Yer aholisining ortishi

Yer aholisining ortishi

Yer aholisining ortishi

yer aholisining ortishi 660eefc4468ceOdamzot nasliga 1,6 milliard nafar kishiga yetishi uchun juda ko‘p ming yillar zarur bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkichga biz faqat 1900-yilga kelibgina erishganmiz. Biroq, shundan keyingi o‘sish jadalligi juda tezlashib ketdi va keyingi 60 yil ichida Yer aholisi jon boshi ikki karraga ko‘paydi (1960-yilda 3,2 milliard). XX-asr so‘ngiga kelib esa biz endi 6 milliardlik dovonni ham bosib o‘tdik. Demak, 10 milliardlik dovon ham unchalik olisda emas, shundaymi? BMT mutasaddilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Yer aholisi 2020-yilga borib 10 milliardlik dovondan ham o‘tadi. Xo‘sh, xronologik tartibda ko‘rib chiqsak, Yerda aholining o‘sishi qachon qay darajada bo‘lgan? Quyidagi infografikaga diqqat qilishingizni so‘raymiz. Unda aholining o‘sish jadalligi va Yer aholisining turli zamonlardagi miqdori bilan hozirgi zamondagi ayrim davlatlar aholisi sonio‘rtasida qiyoslashlar keltirilgan.

yer aholisining ortishi 660eefc525bd8

Infografikaga e’tibor beradigan bo’lsak, yerdagi odamlar soni 100000000 (yuz million) kishiga faqat eramizdan avvalgi 500-yilda yetgan xolos. Hatto eramizning 1000-yiliga kelib ham butun sayyoradagi odamlar soni 300000000 (uch yuz million) nafardan bazo‘r ortgan. 1850-yilda sayyorada istiqomat qiluvchi odamlarning umumiy soni, hozirgi Hindiston aholisi bilan barobar bo‘lgan. Hozirga kelib esa, Yer yuzida 7 milliarddan ziyod odam yashamoqda va aholi soni ortishi sur’atlari yanada jadallashmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Infografika
Yer aholisining ortishi

Manba:orbita.uz