YELIZAROV Yusuf Ifraimovich haqida

YELIZAROV Yusuf Ifraimovich haqida

YELIZAROV Yusuf Ifraimovich

YELIZAROV Yusuf Ifraimovich (1920.3.10, Samarqand — 1974.6.3, Toshkent) — rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965). Surikov nomidagi Moskva rassomlik intida taʼlim olgan (1944—49). Yelizarov chuqur psixologik portretlar va koʻp shaklli kompozitsiya ustasi. Portretlar («Paxtakor qiz», 1949; S. Ayniy, 1951; M. Ashrafiy, «Kabutar ushlab turgan», 1953; Oʻ. Tansiqboyev, 1958; Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati arboblarining guruhportreti, 1958 va b.), natyurmortlar («Soʻzanali natyurmort», 1957), maishiy lavhalar («Paxtakorlar», «Onalik», 1957; «Mexanizator qizlar», 1962) va b. asarlar yaratgan.

Ensiklopediya.uz
YELIZAROV Yusuf Ifraimovich