YAXSHI OTA-ONA BO’LISH SIRI! to’liq malumot oling

YAXSHI OTA-ONA BO’LISH SIRI! to’liq malumot oling

👨‍👩‍👧‍👦YAXSHI OTA-ONA BO’LISH SIRI!

Ota-ona bo’lish oson, lekin yaxshi ota-ona bo’lish hammaning ham qo’lidan kelavermaydi. Quyidagi kichik maslahatlar yaxshi ota-ona bo’lish sari yetaklaydi:

😊. ASABIYLASHMANG. Siz qanchalik muloyim va sokin bo’lsangiz, bolangiz ham shunchalik osuda bo’lib o’sadi.

😇. ALDAMANG. «Ovqat yesang, buvingnikiga olib boraman!», dedingizmi, olib boring yoki unday vada bermang. Bolaga berilgan vadani ustida turish muhim. Shunda u sizga ishonadi va talablaringizni oson bajara oladi.

🎗. URMANG. Bolani urishdan yomoni yo’q. Urmay turib ham jazolash mumkin, urmay turib ham ota-ona o’z gapini o’tkazishi mumkin. Urish darajasiga bordingizmi, demak ayb sizda.

⚖️. HAR NARSANI MAN QILAVERMANG. «U mumkin emas, bu mumkin emas, «Uni qilma, buni qilma», kabi gaplarni eshitavergan bola bora-bora bu gaplarga e’tiborsiz bo’lib qoladi. O’zingiz uchun ajratib oling. Haqiqatdan mumkin bo’lmagan narsalar bilan sizga shunchaki noqulaylik keltiruvchi narsalarni. Masalan mashina yo’lga chiqish haqiqatdan man qilinishi shart bo’lgan narsa. Qumda yangi kiyimda o’ynashi esa bu shunchaki sizga noqulaylik keltiruvchi narsa. Haqiqatdan mumkin bo’lmagan narsalarga yo’l qo’ymang. Sizga noqulaylik keltiradigan narsalarga bo’lgan munosabatingizni o’zgartiring.

💎. O’RNAK BO’LING. O’zingiz hunuk so’zlarni ishlata turib bolangizga «Hunuk gapirma!» deya olmaysiz. Xuddi shunday kuni bilan televizor yonida bo’lmsangiz, bola ham dars qilmay televizordan keta olmaganiga hayron bo’lmang. O’zgarishni o’zingizdan boshlang.

😔. AYBINGIZNI TAN OLISHNI BILING. Biron ishda xato qilib qo’ysangiz bolangiz oldida uni tan olishga odatlaning. Bundan bola xato qilishdan qo’rqib yashamay, xatoni qanday qilib takrorlamaslikni o’rgansin.

😘. BOLANI ERKA QILISHDAN QO’RQMANG. Yetti yoshgacha erka bo’lgan bola hayotda katta yutuqlarga erishadi. Faqat erkaligi yangi o’yinchoqlar bilan emas, sizning mehringiz bilan qoplansin.

🙏. KECHIRIM SO’RASHNI BILING. Siz ham nohaq bo’lishingiz mumkin. Boladan kechirim so’rashdan qo’rqmang. Bundan u mehrliroq va sabrliroq bo’lishni o’rganadi.

🤗. QUCHOQLANG! Bolani ko’proq quchoqlab o’pishga odatlaning. Bola bunga ruhan ham jismonan zor bo’ladi.

🙇. SABRLI BO’LING. Bolaga ota-onaning jahli chiqishining eng asosiy sababi sabrsizlikdir. Bolaning qiliqlariga, ishiga, o’qishiga, yurish-turishiga ozgina sabr bilan yondashsangiz, u sizni faqat suyuntirayotganini his qilasiz.

© saranjombeka

Boshqa mavzular
YAXSHI OTA-ONA BO’LISH SIRI!