YETIM TOBULGʻI haqida
YETIM TOBULGʻI
Mundarija
скрыть
YETIM TOBULGʻI (Spiraea pilosa) – raʼnodoshlar oilasiga mansub buta. Boʻyi 30—70 sm. Barglari oddiy, teskari tuxumsimon, baʼzan rombsimon, boʻyi 4—20 mm, eni 3—18 mm, tukli. Gullari soyabonsimon yoki qalqonsimon toʻp gul da joylashgan. Iyun — iyulda gullaydi. Mevasi avg. da yetiladi. Togʻ yon bagʻirlarida, archazor va yongʻoqzorlarda, shagʻalli ochiq yerlarda oʻsadi. Oʻzbekistonda Toshkent viloyatining togʻli tumanlarida tarqalgan. Yetim tobulgʻi shirali va manzarali oʻsimlik xisoblanadi.
Ensiklopediya.uz
YETIM TOBULGʻI