Yer yuzidagi aholi eng zich joylashgan orol. haqida to’liq ma’lumot oling

Yer yuzidagi aholi eng zich joylashgan orol. haqida to’liq ma’lumot oling

Yer yuzidagi aholi eng zich joylashgan orol.

Karib dengizining Kolumbiya qirg’oqlarida joylashgan Santa Cruz del islota oroli yer yuzidagi aholi eng zich joylashgan orol hisoblanadi. Uning maydoni atigi 12 ming kvadrat metr. Orolning bir gektarida 97 ga yaqin uy qurilgan bo’lib, unda 1247 kishi istiqomat qilmoqda. Orolning eng katta kamchiliklaridan biri orolda na plyaj, na suzish havzasi mavjud. orolda qabriston uchun hech qanday yer ajratilmagan marhumlar qo’shni orolga dafn qilinadi.

Orolda chuchuk suvning yagona manbai yog’ingarchilikdir. Bu orolga odamlar birinchi marta 19-asrda kelishgan bo’lib, baliq, omar va dengiz toshbaqalarni ovlash bilan shug’illanishgan. Ammo baliq zahiralari tezda qurib qolib mahalliy aholi esa ancha kichikroq daromad bilan kifoyalanishga majbur bo’lgan. Bunday muammolarga qaramay aholi juda inoq yashamoqda, hatto tunda ham eshiklar qulflanmaydi kechqurun esa aholi birgalikda serial tomosha qilish uchun yig’ilishadi.

Malumotlar
Yer yuzidagi aholi eng zich joylashgan orol.