YAYLA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
YAYLA haqida malumot bilib oling.

YAYLA (turkcha — yozgi yaylov) — Qrim togʻlari tarkibidagi qator yassi platosimon tepalar. Bal. 1545 m gacha (RomanKosh togʻi). Ayrim Yaylalar maxsus nom bilan ataladi: Babugan Yayla, AyPetri Yaylasi, Yalta Ya. si; sharqiy qismida bal. 700 m gacha boʻlgan Chatirdogʻ, Qorabi, Demerji Yayla lari va boshqalar Baʼzan, Qrimdagi barcha yozgi togʻ yaylovlarini Yayla deb ataydilar. Yuqori yura davrining ohaktoshlaridan tashkil topgan. Yaylaning yassi oʻrmonsiz toshli yuzalarida koʻplab karst voronkalari uchraydi. Yayla larda Qrim ya. o. ning boshqa qismlariga nisbatan t-ra pastroq, oʻrtacha yillik t-ra 4—6°. Iyulning oʻrtacha t-rasi 15°, yanv. niki —4°. Yiliga 600—1000 mm yogʻin tushadi. Yon bagʻirlarida, ayniqsa, shim. da togʻoʻrmon landshaftlari mavjud. Yaylalar yaylov sifatida va turizm maqsadlarida foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
YAYLA