YAXLITLASH haqida
YAXLITLASH
YAXLITLASH (matematikada) biron bir ulushli sonni taqribiy yaxlit son bilan almashtirish. Ushbu qoida boʻyicha bajariladi: ulushli sonning oxirgi raqami qiymati 4 dan kichik (a
4) boʻlsa, u tashlab yuboriladi; agar 6 dan katta (a >
6) boʻlsa, chapdan oʻngga oxirgi raqam bir birlikka orttiriladi (mas, 217,7 soni 2118 qilib olinadi). Sonlarni oʻnlar xonasigacha, yuzlar xonasigacha kami bilan yoki ortigʻi bilan Yaxlitlash mumkin. Mas, a = =21,46 sonini kami bilan oʻnlar xonasi gacha yaxlitlaganda 21 soni, koʻpi bilan yaxlitlaganda 22 soni hosil boʻladi. Sonlarni Yaxlitlash xatolik, yaʼni (a — a0) ayirmaga bogʻliq, bunda a — berilgan son, a0 — qisqargan yaxlitlangan son, yaʼni uning taqribiy qiymati.
Ensiklopediya.uz
YAXLITLASH