Yaxna choyni qanday tayorlaydi? to’liq malumot oling

Yaxna choyni qanday tayorlaydi? to’liq malumot oling

Yaxna choy chanqoqni yaxshi qoldiruvchi, mazali va foydali ichimlik boʼlib, uni uy sharoitida toʼgʼri tayyorlash haqida maʼlumot berib oʼtamiz.

Ice Tea yaxna choyi Toshkentda juda ommabop boʼlib, u deyarli hamma kafening menyusida mavjud. Аgarda siz shunday ichimlikdan tayyorlagan boʼlsangiz-u, lekin taʼmi sizga maʼqul kelmagan boʼlsa, unda siz uni notoʼgʼri tayyorlagansiz.

Bugun haqiqiy Ice Tea tayyorlash sirlarini sizlarga ham oshkor etamiz.

yaxna choyni qanday tayorlaydi 1

Birinchi siri: quruq choy

Mazali yaxna choy faqatgina sifatli quruq choydan tayyorlaniladi. Kichkina oʼramchalardagi choylarni unuting. Oʼzingizga yoqqan bargli koʼk yoki qora choydan foydalaning.

Choyni achchiqroq damlang, chunki unga muz boʼlakchalaridan solinganda, ular aralashib, taʼmi ham sustlashib qoladi. Choyni damlab boʼlgandan keyin, shammasini siqib tashlamang, chunki bu ham uning taʼmining oʼzgarishiga taʼsir koʼrsatadi.

Ikkinchi siri: suv

Mazali choy damlashda jumrakdan olinadigan suv yaramaydi. Butilkali yoki gazlanmagan mineral suvlardan foydalaning, u yumshoq boʼlib, choy taʼmining ajoyib chiqishiga koʼmaklashadi.

Uchinchi siri: meva va ziravorlar

Yaxna choyga xohlagan mevalardan solish mumkin. Аvval choyni damlab sovutish va undan keyingina mevalardan solish mumkin:

limon yoki apelsin sharbati;

limon yoki apelsin boʼlakchalari;

olma yoki nok boʼlakchalari;

malina;

sevimli qiyom (qulupnayli, malinali, olmali yoki boshqa xohlaganingizdan).

Yana siz choyning issiqligida dolchin tayoqchaklaridan, zanjabil, badyan yoki boshqa zirabvorlardan solishingiz ham mumkin.

Toʼrtinchi siri: muzlatgich

Choyni damlab, sovutib, sharbat solganingizdan soʼng darhol sovutgichga olib qoʼysangiz, damlagan choyingiz xiralashib qolmaydi.

Beshinchi siri: muz

Tayyorlaydigan ichimligingizning rangi chiroyli chiqishi uchun muz boʼlakchalarini avval stakanga soling, ustidan limon yoki apelsin boʼlakchalari, yalpiz yaproqchalari va undan soʼnggina ustidan damlangan choyni quying.

Oltinchi siri: sovuq suvda damlash

Choyni nafaqat qaynoq suv bilan, balki muzdek suv bilan damlash mumkinligini bilasizmi? Xitoyda choyni koʼpincha shunday usulda damlashar ekan. Bunday choyning rangi ham, taʼmi ham oʼzgacha mazali chiqar ekan.

Sovuq suvga solingan quruq choy, oʼzining barcha foydali xususiyatlarini saqlab qoladi.

Yaxna choy damlash uchun bizlarga quyidagilar kerak boʼladi:

shisha choynak yoki grafindan olamiz;

1 litr suvga 2 choy qoshiq quruq choy solamiz (taʼbingizga qarab miqdorini aniqlang);

ustidan gazlanmagan sovuq mineral suvdan soling;

5-15 soatga sovutgichga olib qoʼyamiz;

vaqt oʼtgandan soʼng choyni olib, shammasidan xalos etamiz.

Soʼng esa meva sharbatlari, sevimli mevalar va yalpiz yaproqchalaridan solamiz. Аsosiysi, tayyor choy xira rangga kirmasligi uchun uni sovutgichda saqlaymiz.

Pazanda
Yaxna choyni qanday tayorlaydi?