YERNING SUTKALIK AYLANISHI haqida

YERNING SUTKALIK AYLANISHI haqida

YERNING SUTKALIK AYLANISHI

YERNING SUTKALIK AYLANISHI — du-nyoning Shim. qutbidan qaraganda, Yerning oʻz oʻqi atrofida gʻarbdan sharqqa tomon yoki soat strelkasiga teskari aylanishi. Yerning sutkalik aylanishi natijasida kun bilan tun almashinadi; sutkaning uzunligi ham shunga bogʻliq. Yer bir maromda aylanmaydi; uni Oy va Quyosh tortishi tufayli sutkaning uzunligi har yuz yilda 1—2 s ga toʻxtovsiz ortib boradi, mavsumiy oʻzgarishlar (yogʻinlar va b.), tektonik jarayonlar va b. natijasida esa sutka uzunligi yil davomida 1—2 s atrofida oʻzgarib turadi. Yerning sutkalik aylanishida Yer oʻqining holati, binobarin, Yerning geogr. qutblari pretsessiya va nutatsiya natijasida oʻzgarib turadi.

Ensiklopediya.uz
YERNING SUTKALIK AYLANISHI