YER HARORATI BIRLIGI haqida

YER HARORATI BIRLIGI haqida

YER HARORATI BIRLIGI

YER HARORATI BIRLIGI – Yer poʻstining har xil chuqurlikdagi haroratini Selsiy gradusi birligida oʻlchanadigan mikdori. 100° izotermalar 2,2 km dan 6,2 km gacha chuqurlikda, 500° li izotermalar 9 km dan 53 km gacha chuqurlikda namoyon boʻlishi aniqlangan. Yer harorati birligi asosan geotermii gradiyent bilan bogʻliq. Shim. va Markaziy Tyanshanda t-ra gradiyenti 7— 40°/km ni tashkil qiladi, oʻrtachasi 25°/km ga teng. Mas, Tyanshan togʻlaridagi botiqdarda burgʻilash bilan ochilgan Yer poʻstidagi tog jinslari haroratini bevosita oʻlchash natijalari asosida 100° va undan ortiq izotermalar xaritasi tuzilgan. Issiklik oqimining zichligi 16—134 Vt/ m2 mikdorda boʻlib, oʻrtachasi 55 Vt/ m2 ga teng. Chatqol-Qurama r-nida 30°/ km va undan ortiq miqdorga ega.

Ensiklopediya.uz
YER HARORATI BIRLIGI