Yetim bolalarga qanday holatlarda 1 yoki 2 xonali uy berilishi ma’lum qilindi haqida to’liq ma’lumot oling
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan «Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlashning yangi tizimi ham joriy etiladi.
Unga ko‘ra, quyidagilar nazarda tutilmoqda:
1. Yetim bolalarga uy-joy ajratishning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizimi joriy etilmoqda:
a) uy-joyga muhtoj va 18 yoshga to‘lgan yetim bola uchun (25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan) 1 xonali, ular o‘rtasida tuzilgan oila uchun (50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan) 2 xonali uy-joy ajratiladi.
Uy-joy yetim bolaning xohishiga ko‘ra uning qarindoshlari yashaydigan yoki boshqa hududda yangi qurilgan ko‘p kvartirali uylardan, nogironligi bo‘lgan yetim bolalarga esa birinchi qavatdan “onlayn navbat” (2022 yil 1 sentyabrdan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”) asosida ajratiladi;
b) yetim bolalarga uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi bilan, biroq bola 30 yoshga to‘lgunicha uni sotish, garovga qo‘yish, ijaraga berish, oila a’zosi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga qo‘yish huquqisiz beriladi;
v) 2021 yil 1 dekabrga qadar 757 nafar yetim bolalarga uy-joy ajratish bo‘yicha maqsadli parametr (oxirgi 10 yilda ajratilgan uy-joylar sonidan 1,2 baravar ko‘p) tasdiqlanmoqda.
2011-2020 yillarda mahalliy hokimliklar tomonidan 610 nafar yetim bolalarga uy-joy berilgan.
Bunda, ushbu uy-joylarning 147 tasi joriy, 15 tasi kapital ta’mirga muhtoj, 1 tasi yashash uchun mutlaqo yaroqsiz holatda va 10 tasi belgilangan ijtimoiy normalarga to‘g‘ri kelmaydi.
Hozirda yetim bolalar uchun uy-joy bo‘sh turgan yotoqxona va qarovsiz qolgan uy-joylardan ajratib kelinmoqda.
Uy-joylarni xarid qilish uchun teng ulushlarda respublika va mahalliy budjetlardan jami 120 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
2022 yildan boshlab yetim bolalar uchun uy-joy xarid qilish uchun zarur mablag‘lar Davlat budjeti parametrlarida ko‘zda tutiladi.
xabar.uz
Malumotlar
Yetim bolalarga qanday holatlarda 1 yoki 2 xonali uy berilishi ma’lum qilindi