YEREVAN-3 haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
YEREVAN-3 haqida malumot bilib oling.

YEREVAN-3 — oʻrtapishar baqlajon navi. Armaniston Respublikasi sabzavot va poliz ekinlari seleksiyasi tajriba st-yasida mahalliy Yerevan navidan tanlab olish yoʻli bilan yaratilgan (1950). Oʻzbekistonda 1953-y. dan ekiladi. Shakli choʻziq, silindrsimon, tik oʻsadi, boʻyi 50—100 sm, mevasining uzun 15—30 sm, kora, binafsharang, pishgan davrda toʻq sariq, sirti silliq. Bir dona mevasining ogʻirligi 195—240 g. Tarkibida 3,2—4,6% kand, 19% askorbat kislota, vitamin Vr V2 bor. Nihollar unib chiqqandan soʻng mevasi 123—139 kunda yetiladi. Oʻrtacha hosildorligi 400 s/ga boradi.

Ensiklopediya.uz
YEREVAN-3