Yii2: OpenServerda o’rnatish
Salom Yii Frameworkchilar! Hali Yii2 o’rnatmagan yoki o’rnata olmagan
bo’lsangiz bu maqola aynan siz uchun. Unda boshlaymiz. Ko’pchilik
Open Serverdan foydalansa kerak shuning uchun Open Serverda o’rantish ko’rib chiqamiz.
Avval Internet yoqiq holda konsolga kirishimiz kerak. Konsolda avval Composerni yangilab olishimiz kerak. Buning uchun konsolda
composer self-update
Composer yangilanganidan so’ng, Composer Asset Pluginni o’rantish kerak bo’ladi:
php composer global require "fxp/composer-asset-plugin:1.0.0-beta3"
Ana endi Yii2 o’rnatsak ham bo’ladi. Yii2ning 2 xil versiyasi mavjud:
- Basic
- Advanced
Basic versiyani o’rnatish uchun:
composer create-project yiisoft/yii2-app-basic domains/sayt.uz 2.0.0
Advanced versiyani o’rnatish uchun:
composer create-project yiisoft/yii2-app-advanced domains/sayt.uz 2.0.0
amali konsolda bajariladi.
Shunda Composer domains/sayt.uz direktoriyasiga Yii2ni yuklaydi.
Keyingi ishimiz esa konsolda sayt.uz papkasiga kirishimiz kerak bo’ladi.
Konsolda:
cd domains/sayt.uz
yozamaiz va o’rnatishni yakunlash uchun konsolda sayt.uz papkasida turgan holda:
init
yozmiz. Keyin esa qanday turini o’rnatishni so’raydi shunda 1 tanlab yes
yozamiz va Yii2 Frameworki jangga tayyor holda bo’ladi 😀
Web Dasturlash
Yii2: OpenServerda o’rnatish