohlik va diagnostika usullari tatbiq qilindi.
Misol uchun, xirurgiya, kardiologiya, ko`z mikroxirurgiyasi, endokrinologiya, onkologiya markazlarida 60 turga yaqin, qolgan barcha markazlar tomonidan esa kamida 4 turdagi yuqori texnologiyali yangi diagnostika va davolash uslublari amaliyotga tatbiq etildi.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Yil boshidan buyon O`zbekistondagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga qancha chet ellik bemor murojaat qilgani aytildi