Yettinch hakim — hordiq ( 27-qism ) haqida malumot

Yettinch hakim — hordiq ( 27-qism ) haqida malumot

Ayrim kishilar stol atrofida o‘tirib, qandaydir kuchli qo‘zgatuvchini, masalan, alkogol yoki qahva, choy yoki ichimliklar ichib dam olayapman deb o‘ylashadi. Bu zamonaviy qahvaxonalariing odatdagi kundalik hayoti. Men dam olish deganda har qanday faollikdan to‘liq tiyilishni, uyqu, bo‘shashishni tushunaman. Men uchun xordiq — fikr va ruxiyat olami, bu esa hayajonlanmaslik va bezovtalanmaslik, tana va aqlning tiniqlashuvidir. Sizning hordig‘ingiz butun asab tizimingizga juda katta tiniqlik va yangilanish keltirmog‘i lozim.

O‘tirganingizda oyog‘ingizni oyog‘ingiz ustiga qo‘yib o‘tirmang, unda oyog‘ingizni oziqlantirayotgan arteriyani to‘sib qolasiz. Demak, bunda siz dam olmayapsiz, balki yuragingizga og‘ir ish bilan qiyinchilik tug‘dirmoqdasiz. O‘tirganingizda hech qachon oyog‘ingiz ustiga oyog‘ingizni qo‘ymang.

Dam olish degani  — butun organizmda qonning erkin aylanishi demakdir. Agarda tuflingiz tor bo‘lsa, galstugingiz kattaroq bog‘langan bo‘lsa, shlyapangiz kichgina bo‘lsa, ko‘ylagingiz yoki boshqa biron kiyimingiz tor bo‘lsa, bilingki, siz xordiq ololmaysiz. Eng yaxshi xordiq tanangizdagi barcha kiyimlarni yechib tashlasangizgina bo‘ladi. Agarda siz qulay va foydali xordiq istasangiz ustingizda bironta xam kiyim bo‘lmagani ma’qul.

Odamlar: “Men dam olishim kerak”,- deb qo‘yishadi. Dam olishga o‘tirgach esa barmoqlari bilan taqillatishni, yoki oyog‘ini o‘ynatishni boshlaydi. Qattiq krovatda yechingan holda yotish — xordiqning bir variantidir. Quyosh vannasi xam yaxshi xordiq, chunki muskul va asablarni tinchlantirishda quyosh nuridan afzali yo‘q. Dam olayotganingizda miyani har qanday tashvishlardan, muammo va xayajondan holi qilmog‘ingiz lozim. Agarda mushak va asablaringiz bo‘shashsa, unda yurak ishi susayadi, nafas olish sekinlashadi va osoyishta bo‘ladi. Bu esa to‘liq bo‘shashishingiz va yaxshi dam olishingizga olib keladi.
Mushaklaringizning to‘liq bo‘shashishini ta’minlaydigan qisqa uyqu eng a’lo darajadagi hordiq xisoblanadi. Mening eng yaxshi ko‘rgan hordig‘im bu tungi uyqudir. Ko‘pchilik kishilar tamaki, dori-darmon, qahva, choy, alkogol kabi qo‘zg‘atuvchilardan va salqinli ichimliklardan foydalanishga o‘rganib qolishgan. Bu esa shunday xam charchagan asablarni qamchilash bilan barobardir. Shuning uchun xam qo‘zg‘atuvchilardan foydalanadigan kishilar xech qachon to‘la bo‘shashib xordiq olmaydilar, ularning asabi doimo tarang holda bo‘ladi.

Dam olish jismoniy va aqliy mehnat natijasida qozonilgan bo‘lmog‘i lozim, chunki faoliyat va xordiq xamkordirlar. Ko‘pchilik kishilar uyqusizlikdan qiynaladilar, uxlash uchun ko‘plab dori ichadilar va oqibatda sun’iy uyquga erishadilar. Doridan xech kim xech qachon to‘liq xordiqqa erisha olmaydi. Bironta dori yengillatuvchi, sog‘lom, normal, xuzur bag‘ishlovchi uyquni berolmaydi.

Toksinlarga to‘lgan organizm asablarni doimiy qo‘zg‘atuvchilardir. Asablar tarang yoki bezovta xolida qanday osoyishta va tinch uyqu bo‘lishi mumkin. Ochlanish vaqtida qo‘zg‘atuvchi vositalardan foydalanmagan odamlar chuqur, osoyishta uyquga sho‘ng‘iydilar va to‘liq dam oladilar. Tanangizni tozalay boshlashingiz bilan, ko‘rasiz, sizda bo‘shashish qobiliyati oshadi va to‘laqonli xordiq beradigan tungi uyqudan katta xuzur olasiz.
Faoliyat turini tez-tez o‘zgartirib turish xam salomatlik uchun juda foydali xisoblanadi. Ish kuni davomida yumushning har xil turlarini bajarishga o‘zimizni o‘rgatmog‘imiz lozim bo‘ladi.

Raqobat ruxi singdirilgan telba zamonda yashayapmiz. “Odam odamga-bo‘ri” bo‘lgan xozirgi sivilizatsiyalashgan zamonda katta asabiy tangliklarga va og‘ir zarbalarga bardosh berishimizga to‘g‘ri keladi. Aynan mana shular odamlarning tamaki, qahva, alkogol va boshqa qo‘zg‘atuvchilarga murojaat qilishiga olib kelgan asosiy sabablardan. Ishbilarmonlar dunyosida nafaqat raqobatchilik ruhi, balki o‘z mavqeini yanada mustahkamlash ishtiyoqi xam ustundir. Odamlar doimo bir-birlaridan o‘tishga va ular tasavvuridagi andozadagi kishiday bo‘lishga intilishadi. Bunday kishi bo‘lishga intilish juda ko‘p quvvatni oladi.

Quvonch bo‘lmog‘i lozim

Hozirgi kunda bizda 15 million surunkali alkogollar va millionlab dori iste’mol qiladigan narkomanlar borligi sizni ajablantirmaydimi? Yashash — o‘zimizni tirik va baxtli hisoblash ekanligini unutib qo‘ymoqdamiz. Juda kamchilik kishilarda osoyishta xayot mavjud. Xozirgi xayot — shoshilish, shoshilish va shoshilishdan iborat. Biz qayoqqa shoshayapmiz? Kasalxonagami yoki Qabrga?Dam olish, bo‘shashish va uxlashga qadar kunni shunday rejalashtirmoq lozimki, unda hordiq, jismoniy mashqlar, o‘yin va oqshomgi yaxshi uyqu uchun vaqt bo‘lsin. Agarda meyoridan ko‘p ovqat yegan, toza havoda jismoniy mashqlar bajarmagan yoki bog‘da ishlamagan va uch kilometrlik masofa sayr qilmagan bo‘lsangiz shirin uyqudan xuzurlana olmaysiz. Uy ishlarini yoki kundalik yumushlarni katta jismoniy ish deb ayta olmayman. Xavoda ishlash, sayr qilish va yugurish zaruratdir. Siz o‘z tanangizni tabiiy ovqatlar, distillangan suv, toza xavo va quyosh nuri bilan yayratishingiz lozim. “Tabiatga qayting” shioriga amal qilayotganlar ustidan kulish oson, lekin tabiatga amal qiluvchi bizlar esa oxirida kuladiganlar toifasidan bo‘lamiz.

O‘zingizda tabiiylik tuyg‘usini rivojlantiring

Mazkur kitobdagi asosiy fikrlardan biri, kishini iloji boricha, tabiiy xayot tarziga chaqirishdan iboratdir. Ovqatlanish, kiyim kiyish, hordiq uyqu va boshqa eng oddiy odatlarda xam tabiatga yaqinlashishga harakat qiling.
Tabiat nimani istasa o‘shanday yashashga hozirdan kirishing va bilingki, siz cheksizlikning bir bo‘lagisiz. Taqdiringizni uning qo‘liga topshiring va unga ishoning. Agarda siz shaxarda yashasangiz, shaxardan tashqariga chiqish, tabiat qo‘ynida bo‘lish, haqiqiy xordiq chiqarish, bo‘shashish va o‘zingizni tartibga solishni odat qilib oling.

Men sizga qo‘yidagi qoidalarni ko‘rsatmoqchi edim. Birinchi: tanangizning yaxshi xolatda bo‘lishi, sog‘lig‘ingiz va baxtingiz faqat sizga bog‘liq. Energiyani yangilash uchun tanangizga hordiq chiqarish vaqtini bermas ekansiz, hech qachon salomat bo‘lmaysiz.

Ikkinchi: Siz o‘z tanangizga mashinada bo‘lgani singari e’tiborli va g‘amxo‘r bo‘lmog‘ingiz lozim.
Uchinchisi: Yoshimiz ulg‘ayib borgan   sari   biz   tabiatga yaqinlashaverishimiz lozim. Qo‘zg‘atuvchi sarguzashtlar izlash o‘rniga osoyishtalik va tinchlikka intilmog‘imiz lozim. Oddiy va tozalikda yashab, Breggning issiqxonasidagi sabzidek sog‘lom bo‘lasiz.

Relaksatsiya — bu oddiy narsa

Albatta, biz raqsga tushishimiz, xarakatlanishimiz, sportning xar xil turlari bilan shug‘ullanishimiz lozim. Lekin hech qachon barcha tashvishlarni unutib o‘tirib olish, yoki yotish bilan bo‘shashish va dam olishdan tortinmang. Bu nafaqat yoqimli, balki zarurdir. Tinchlantiradigan dorilar yordamida bo‘shashishning ustasi bo‘laman deb o‘ylamang xam. Uyqudori va to‘g‘ri  bo‘shashish bir xil narsa emas. Bundan tashqari yarim yil va undan ko‘proq vaqtlar uyqu doridan foydalangan kishilarni bilaman, lekin  ular xam keyinchalik ochlik dasturiga amal qilishga majbur bo‘lganlar.

Bo‘shashish va uxlab qolish uchun xonani qorong‘ilashtirish, televizor yoki radioni o‘chirish va yelka bilan krovatta yotish, qo‘llaringizni esa ikki yonga, qo‘l ichi bilan krovatga qilib, tanaga tegmaydigan xolda va hech narsadan xavotirlanmaslikka xarakat qilmog‘ingiz lozim. Qo‘llaringiz xordiq olsin. Oyoqlaringizni uzating va ular xam bir-biriga tegmasin. Boshingizni xoxishingizga qarab, kichkina yostiqchaga yoki to‘g‘ri krovatga qo‘yishingiz mumkin. Ko‘zingizni oldin ochiq tuting va bir nuqtaga tikilib turib qolmang, balki pastga-yuqoriga yoki yonlarga ko‘z xarakati bilan qarang. Ana shu xarakatlardan keyin ko‘zingiz o‘zi yumiladi. Ko‘z mushaklarining bunday xarakati relaksatsiya (tananing to‘lik bo‘shashishi) ga xalaqit bermaydi.

Mana shu ko‘z xarakatlarining orqasidan xayolan ko‘z qorachig‘i va mushaklari xarakatini kuzatib, siz xayolingizni bo‘shashtirasiz va u oxir-oqibatda tanangizning tabiiy, osoyishta va tiklovchi uyqu yordamida orom topishiga olib keladi.
Agarda sizni uyqusizlik qiynayotgan bo‘lsa, uyqudan oldin nimadir o‘qing, agarda bu xam yordam bermasa, demak, sizning ko‘z mushaklaringiz toliqqan, o‘qish ularni yanada charchatadi va ularni yuqorida aytilganidek bo‘shashtirmoq lozim bo‘ladi.
Juda zarurat bo‘lmasa mushaklarni tarang qilmang. Qo‘l yoki oyoq xarakati yoki tananing yotishida o‘zgarish qilaman deb ichki relaksatsion jarayonning buzilishiga olib kelasiz va relaksatsiya darajasidagi mushaklarning buzilganini tuzatish uchun bu ishni yana boshidan boshlashga to‘g‘ri keladi. O‘ta asabiy muskullar o‘zini noqulay sezadi, lekin xarakatlanish bilan bu noqulaylikni uzaytirasiz, xolos. Bunday mushaklarni bo‘shashtirish uchun 10 daqiqadan 15 daqiqagacha vaqt kerak bo‘ladi. Bo‘shashgan mushaklar o‘zini yoqimli xis qilmog‘i lozim. Agarda siz to‘liq bo‘shashsangiz, odatdan tashqari bir xuzur sezasiz. Bironta mushak yoki mushak guruxlarida noqulaylikning bo‘lishi ularda asabiylik borligining belgisidir va ularga siz bo‘shashish uchun imkon bermayapsiz.

Relaksatsiya amaliyotini boshlayotganlar, menga yelkasi bilan yotib uxlay olmayotgani xaqida gapiradilar. Xammasi sizning miyangizga shu fikr qanchalik chuqur o‘rnashganiga bog‘liq siz buning aksi bo‘lishiga ishonsangiz, uning xatoligini tushunasiz va miyangizdan shu fikrni chiqarib tashlashingiz lozim bo‘ladi.

“Men xar doim o‘ng tomonimga yonbosh bo‘lib uxlayman”, “Men xar doim qorin bilan yotib uxlayman”, “Men uxlash uchun g‘ujanak bo‘lib yotishim kerak bo‘ladi”, “Men u yoqdan-bu yoqqa ag‘darilib yotaman”, “Men kunduzi ozgina mizg‘igan bo‘lsam xam kechasi uxlay olmayman” — odatda odamlardan mana shunaqa shikoyatlarni eshitish mumkin. Lekin mening ishonchim komilki, odam bir kunda 15 daqiqa bo‘shashish uchun vaqt ajratadigan bo‘lsa, u albatta yutuqqa erishadi va bu yangi odatta, tabiiy hayot tarziga va ochlik dasturiga amal qilmay tura olmaydigan bo‘lib qoladi.

Uyqusizlik dardi 10 kun, oshig‘i bilan ikki haftada bo‘shashish yordamida davolanadi. Keyinchalik esa ajoyib uyqu har kuni kechasi hamrohingiz bo‘ladi va har kuni ertalab yangi tug‘ilgan chaqaloq singari bardam va tiniq bo‘lib uyg‘onasiz.
Ochlik dasturi sizga miriqib dam olish, bo‘shashish va tiniq, shirin uxlash san’atini egallashingizga yordam beradi. Toksinlar muskul va asablaringizni ezayapti. Ochlanish ana shu ezishlardan ozod etadi va uning o‘rnini bo‘shashish egallaydi.

© Pol Bregg
«Ochlik mo‘jizasi» kitobi.
Ziyouz.uz

Kasalliklar
Yettinch hakim — hordiq ( 27-qism )