YECHIM haqida

YECHIM haqida

YECHIM

YECHIM — badiiy asar kahramonlari oʻrtasidagi qarama-qarshilikning hal etilishi. Yechim badiiy asarning muqaddimasida ham, oʻrtasida ham, xotimasida ham kelishi mumkin. Lekin xotima yoki muqaddimadan keskin farq qiladi, yaʼni asar voqealarining tarkibiy qismini tashkil etadi — asosiy voqealar bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Bundan tashqari, asarning «tuguni», albatta, muayyan Yechimni talab qiladi. Yechim voqealarning eng yuqori nuqtasidan soʻng boshlanadi. Mac, «Oʻtgan kunlar» (Abdulla Qodiriy) romanida Kumushbibining oʻlimi — asar yechimidir. Otabekning oʻlimi esa romanning xotimasi, xolos. Chunki, Otabekning oʻlimi asardagi asosiy voqealarga uzviy bogʻliq boʻlmay, oʻquvchiga shunchaki axborot berish uchun xizmat qiladi. Detektiv yoʻnalishidagi asarlarda Yechim hatto muqaddima oʻrnida kelishi mumkin (mas, Oʻlmas Umarbekovning «Yoz yomgʻiri» asari). Yechim baʼzan asarda bevosita aks ettirilmasdan, kitobxon hukmiga havola etiladi. Yechim muallifning badiiy maqsadini roʻyobga chiqaradigan samarali vositalardan biri hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
YECHIM