Yaponiyada ishlash istagida bo‘lganlar uchun yapon tili kurslari tashkil etildi

Yaponiyada ishlash istagida bo‘lganlar uchun yapon tili kurslari tashkil etildi

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. F.da matbuot davlat nazorati va senzuradan mustaqil. F.da nashr etiladigan yirik gaz. va jur.lar: “Figaro” (kundalik gaz., 1826 yildan), “Le Pariziyen” (“Parijlik”, kundalik gaz., 1944 yildan), “Mond” (“Tinchlik”, kundalik gaz., 1944 yildan), “Frans Suar” (“Fransiya oqshomi”, kundalik kechki gaz., 1941 yildan), “Oror” (kundalik gaz., 1944 yildan), “Krua” (“Xoch”, kundalik kechki katolik gaz., 1880 yildan), “Yumanite” (“Insoniyat”, kundalik gaz., 1904 yildan), “Uest—Frans” (“Gʻarbiy Fransiya”, kundalik gaz., 1944 yildan), “Syud—Uest” (“JanubiGʻarb”, kundalik gaz., 1944 yildan), “L ekspress” (haftalik ijtimoiysiyosiy jur., 1953 yildan), “Pari match” (“Parij matchi”, haftalik bezakli jur., 1949 yildan), “MariKler” (oylik jur., 1954 yildan) va boshqa

Fransiya

Fransiya (рус. Фра́нция ), rasman Fransiya Respublikasi (frans. République française) — Gʻarbiy Yevropadagi rivojlangan davlat. Gʻarbda va shimolda Atlantika okeani hamda La-Mansh boʻgʻozi, janubda Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 547,03 ming km². Aholisi 64,5 million (baʼzilar 66,5 million kishidan ortiq deydi) (2016). Rasmiy tili — fransuz. Pul birligi — yevro. Poytaxti — Parij shahri. Metropoliya administrativ jihatdan 22 region, 96 departamentga boʻlingan. Bundan tashqari Fransiya tarkibida dengiz orti departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunon), dengiz orti xududlari (Taiti, Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna orollari va boshqalar), hududiy birliklar (Mayotta va Sen-Pyer va Mikelon) bor.

Davlat tuzumi [ править | править код ]

Fransiya — unitar davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1958 yil referendumda qabul qilingan va hozirgi kungacha bir necha marta oʻzgartishlar kiritilgan.

Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy va toʻgʻridan-toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va yana 1 marta saylanishi mumkin.

Qonun chiqaruvchi hokimiyat — parlament 2 palatadan (Milliy majlis va Senat) iborat.

Ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.

Tabiati [ править | править код ]

Fransiyaning sharq va janubda togʻ tizmalari, markazining janub qismida togʻ va keng tekisliklar bor. Alp togʻlari bilan Yura togʻlari Italiya va Shveytsariya bilan tabiiy chegarani tashkil etgan. Fransiyadagi Alp togʻlarining koʻp choʻqqilari 4000 metrdan ziyod. Eng baland joyi — Monblan togʻi (4807 m). Balandligi 1700 metrgacha boʻlgan Yura togʻlari Belfort pastligi tomonga Rona daryosi vodiylari uzra pasayib boradi. Belfort pastligining shim,sharqiy tomonidan Reyn boʻylab, F.Germaniya chegarasi oʻtadi. Bu joyda balandligi 1424 m boʻlgan Vogez togʻ tizmasi mavjud. Fransiya va Ispaniya oʻrtasida tabiiy chegara boʻlgan Pirenei togʻlarining balandligi Fransiya tomonida 3298 m ga (Vinmal) yetadi. F.da foydali qazilmalardan kumir, temir rudasi, uran, tabiiy gaz, volfram va surma, talk xom ashyosi, qoʻrgʻoshin, oltingugurt va rux bor. Neft va gaz juda kam miqdorda.

Iqlimi asosan uch xil: okean, kontinental va dengiz iqlimi. Fransiya iqlimi qishloq xoʻjaligi uchun qulayil Mamlakatning koʻp qismida okean iqlimi. Gʻarb va shimolda Atlantika okeanidan nam havo oqimi kelib, moʻtadil iqlimni hosil qiladi: yozda salqin, qishda iliq. Yil boʻyi yomgʻir yogʻib turadi. Oʻrta dengiz soxillari, Yura, Rona pasttekisliklari va Korsikaning iqlimi subtropik. U yerlarda qish iliq, yoz esa quruq va issiq. Sharq va shim.sharkdagi tekislik hamda pasttekisliklarda yanvarfev.da oʻrtacha temperatura 13°, gʻarb va janubgʻarbda 5—7°, mamlakat janubda 8—10°. Iyul va avg .da tekisliklarda 16—18°, shim.da 20—22°, janub gʻarbda 23—24″. Yillik yogʻinning eng kupi (1500–2000 mm) Alp, Vogez, Sevenn va Pirenei togʻlarining gʻarbiy qismiga toʻgʻri keladi.

Yirik daryolari: Luara, Rona, Sena, Garonna, mamlakat sharqida Reyn daryosining bir qismi oʻtgan. Fransiyada koʻl kam, Jeneva koʻlining koʻp qismi Shveytsariya xududida joylashgan. Tuprogʻi qoʻngʻir oʻrmon tuproqlari, shoʻrxok kulrang, chimli kulrang, qoʻngʻir rendzin, kulrang hamda “terra rossa” deb ataluvchi qizil tuproqlardan iborat. Oʻrmonlar mamlakat hududining 20%ni tashkil etadi. Shimolda keng bargli oʻrmonlar (dub, qayin, shumtol), Oʻrta dengiz sohilida dub va qaragʻay usadi. Hayvonot dunyosi: sut emizuvchilardan yovvoyi oʻrmon mushugi, tulki, boʻrsiq, bugʻu, kiyik, toʻngʻiz, olmaxon, quyon; togʻ tepalarida togʻ echkisi, olmaxon, alp sugʻuri, qora echki uchraydi. Qushlardan kaklik, bulduruq, loyxoʻrak, yakantovuq, olaqargʻa, qorayaloq, chumchuq, kaptar, burgut, janubda qizil gʻoz yashaydi. Daryolarda turli baliqlar bor. Mamlakat hududining 10% himoya ostiga olingan. Ular: milliy bogʻ (Ekren, Sevenn va boshqalar), hududiy milliy bogʻ va kichik tabiiy qoʻriqxonalar. Koʻp qoʻriqxonalar togʻlarda joylashgan (Alpdagi Vanuaz va Pelvu milliy bogʻlari, Pireneydagi Neuvyel qoʻriqxonasi).

Aholisining 90% dan koʻproga fransuzlar; shuningdek, elzas va lotaring, katalon, breton, flamand va basklar ham yashaydi. Shuningdek 3,5 million migrantlar (jazoir, portugal, italyan, ispan, arman va boshqalar) istiqomat qiladi. Rasmiy tili — fransuz tili. Bundan tashqari, bir qancha mahalliy shevalar ham mavjud. Shahar aholisi 73%. Dindor aholining 80% xristian (katolik), koʻpi bilan 5% islom, 2% xristian (protestant), 1% yaxudiylikga eʼtiqod qilishadi. Yirik shaharlari: Parij, Marsel, Lion, Tuluza, Nitssa, Nant, Strasburg, Bordo, Monpelye, Lill.

Tarixi [ править | править код ]

Francia, 1703

Fransiya hududida odam juda qadim zamondan, taxminan 1 million yildan buyon yashab keladi. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Fransiya hududining deyarli barcha qismida kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar, mamlakatni Galliya deb atashgan) yashagan. Miloddan avvalgi 2-asr oxiri — 1-asr Urtalarida Galliyani rimliklar bosib oldi. Milodiy 2—4-asrlarda aholi oʻrtasida xristianlik tarqaldi, romanlashtirish natijasida lotin tili kelt tillarini siqib chiqardi. 3—6-asrlarda Galliyani german qabilalari (vestgotlar, burgundlar, franklar) bosib olib, uning xududida bir qancha davlatlarni tashkil qildi. Ular orasida eng kattasi Frank davlati edi (“Fransiya” franklar nomidan kelib chiqqan). Karolinglar imperiyasining parchalanishi (843) natijasida Gʻarbiy Frank qirolligi tashkil topdi. Shu davrdan Fransiya mustaqil davlat boʻlib qoldi. 10-asrdan mamlakat “F.” deb atala boshladi. 1302 yil dastlabki Bosh shtatlar chaqirilib, tabaqali monarxiya oʻrnatildi. Fransiya bilan Angliya urtasida boʻlgan Yuz yillik urush (1337—1453) natijasida ishlab chiqarish va savdo keskin kamaydi, xalq ommasining ahvoli ogʻirlashib, Jakeriya (1358) va xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 15-asr 2yarmida Fransiya iqtisodiyoti astasekin qayta tiklandi, qirol hokimiyati mustahkamlandi. 16— 17-asrlardan iqtisodiy rivojlanish davri boshlandi. Fransiya qirollari Gʻarbiy Yevropada oʻz siyosiy taʼsirini oʻrnatishga uringan Gabsburglar bilan uzoq muddat kurash olib bordilar (q. Oʻttiz yillik urush). 17-asrga kelib Fransiya mustamlakachilik siyosatini boshladi: Amerika (Kanada, VestIndiya) va Hindistonning bir qismini bosib oldi. 17-asrning 2yarmida F.Gʻarbiy Yevropaning eng kuchli davlatiga aylandi. Ammo Ispaniya merosi uchun boʻlib oʻtgan urush (1701 — 1714) va nihoyat Yetti yillik urush (1756—1763) natijasida F.ning Shim. Amerika (Kanada va boshqalar) hamda Hindistondagi deyarli barcha mustamlakalari Angliyaga oʻtdi. 16— 17-asrlarda fransuz millati shakllandi, shim. fransuz tili yagona til sifatida keng tarqaddi. 18-asr oxirida oʻtgan Buyuk fransuz inqilobi natijasida, ayniqsa, uning choʻqqisi boʻlgan yakobinchilar diktaturasi davrida absolyutizm munosabatlari yemirildi. Yangi saylangan Milliy konvent 1792 yil 22 sentabrda Fransiyada respublika tuzumini oʻrnatdi. Konvent 1793 yil 24 iyunda demokratik konstitutsiyani qabul qildi. Aksilinqilobiy termidor Konvent (1794—1795) va Direktoriya rejimi (1795—1799) dan soʻng Napoleon I Bonapartning Birinchi imperiya shaklidagi harbiy diktaturasi (dastlab konsullik, 1804 yildan imperiya) urnatiddi. Napoleon davrida Fransiya kupgina bosqinchilik urushlarini olib bordi, Fransiya hududi birmuncha kengayib, Yevropada F.ga tamomila qaram bulgan davlatlar paydo boʻldi. Ammo shunga qaramay, F.ning Yevropada oʻz hukmronligini oʻrnatishga boʻlgan intilishi magʻlubiyatga uchradi. 1814—1815 va 1815—1830 yillarda Burbonlar monarxiyasi qayta tiklandi. 1815 yil martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan keyin Vaterloo yonidagi jangda (1815 yil 18 iyun) u magʻlubiyatga uchragach, Parij sulhiga muvofiq, Fransiya 1790 yilgi chegarasiga qaytarildi. 1830 yil Iyul inqilobi natijasida Burbonlar sulolasi agʻdarib tashlandi. Fransiyada monarxiya vujudga keldi, orleanlik gersog Lui Filipp qirol deb eʼlon qilindi.

1848 yil fevral inqilobi natijasida F.da Iyul monarxiyasi tugatilib, Ikkinchi Respublika qaror topdi (184852). 1851 yil 2 dek.da boʻlib oʻtgan davlat toʻntarishidan soʻng Lui Napoleon Bonapartning harbiy diktatura tuzumi oʻrnatildi. 1852 yil 2 dek.da u Napoleon III nomi bilan imperator deb eʼlon kilindi. Ikkinchi imperiya deb nomlangan tuzum karor topdi (1852— 70). Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinchi imperiya toʻxtovsiz bosqinchilik urushlari olib bordi. 1870—1771 yillardagi Fransiya — Prussiya urushida Fransiya yengilib turgan sharoitda (1870) Sentabr inqilobi yuz berdi. Ikkinchi imperiya barham topdi. Fransiya respublika deb eʼlon qilindi. Ammo hokimiyatni respublikachilar egallab oldi. Xalqning inqilobiy faolligidan qoʻrqqan Muvaqqat xukumat amalda taslimchilik siyosatini olib bordi. Hukumatning ishchilarni qurolsizlantirish siyosatiga karshi Parij ishchilari 1871 yil 18 martda qoʻzgʻolon koʻtarib, Parij: kommunasini eʼlon qildilar. 1871 yil Frankfurt sulh shartnomasiga koʻra, Fransiya Elzas va Lotaringiyaning talaygina qismidan mahrum boʻlib, Olmoniyaga katta tovon toʻladi. Monarxiyachilarning monarxiyani qayta tiklashga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1875 yil Milliy majlis tomonidan Uchinchi Respublika (1870— 1940) konstitutsiyasi kabul qilindi. 19-asr oxiriga kelib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasi koʻlami va iqtisodiy ahamiyati jihatidan Buyuk Britaniyadan soʻng 2oʻringa chiqdi. 20-asr boshlarida Fransiya sanoati tez surʼatda rivojlandi, lekin u 1-jahon urushigacha agrarindustrial mamlakat boʻlib qolaverdi. Fransiya bilan Olmoniya oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayishi sababli 1891—1893 yillarda Fransiya — Rossiya ittifoqi tashkil topdi. Bu ittifoq 1904 yilgi F.— Buyuk Britaniya bitimi bilan Antantanp tashkil etishda muhim rol oʻynadi. Fransiya 1jaqon urushi (1914—1918)da qatnashdi. Olmoniyaning urushdagi harbiy magʻlubiyatidan foydalanib, Fransiya Yevropada oʻzining hukmronligini oʻrnatishga harakat qildi. 30-yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni F.da boshqa mamlakatlarga nisbatan kechroq boshlandi va uzoqroq davom etdi. Mamlakatda fashistik guruhlar faollasha boshladi. Fashizm xavfiga qarshi F.dagi demokratik kuchlar Xalq frontiga uyushib, harakat qildilar (1935). 1936 yil iyunda Xalq fronti madadiga tayangan hukumat tuzildi. 1938 yil boshlarida reaksiya kuchlari Xalq frontiga rahna solib, yangi xukumat tuzishga muvaffaq boʻldilar. 1939 yil 3 sentabrda Fransiya Olmoniyaning Fransiya ittifoqchisi boʻlgan Polshaga hujumidan soʻng unga qarshi urush eʼlon qildi. Ammo Polshaga yordam berish uchun hech qanday tadbir koʻrilmadi. 1940 yil may oyida Olmoniya qoʻshinlari Fransiya hududiga bostirib kirdi. 10 iyunda F.ga Italiya urush eʼlon qildi. 14 iyunda esa Olmoniya qoʻshinlari Parijni urushsiz egalladilar. 22 iyunda Fransiya hukumati taslim boʻlish shartlariga rozi boʻldi. Olmoniya qoʻshinlari Fransiya hududining 2/3 kismini bosib oldi. Mamlakatning qolgan qismini boshqarish uchun Vishi shahrida A. Fransiya Peten boshchiligida qoʻgʻirchoq (Vishi) hukumati tuzildi. 1942 yil 11 noyabrda Germaniya bilan Italiya bu xududni ham ishgʻol qildi. Fransuz xalqi fashistlar okkupatsiyasining dastlabki kunlaridanoq Qarshshshk koʻrsatish harakatinm boshlab yubordi. 1940 yil general Sh. de Goll boshchiligida “Ozod Fransiya” harakati (1942 yildan “Kurashayotgan Fransiya”) tuzildi. Bu harakatga F.ning Afrikadagi mustamlakalari (Chad, Kamerun, Oʻrta Kongo, Gabon va boshqalar)ning fransuz harbiy qismlari va maʼmurlari ham qoʻshildi. 1941 yil 24 sentabrda de Goll fransuz milliy qoʻmitasini tashkil etdi, bu qoʻmita keyinroq muhojirlikdagi Fransiya hukumatiningoʻzagi boʻldi. 1943 yil 3 iyunda Jazoirda general de Goll raqbarligida Fransiya Milliy ozodlik qoʻmitasi (FMOQ) tuzildi. 1944 yil 2 iyunda AQSH, Buyuk Britaniya va SSSR tomonidan tan olingan FMOQ Fransiya respublikasining Muvaqqat hukumatiga aylandi. 1944 yil oxmriga kelib, Fransiya hududi fransuz vatanparvarlari va Angliya, Amerika qoʻshinlari tomonidan ozod etildi.

2-jahon urushida mamlakat iqtisodi katta zarar koʻrdi. Uning xalqaro mavqei pasayib, Fransiya imperiyasining parchalanishi boshlandi. 1946 yil 24 dekabrda demokratik ruxdagi yangi konstitutsiya qabul qilindi.

Toʻrtinchi respublika davri (1946—1958) boshlandi. 1949 yilda NATO harbiy-siyosiy blokiga aʼzo boʻldi.

Mamlakat va armiya ichidagi reaksion kuchlar 1958 yil mayda Jazoirda respublikaga qarshi isyon koʻtardilar. Jazoirdagi fransuz armiyasi qoʻmondonligi de Goll boshchiligida “milliy najot” hukumatini tuzishni talab qildi. 1 iyunda Milliy majlis de Gollga hukumat tuzish vakolatini berdi. 1958-yilda yangi konstitutsiya qabul qilindi. Sh. de Goll prezident etib saylandi. Shu yildan Fransiya Beshinchi respublika nomini oldi. 60-yillarda Fransiya Afrikadagi xududlari — Gvineya, Sudan, Madagaskar, Dagomeya (hozirgi Benin), Niger, Yuqori Volta (hozirgi Burkina Faso), Fil Suyagi Qirgʻogʻi (hozirgi Kot-d-Ivuar), Chad, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo, Gabon, Mavritaniya, Togo, Kamerun va Jazoirga Sovet Ittifoqi koʻmagida mustaqillik berdi. 1966 yil martda Fransiya NATO harbiy-siyosiy blokidan chiqib, oʻz hududidagi AQSh harbiy bazalarini tugatdi. 1965 yil 19 dekabrda Sh. de Goll qaytadan 7 yilga prezident etib saylandi. 1968 yilgi talabalar gʻalayoni va umumiy ish tashlash harakatlari, ijtimoiy siyosiy tanglik F.ni larzaga keltirdi. 1968 yil kuzda Beshinchi respublika tuzumi chuqur moliyaviy tanglikni boshidan kechirdi. Fransiya oʻz oltin valyuta rezervlarining yarmini yoʻqotdi, frankning kursi beqaror boʻlib qoldi. 1969 yil de Goll maʼmuriy-hududiy boshqarish tizimini oʻzgartirish va Senatni isloh qilish toʻgʻrisida referendum oʻtkazdi, ammo muvaffaqiyat qozonmadi. Natijada de Goll isteʼfoga chiqsi. 1969 yil “Respublika uchun demokratlar ittifoqi” partiyasining nomzodi J. Pompidu, 1974 yil Mustaqil respublikachilar milliy federatsiyasi rahbari Valeri Jiskar d’ Esten, 1981 yil soʻl kuchlar yetakchisi Fransua Mitteran prezident etib saylandi. 1986—88 yillar oʻng va soʻl kuchlar bahamjihatligining birinchi davri boshlandi va 1988 yil Fransiya Mitteran yana prezident etib saylandi. 1995 yil prezident saylovi natijasida Jak Shirak hukumat tepasiga keldi. 2000 yil 25 sentabrdagi referendumga asosan prezidentlik davri 7 yildan 5 yilga oʻzgartirildi. 2002 yil J. Shirak qayta prezident etib saylandi. Fransiya — 1945 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 14 iyul — Bastiliya ishgol qilingan kun (1789).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari [ править | править код ]

Fransiya sotsialistik partiyasi, 1971 yil tashkil etilgan; Respublikani qoʻllabquvvatlash birlashuvi partiyasi, 1962 yil tuzilgan, 1976 yilgacha turli nomda boʻlgan; Fransuz demokratiyasi uchun ittifoq partiyasi, 1978 yil asos solingan; Fransuz demokratiyasi uchun xalq partiyasi, 1965 yil tashkil etilgan, 1995 yildan hozirgi nomda; Fransiya kommunistik partiyasi, 1920 yiltuzilgan; Milliy front partiyasi, 1972 yil asos solingan. Umumiy mehnat konfederatsiyasi F.dagi eng katta kasaba uyushmasi boʻlib, 1895 yil tuzilgan; Fransiya demokratik mehnat konfederatsiyasi, 1919 yil asos solingan; Fransiya xristian mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1919 yil asos solingan; “Fors uvriyer”, kasaba uyushma markazi, 1947 yil tuzilgan.

Xoʻjaligi [ править | править код ]

Fransiya — yuksak darajada rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Jahondagi eng rivojlangan sakkiz davlatdan biri. Yalpi ichki mahsulotida sanoatning ulushi 24,9%, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon, baliq xoʻjaligining ulushi 2,7%., xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 72,4% ni tashkil etadi (2002).

Sanoati [ править | править код ]

Fransiya sanoat ishlab chiqarish boʻyicha AQSh, Yaponiya va Germaniyadan soʻng dunyoda 4oʻrinni egallaydi. Asosiy ishlab chiqarish tarmoqyaari: aerokosmik sanoati, mashinasozlik (aviasozlik, kemasozlik), elektron texnika, radioelektronika, qora va rangli metallurgiya, kimyo va farmatsevtika mahsulotlari, toʻqimachilik, tikuvchilik, neftni qayta ishlash, neft kimyosi kabilar. F.da temir rudasi (asosan, Lotaringiyada), uran rudasi (LaKruziy, L’Ekarpyer va boshqa konlar), boksit (Var va Ero departamentlarida) va alyuminiy rudalari qazib olinadi. Lotaringiya kumir qazib chiqarishning anʼanaviy markazi hisoblanadi. Keyingi davrda mamlakat markazi va janubda kumir qazib olish birmuncha kamaydi. Nikel, kaliy tuzlari, gips, volfram va oltingugurt, bariy, kaolin, asbest, plavik shpat, oz miqdorda qoʻrgʻoshin, pyx va kumush qazib chiqariladi. F.ning janubgʻarbiy xududi, Landesda neft va gaz zaxiralari mavjud. Metallurgiya k-tlarida poʻlat (LeKryozo, SentEtyen), alyuminiy (Gardann, Salendr, Noger), mis (LePale), qoʻrgʻoshin va rux (NuayelGodo, Lion, Vivye), nikel (Gavr), kobalt, volfram va boshqa eritiladi. Kurilish materiallari, jumladan, qum, shagʻal, tosh butun Fransiya hududida qazib olinadi. “Reno” va “Pejo” kompaniyalari avtomobil ishlab chikaruvchi eng yirik kompaniyalardir. Avtomobil sanoati markazlari Parij, Monbelyar, Lionda joylashgan. Aviatsiyakosmos tarmoqlari (harbiy va fuqaro samolyotlari, vertolyot, dvigatellar, raketa va kosmik texnika)ning asosiy markazlari — Parij, Tuluza, Bordo. Kemasozlik rivojlangan (Nant, Dyunkerk, Marsel). Lokomotiv va vagonlar, stanok, traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari va boshqa ishlab chiqariladi. Fransiya kompaniyalari mudofaa, transport mashinasozligi va boshqa tarmoqlarda oʻzining eng yangi texnologiyalari bilan mashhur. Yiliga oʻrtacha 475,6 mlrd. kVtsoat elektr energiya (shundan 3/4 qismi atom elektr styalarida) hosil qilinadi. Atom sanoatining asosiy markazlari — LeBushe, Pyerlat, Markul. Neft va neft kimyosi sanoati plastmassa, sintetik kauchuk va smola, kimyoviy tola, harbiy kimyo mahsulotlari, mineral oʻgʻit, doridarmon, upaelik va boshqa mahsulotlar ishlab chikaradi (Parij, Lion, Gavr va Marsel). Yengil sanoatning asosiy tarmogʻi — toʻqimachilik boʻlib, Parij, Lill, Armantyer, RubeTurkuen, Myuluz, Epinal, Truada yirik ip gazlama, jun, zigir, jut, trikotaj korxonalari mavjud. Toʻqimachilik va galantereya, poyabzal, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Konyak, vino, likyor, shampan vinolari dunyoda nom chikargan.

Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar mamlakat hududining 35,6% ni tashkil qiladi, shundan 40% yaylov va pichanzor. Chorvachilik qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi (mahsulot qiymatining 55%). Qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini boʻlgan bugʻdoy Shimoliy Fransiya pasttekisligida ekiladi. Arpa va makkajoʻxori katta ahamiyatga ega. Markaziy Fransiya massivining unumsiz yerlarida javdar, Rona deltasida sholi yetishtiriladi. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, zigʻir, xmel va tamaki muhim oʻrin oladi.

Bordo departamenti hamda Rona, Sona, Garonna, Dordoni va Luara dare vodiylarida tokzorlar katta maydonni egallaydi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, gulchilik rivojlangan. Oʻrmonlarda yogoch tayyorlanadi. Atlantika okeani va Oʻrta dengizda baliq ovlanadi.

Transporti [ править | править код ]

Transport yoʻli uzunligi 42.000 km. Soatiga 300 km yoʻl bosadigan tez yurar poyezd Parij va Fransiyaning boshqa shaharlarini Angliya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya bilan bogʻlaydi. Ichki yuklarning aksar qismi avtomobilda tashiladi. Avtomobil yoʻllari uzunligi 812,7 ming km. Parij, London, Marsel, Nitssa, Strasburg va Tuluzada yirik aeroportlar bor. Sena, Reyn daryolarida, Sena—Sevr, Marna—Reyn kanallarida kema qatnaidi. Dengiz savdo flotining tonnaji 4981 ming t dedveyt. Yirik dengiz portlari: Marsel, Gavr, Dyunkerk, Ruan, Nant, SenNazer, Bordo. Ichki suv yoʻllari uz. 8,6 ming km. Neft va boshqa suyuq mahsulotlarning bir qismi quvurlar orqali tashiladi.

Tashqi savdosi [ править | править код ]

Fransiya chetga elektron va maxsus mashina, uskunalar, samolyot, temir va poʻlat, ofis mashinalari, don mahsulotlarini qayta ishlash vositalari, alkogolli ichimliklar, gazlama, pishloq, goʻsht, sut, kiyim-kechak, poyabzal, upaelik va hokazolarni chiqaradi. Chetdan yonilgʻi, sanoat xom ashyolari, transport jihozlari, mashinalar, isteʼmol mollari keltiriladi. Tashqi savdoda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari: Belgiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg , Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, shuningdek, AQSh va Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Fransiyada xalqaro turizm rivojlangan: yiliga 50 milliondan ortiq kishi kelib ketadi. Pul birligi — yevro.

Tibbiy xizmati [ править | править код ]

Sogʻliqni saqlash sohasi kasalxonalardan va “shahar tibbiyoti” deb ataluvchi erkin tibbiy muassasalardan iborat. Tibbiyot tarmogʻida 2 millionga yaqin kishi ishlaydi (60 mingi kasalxonalarda). Davlat sogʻliqni saqlash tizimi rivojlangan. Fransiyada profilaktik tibbiyotning ahamiyati katta. Bu — tugʻishgacha va undan keyingi davrlarda ayollarni nazorat qilib, tadqiqotlar olib borish va ayrim koʻp tarqalgan kasalliklar (asosan, chekish, alkogolizm, OITSga qarshi kurash va hokazolar) boʻyicha ish joylarida va axborot kompaniyalarida konsultatsiyalar olib borish va hokazolardir. Shu tufayli Fransiyada bolalar oʻlimi dunyoda eng past darajada. Vrachlar 33 universitetning tibbiyot fakultetlarida tayyorlanadi. Mashhur balneologiya kurortlari: Vittel, Vishi, PlombyerleBen, EksleBen va boshqalar; iqlimiy kurortlari: Antib, Kann, Mentona, Nitssa (Lojuvard sohil), Biarrits, Dyep.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari [ править | править код ]

Davlat maorif tizimi markazlashgan. Davlatning maktab ustidan nazorati 19-asr boshida Napoleon I davridan boshlangan. Zamonaviy taʼlim tizimi 19-asr oxirlarida qabul qilingan. 1905 yildan davlat va cherkov maktablari ajratilgan. 1959 yildan majburiy taʼlim joriy kilingan. 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun taʼlim majburiy va universitet darajasiga barcha oʻrta maktablarda oʻqish bepul. Maktabgacha taʼlim muassasalari hamda oʻrta maktablarda 12 million 236 ming bola tarbiyalanadi va taʼlim oladi (2002). Oʻsmirlar savodxonligi dunyoda eng yuqorilardan biri — 99%. 2—3 yil maktabgacha tarbiyadan soʻng 6 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalar boshlangʻich maktabda oʻqiydilar. Oʻrta maktabdagi taʼlim 2 bosqichdan iborat boʻlib, oʻquvchilar 15 yoshgacha kollejlarda, soʻng umumiy litsey, akademik kurslarda oʻqiydilar yoki hunar litseylarida texnika taʼlimi oladilar va hunar oʻrganadilar.

Oliy taʼlim tizimiga universitetlar, oliy oʻquv yurtlari, texnika maktablari kiradi. 90 universitet, 3.600 oliy oʻquv yurtida 2 million 129 ming talaba taʼlim oladi (2003). Eng yirik oliy taʼlim muassasalari — Parij universiteti, Oliy normal maktab, Milliy politexnika instituti, Oliy amaliy maktab, Milliy maʼmuriy maktab, Oliy konchilik maktabi, Kollej de Frans va boshqa

Eng yirik kutubxonalari: Parijdagi Milliy kutubxona (7 mln.dan ortiq asar), Fransiya in-ti kutubxonasi (1,5 mln. asar), Sorbonna kutubxonasi (1,8 mln. asar), SentJenevyev kutubxonasi (1,5 mln.dan ortiq asar), Arsenal kutubxonasi (1,5 mln.dan ziyod asar), Strasburgdagi Milliy va universitet kutubxonasi (3 mln.dan ortiqasar). Eng yirik muzeylari: Parijdagi Luvr (225 galereya va 400 mingdan ortiq eksponat) Versal, Karnaval (Parij tarixi) muzeylari, J. Pompidu nomidagi sanʼat va madaniyat milliy markazi, Pikasso muzeyi, Zamonaviy sanʼati muzeyi, Impressionistlar muzeyi, Amaliy sanʼat muzeyi, Balzak, Gyugo, Roden muzeylari, Graf MonteKristo qasri deb atalgan If o.dagi muzey va boshqa Ilmiy muassasalari, asosan, Parij va uning atrofida joylashgan.institutlarning asosiy kismi oliy taʼlim maktablarida olib boriladi. Davlat i.t. muassasalari: Kosmik tadkikrtlar milliy markazi, Atom energiyasi boʻyicha komissarlik, tibbiyot tadqiqotlari va sogʻliqni saklash milliy instituti, ijtimoiy tadqiqotlar milliy instituti, Okeanografik tadqiqotlar milliy markazi va Informatika vakolatxonasi. Yirik i.t. markazlari: “Noraviasion”, “Elektrisite de Frans”, “Sharbonaj de Frans”, “Gaz de Frans”, “SenGoben”, “FransAtom”, “MerlenJeren”, “Krezo” va “Shneyder” kompaniyalari.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. F.da matbuot davlat nazorati va senzuradan mustaqil. F.da nashr etiladigan yirik gaz. va jur.lar: “Figaro” (kundalik gaz., 1826 yildan), “Le Pariziyen” (“Parijlik”, kundalik gaz., 1944 yildan), “Mond” (“Tinchlik”, kundalik gaz., 1944 yildan), “Frans Suar” (“Fransiya oqshomi”, kundalik kechki gaz., 1941 yildan), “Oror” (kundalik gaz., 1944 yildan), “Krua” (“Xoch”, kundalik kechki katolik gaz., 1880 yildan), “Yumanite” (“Insoniyat”, kundalik gaz., 1904 yildan), “Uest—Frans” (“Gʻarbiy Fransiya”, kundalik gaz., 1944 yildan), “Syud—Uest” (“JanubiGʻarb”, kundalik gaz., 1944 yildan), “L ekspress” (haftalik ijtimoiysiyosiy jur., 1953 yildan), “Pari match” (“Parij matchi”, haftalik bezakli jur., 1949 yildan), “MariKler” (oylik jur., 1954 yildan) va boshqa

Frans Press agentligi — avtonom tijorat agentligi (1944 yilda tashkil etilgan) dunyodagi eng yirik agentliklardan biri; 1835 yil tuzilgan Gavas fransuz axborot agentligining davomchisidir. Radio va televideniye xizmatlari mustaqil, jamoat tomonidan taʼminlanuvchi tashkilotlar va xususiy tijorat operatorlari tomonidan boshqariladi. Telekoʻrsatuvlar mustaqil komissiya — Conseil Superieur de G Audiovisuel (CSA) tomonidan nazorat qilinadi. 100 dan ortiq telekoʻrsatuv mavjud, ulardan tashqari, tekin va pullik tarmoqlar, kabel va yoʻldosh kanallar bor. Yirik radio va televideniye tashkilotlari: “Radio Frans”, 1975 yil tuzilgan, Televizion fransez— 1, “Antenn—2”, “Frans rejone” davlat televideniye kompaniyalari, 1975 yil tashkil etilgan.

Adabiyoti [ править | править код ]

Eng qadimiy adabiyot namunalari 9-asrning 2-yarmiga toʻgʻri keladi. Ular, asosan, diniy mavzuda boʻlgan (mas, “Avliyo Yevlaliya haqida kantilena”). 10—11-asrlarda birinchi epik afsonalar paydo boʻlgan. “Roland haqida qoʻshiq” asari Buyuk Karl nomi bilan bogʻliq. “Russilonli Jirar” asari ham oʻsha davrga mansub. Epik afsonalar 11-asrdan 13-asrgacha yozib kelingan. Bu davrning mashhur yozuvchilari: Gas Bryule va shampanlik Tibo (1201—53). 12-asr oʻrtalaridan ritsarlik romanlari paydo boʻla boshladi. Dastlabki romanlar tarixiy afsonalarning qayta ishlanishi maqsulidir. Ularga Benua de SentMoraning “Aleksandr haqida roman”, “Fiva haqida roman”, “Eney”, “Troya haqida roman” (barchasi 1140—65 yillarda yaratilgan), Kretyen de Truaning (taxminan IZO—taxminan 1191) “Erek va Enida”, “Iveyn”, “Perseval” va boshqa romanlari kiradi. 12-asrning oxirlarida”Tristan va Izolda” afsonasi, “Fluar va Blansheflor”, “Okassen va Nikolet” kabi sevgi romanlari yozilgan. 14—15-asrlar Fransiya adabiyoti uchun oʻtish davri hisoblanadi. Oʻsha davrning mashhur yozuvchilari Gilom de Masho (taxminan 1300—77), Estash Deshan (taxminan 1346— taxminan 1407), Kristina Pizanskaya (1363—taxminan 1431), Alen Shartye (1385— taxminan 1434), orleanlik Karl (1394—1465)lar oʻz asarlarida davr ruhiyatini — 1337—1453 yilgi 100 yillik urush fojeasini aks ettirdilar.

15-asr oxirlarida Fransiyada uygʻonish davri boshlandi. Italiya bilan aloqalar kuchaydi, matbaa rivojlandi, antik va gumanitar fanlarga qiziqish ortdi. Uygʻonish davri adabiyotining F.dagi yirik vakili Fransiya Rable (1494—1553) “Gargantyua va Pantagryuel” asari bilan mashhur boʻldi. 16-asr 1yarmida Fransiya lirikasi italyan neopetrarkizmi taʼsiri ostiga tushib qoldi va asr oʻrtalariga kelib, fransuz adabiyotida islohot oʻtkazildi. “Pleyada” deb nomlangan fransuz sheʼriy maktab shoirlari adabiyetda gumanizm gʻoyalarini olgʻa surdi, uni yangi shakllar (sonet, oda, epik asar va boshqalar) bilan boyitdi. Bu esa milliy adabiy tilning shaklanishiga olib keldi. “Pleyada” sheʼriy maktabining mashhur shoirlari P. de Ronsar (152485), J. Dyu Belle (1522— 60), R. Bello (152877), E. Jodel (1532—73) va boshqadir. 16-asrning oxirida shoirlar T. A. d’Obinye (1552— 1630), J. Voklen de la Frene (1535— 1606), Fransiya Deport (1546—1606) “Pleyada”ning ijobiy uslublari kridalariga amal qilgan holda barokko unsurlarini ham qoʻlladilar. 17-asr boshida fransuz adabiyoti realistik, klassik va barokko janrlarining qayta ishlanishi kabi jarayonni boshdan kechirdi. Klassitsizm estetikasi J. Shaplen (15951674), K. Vojl (15851650), G. de Balzak (1597—1654), Fransiya d’Obinyak (1604—76) nazariy asarlarida aks etdi. 1635 yil tashkil topgan Fransiya akademiyasi faoliyati va R. Dekart (1596— 1650)ning ratsionalistik falsafasi klassitsizm doktrinasining shakllanishiga olib keldi. Klassitsizm teatrning tragediya janriga koʻproq taʼsir oʻtkazdi. Klassitsizm komediyasining asoschisi va uning buyuk vakili Molyer hisoblanadi. U oʻzining “Tartyuf”, “Mizantrop”, “Xasis”, “Don Juan” va boshqa asarlarida jamiyatning salbiy tomonlarini, aristokratiyaning munofikligini, tekinxoʻrligini zoʻr isteʼdod bilan aks ettirdi. Jan de Lafonten masallari jaxrn adabiyotida masal janri rivojiga samarali taʼsir kursatdi.

17-asr 2-yarmida klassitsizmning yangi qirralari ochildi. Bu davrda Fransiya Fenelonning “Telemakning sarguzashtlari” romani, Sh. SentEvremonning makrlalari, dramaturg J. Rasin (1639— 99)ning “Andromaxa”, “Britannik”, “Fedra” asarlari yaratildi. 18-asrning boshida rokoko adabiyoti paydo boʻldi. U oʻzining geodenizmi, skeptizmi va juda erkin fikri bilan ajralib turgan. J. B. Russo oʻynoqi rokokoni klassitsizm meʼyorlari bilan uygunlashtirishga harakat qilgan. Monteskye, Volter, Didro kabi maʼrifatparvarlar ham rokoko usullaridan keng foydalanishgan. 18-asr 1yarmida komediya va roman janri rivojlandi. Molyer, A.R. Lesaj, P.K. Marivo, F.N. Detush, Sh. L. Monteskye (“Fors maktublari”) bu janrning yetuk namoyandalari boʻlsa, unda Volter yetakchi rol oʻynadi. 1751 yildan D. Didro, J.L. D’Alamber va boshqa maʼrifatparvarlar tomonidan Ensiklopediya nashr etila boshlandi.

18-asr 2-yarmi — 19-asr boshida Fransiya adabiyotida sentimentalizm oqimi paydo boʻldi. Buyuk Fransuz inqilobi arafasida sentimentalizm bilan bir qatorda romantizm kurtaklari koʻrina boshladi. Bu J. Kazot, E. Parni, J.B. Luve de Kuvre asarlarida va, ayniksa, P.A. F. Shoderlo de Lakloning “Xavfli aloqalar” romani, Bomarshening “Figaroning uylanishi” komediyasida namoyon boʻldi. K.J. Ruje de Lillning “Marselyeza” qoʻshigʻi, Robespyer, Maratlarning publitsistik maqolalari oʻsha davrda keng tarqaddi. 19 asr boshlarida Fransiya adabiyotida romantizm yetakchi oqim boʻldi, uning 2-bosqichida inqilob shabadasi esa boshladi. Bu davr V. Gyugo asarlarida oʻzining yorqin aksini topdi. Shuningdek, Jorj Sand, A. Dyuma, E. Syu asarlarida ham yorqin ifoda etildi. Stendal va O. de Balzakning jamiyatda mehnatkash inson fojiasi katta mahorat bilan koʻrsatilgan romanlarida, P.J. Beranje (1780—1857)ning satirik sheʼr va qoʻshiklarida realizm tamoyillari oʻzining yuksak ifodasini topdi. 60—70-yillardagi ilmiy texnika taraqqiyoti sharoitida J. Vernning ilmiy fantastik asarlari keng tarqaldi. 1870—71 yil F.Prussiya urushi va Parij Kommunasi davrida adabiyotning yangi rivojlanish davri boshlandi. E. Potye 1871 yil iyunda “Internatsional” sheʼri va 1876 yil “Parij Kommunasi” dostonini yezdi. E. Zolya ijodida, Gi de Mopassan novellalarida jamiyat muhitining oʻta tubanligi, mehnatkash insonning ogʻir qismati oʻz badiiy ifodasini topdi. 19-asr oxirida nazmda koʻproq simvolizm asosiy yoʻnalish boʻlib qoldi. 1-jahon urushi davrida A. Barbyus asarlari fransuz adabiyotida oʻchmas iz qoldirdi. Barbyus 1919 yil “Klarte” Xalqaro yozuvchilar tashkilotini tuzdi. 20—30-yillar adabiyotida Alen, P. Valeri, B. Sandrar, P. Reverdi, J. Kokto, T. Tsara, A. Breton, P. Elyuar, L. Aragon, Fransiya Supo kabi shoir va yozuvchilar ijodi salmokli oʻrin egalladi. 2jaqon urushi davrida antifashistik ruxdagi adabiy asarlar yozila boshladi. P. Elyuar, L. Aragon, E. Gilvik, M. Riffo, A. SentEkzyuperi kabi yozuvchilar asarlarida urush voqealari aks etdi. 50—60-yillarda fransuz adabiyotida ekzistensializm oqimi vujudga keldi. J.P. Sartr, A. Kamyu, E. Ionesko, S. Bekket, N. Sarrot, M. Byutor, K. Simon (1985 yil Nobel mukofoti laureata boʻlgan) va boshqa bu oqimning namoyandalaridir. Margerit Yursenar (1903— 87), Margerit Dyura (1914—96) kabi yozuvchilar Fransiya adabiyotida beqiyos iz qoldirdilar. Zamonaviy yozuvchilardan Mishel Turnye, Filipp Sollers, JanMari LeKlezio, Patrik Modiano, Patrik Grenvil, Paskal Kinyar mashhur.

Fransiya yozuvchilaridan O. de Balzak, V. Gyugo, Mopassan, A. SentEkzyuperi, J. Bern, A. Dyuma, Stendal, Volter, Fransua Moriak, Sharl Perro, Monteskye, L. Argon kabi adiblarning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Meʼmorligi [ править | править код ]

Fransiya hududidagi eng qad. sanʼat yodgorliklari paleolit davriga mansub. Temir davrida Rim tomonidan kelt (gall)lar shaharlari zabt etilgach, bu yerda gallrim sanʼati rivojlandi: toshdan makbara, teatr, zafar darvoza, akveduklar kurila boshladi, tobut, sarkofaglar tayyorlandi. 5-asrdan varvarlar davlati tashkil topgandan soʻng oʻrta asrlar sanʼati shakllana boshladi. Karolinglar sanʼati roman uslubining vujudga kelishi uchun asos boʻldi (10—12-asrlar), ibodatxona va monastirlar koʻproq qurildi (Akvitaniyadagi Klyuni cherkovi, 3-asr, Perigyodagi SenFron, 1120 yildan keyin, Langedokdagi cherkovqoʻrgʻonlar).

12-asrda Shimoliy Fransiya shaharlarida gotika vujudga keldi. Bu davrda shaqarlar soni ortdi, shaharlarda soborlar koʻplab qurila boshladi. Ularning eng yiriklari: SenDeni abbatligidagi cherkov (1137—44), Sane (taxminan 1140) va Lan, Shartr, Reyms, Amyendagi soborlar, Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi (1163—1257). 15-asrning 2yarmidan meʼmorlikda fransuz Uygʻonish davrining hashamdor va goʻzal uslubi shakllana boshladi. Shu davrda vujudga kelgan Ambuaz (1492—98), Gayon (1501 — 10) qirol va dvoryanlar qoʻrgʻonlari oʻzining qulayligi hamda hashamatliligi bilan ajralib turadi. Qirol Fransisk I tomonidan Italiyadan taklif qilingan mashhur meʼmorlardan (jumladan, Leonardo da Vinchi) tashqari, F.ning oʻzida ham N. Bashelye, Fransiya Delorm, P. Lesko, J. A. Dyuserso kabi isteʼdodli meʼmorlar yetishib chiqa boshladi. Fransuz Uygʻonish davri meʼmorligining eng yuksak milliy durdonalari qatoriga Bluadagi Fransisk I qasrining qanotlari, Luara vodiysidagi AzeleRido, Shenonso, Shambor kabi qoʻrgʻonqarorgohlar, Fontenblo saroyi va Parijdagi Yangi Luvr binosini (meʼmor P. Lesko, haykaltarosh J. Gujon) kiritish mumkin.

17-asrda absolyutizm kuchayishi bilan sanʼatda monarx shaxsi va hokimiyatini ulugʻlash kuchaydi. Qirollik rassomlik va haykaltaroshlik (1648) hamda meʼmorlik (1671) akademiyalari tashkil topdi. Klassitsizmning sipo va vazminligi bilan kenglik kulamini uygʻunlashtirgan absolyut monarxiya deb atalgan uslub shakllandi. U klassitsizmning ulugʻvorligi, mantiqiy tuzilishini aks ettirgan edi. Bu shahar va shahar tashqarisidagi ansambllar, qirol qarorgohlari va zodagonlar uylari kurilishida namoyon boʻldi. Parij geometrik jihatdan toʻgʻri, uslubiy yaxlit Dofina, Vogezov, Gʻalaba, Vandom maydonlari bilan bezaldi. PaleRuayal saroyi (1629—36), Nogironlar uyi (1671 — 76), Sorbonna binosi (cherkov bn, 1629—54), Versal saroyi (1661—89), zafar darvozalar va koʻpriklar kurildi.

Saroy va binolar plastik naqshlari hamda ixchamligi bilan ajralib turadi. 18-asrning 1yarmida hashamatli reja uslubi qoʻllanildi. Bordodagi maydon va koʻchalar tarmogi, Nansidagi maydonlar, Lyudovik XV maydoni shular jumlasidandir.

18-asr 2-yarmida absolyutizmning inqirozi munosabati bilan maʼrifatparvarlik klassitsizmi yoʻnalishi vujudga keldi. Klassitsizm ruxida cherkovlar (SentJenevyev, hozirgi Parijdagi Panteon), saroylar (Versaldagi Kichik Trianon), teatrlar (Bordodagi Katta teatr) va boshqa jamoat inshootlari (Parijdagi harbiy maktab) qurildi. 19-asr boshlarida yangi meʼmoriy uslub — ampir uslubida ulugʻvor, mahobatli inshootlar kurildi (La Madlen cherkovi, Vandom kolonnasi). 19-asr oʻrtalarida Parijda yirik kurilish ishlari amalga oshirildi, 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Amyen, Nant, Orlean,Tuluza va boshqa shaharlar qisman rekonstruksiya qilindi. 19-asr 2yarmida kurilishlar eklektizm ruhida olib borildi (“GrandOpera” teatri, SakreKyor bazilikasi). Yopiq bozor, universal magazin, passaj, vokzal, kutubxona (Parijdagi SentJenevyev kutubxonasi va Milliy kutubxona), elevator, depo va boshqalarlar kurildi. Mashhur Eyfel minorasi ham shu davrda kurildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida modern uslubida inshootlar yaratildi (Parij metrosining bekatlari, Parijdagi “Kastel Beranja” mehmonxonasi). 1860 yildan qurilishda temirbeton ishlatila boshlandi. 1920—30 yillarda zamonaviy meʼmorlikning asosiy qirralarini shakllantirishga kirishildi. Meʼmor Le Korbyuzye shakllarning funksional va konstruktivligini, beton, oyna va poʻlatning keng qoʻllanilishini zamonaviy meʼmorlikning 5 asosiy prinsipiga aylantirishga harakat qildi. 1960—70-yillarda Parij va uning atroflarida kurilishlar avj oldi. Bu davrning mashhur meʼmorlari R. Kamelo, J. de Mayi, B. Zerfyuss va muhandis N. Eskvillan meʼmorlikda ajoyib inshootlar yaratdilar. Bunga misol qilib, Parijdagi sanoat va texnika milliy markazi zali, YUNESKO binosi va Radio uyini koʻrsatish mumkin.

1980-yillardan Fransiya meʼmorligida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, xorijiy meʼmorlarning gʻoyalariga keng yoʻl ochib berildi. Luvr muzeyi amerikalik meʼmor Mario Pey tomonidan toʻliq qayta rekonstruksiya qilindi. Shishadan yasalgan piramida Luvrning ramziga aylandi. Keyingi yillarda yaratilgan meʼmoriy inshootlardan Parij shahridagi SenLazar vokzali perronidagi Arman kompozitsiyasi (1985), P. Pikasso sharafiga qurilgan Sezar kompozitsiyasi (1985), SenJermen o.dagi Jan Dyubyuffe haykallari bilan bezalgan minora (1988), “Ateney” teatridagi rassom JanPyer Shamba tomonidan chizilgan asarlar (1989)ni koʻrsatish mumkin.

Tasviriy sanʼati [ править | править код ]

Fransiya hududidagi eng qad. sanʼat asarlari paleolit davriga mansub. Polixrom rasmlar (Lasko, FondeGom), hayvonlar tasviri va haykallari (LaMadlen, Tyukd’Odeber) saqlanib qolgan. Temir davri galiitat madaniyati va laten madaniyati yodgorliklari bilan namoyon buldi. 5-asrdan varvarlar davlati tashkil topishi bilan oʻrta asrlar sanʼati (merovinglar sanʼati) vujudga kelgan.

10—12-asrlarda karoling sanʼati roman uslubining vujudga kelishi uchun asos boʻldi. Bu davrdan har xil taqinchoklar, Limoj emallari, mato va kashtalar, gilamlar saklanib krlgan. F.ning gotik haykaltaroshligida insonning jismoniy goʻzalligi va hislariga, real tabiiy shakllarga qiziqish ortdi. Bu Parij Bibi Maryam ibodatxonasidagi haykallar, Amyen soborining haykal va obrazlarida namoyon boʻldi. 14-asrda haykaltaroshlik majmualari kamroq yaratildi, interyerlarda koʻproq tasviriy sanʼat asarlari va boʻyalgan yogʻoch haykallar paydo boʻldi. Gotika tasviriy sanʼatida interyerni rangli bezatishda vitraj eng asosiy unsur boʻlib qoldi (Parijdagi SentShapel ibodatxonasi va Shartr sobori vitrajlari). 13-asr 2yarmidan vitrajlarda koʻproq yorugʻ ranglar qoʻllanila boshladi. Freska saroy va qasrlar devorlarida koʻproq uchraydi. 14—15-asrlarda niderland va italyan sanʼati taʼsiri ostida dastgoxli kartina va portretlar paydo boʻla boshladi. Tevarak atrofii real tasvirlash akauka Limburglar ijodidan boshlandi. Ularning “Berriy gersogining eng boy chasoslovi” (taxminan 1411 — 16) asari saklanib qrlgan. 15-asr urtalarida qirol saroyi qoshida fransuz Uygʻonish davri kurtaklari boʻlgan maktablar tashkil topgan. Uning eng mashhur vakili J. Fuke boʻlgan. Uygʻonish davri haykaltaroshligini M. Kolomb boshlab bergan. 15-asr 2yarmida Uygonish davri uslubi yogochdan ishlanadigan gravyuralarga ham taʼsir qildi. 16-asr boshlarida qirol saroyi tasviriy sanʼat markaziga aylandi.

Inson shaxsiyatiga boʻlgan qiziqish qalam va rangli portretlarda ham oʻz aksini togshi. Bu davr sanʼatiga kenja J. Klue, Kornel de Lion, Etyenn va Pyer Dyumustyelar kabi rassomlar uzlarining hissalarini qoʻshdilar. 17-asrga kelib, klassitsizm uslubi maydonga chikdi. Rasmiy tasviriy sanʼatning rahbari S. Vue Rim barokkosi, Bolonya maktabi akademizmi va Fontenblo maktabi manyerizmini uygunlashtirdi. 17-asr 2-choragida tasviriy sanʼatda klassitsizm yetakchi rol oʻynay boshladi. Bu davr sanʼat asarlari plastik shakllari aniq boʻlishi, tabiat manzaralarining chuqur lirizmi bilan ajralib turadi. 17-asr oʻrtalarida Fransiya sanʼat hayotining peshqadami Sh. Lebren Parij va Versal saroylarini bezashga rahbarlik qildi. Bu davrdagi G. Rigo, N. Larjilyer, R. Nanteyl, J. Odran, J. Edelink, Fransiya Jirardon, A. Kuazevoks kabi rassom va haykaltaroshlarning koʻp asarlari hozirgacha yetib kelgan. Portret, gravyura, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat, zargarlik rivojlandi. 18-asr tasviriy sanʼatida A. Vatto asarlari rokoko uslubiga asos boʻldi. Rokoko uslubi manzarali naqshin pannolarda, gilamlar, afsonaviy sahnalarga ega boʻlgan desyudeportlarda, allegoriyalarda aks etdi. Fransiya Bushe, K. Vanloo, N. Lankrelar rokoko uslubi namoyandalaridir. 18-asr 1yarmida bezak plastika ham rivojlana bordi. M.K. Latura, J.B. Lemuan, J. B. Perronno kabi rassomlar ijodida analitik aniklik, emotsional jozibadorlikkoʻrinadi. 18a. oʻrtalariga kelib tabiatga boʻlgan qiziqish peyzajning vujudga kelishiga turtki berdi. J. Berne, L. G. Moro, Yu. Rober, O. Fragonar, J. A. Gudon, J. L. David bu davrning mashhur rassomlari qatoriga kiradilar. 19-asr boshida baʼzi rassomlarning asarlarida avvalgi qahramonlik obrazlari oʻrnini Napoleon I ni ulugʻlaydigan asarlar egalladi. Restavratsiya va Iyul monarxiyasi davrida romantik maktab tashkil topdi. T. Jeriko, E. Delakrua asarlarida romantizm yaqqol namoyon boʻldi. Haykaltaroshlikda romantizm tamoyillari Fransiya Ryudaning “Marselyeza” asarida, P.J. David d’Anje portretlarida va A. L. Bari asarlarida aks etdi. 1848 yilgi inqilob Fransiya sanʼatiga demokratlashtiruvchi taʼsir koʻrsatdi. 1851 yil toʻntarishdan soʻng reaksiya kuchlari qukmronligi sharoitida demokratik sanʼat koʻp jihatdan oʻzining ommaviyligini yoʻqotdi. 1860 yillarda mamlakat tasviriy sanʼatida E. Manening realistik izlanishlari markaziy oʻrinni egallaydi. Mane ijodi impressionizm yoʻnalishi bilan yaqinlashdi. Bu yoʻnalishda Manedan tashqari K. Pissarro, A. Sisley, O. Renuar va E. Degalar ham ijod qilishgan. 1850—60-yillar x,aykaltaroshlikda J.B. Karloning dekorativ, aniq va quvnoq asarlari, J. Daluning mehnat odamlarining xayratli va jiddiy obrazlari, O. Domyening ekspressivgrotesk plastikasi alohida oʻrin tutadi. 19-asr soʻnggi choragida fransuz xaykaltaroshligining eng yorqin namoyandasi O. Roden hisoblanadi.

19-asr oxiri — 20-asr boshlarida impressionizm bilan birgalikda “modern” uslubining paydo boʻlishiga taʼsir etgan simvolizmnnng turli variantlari ham rivojlandi. 19-asr oxirida tasviriy sanʼatda ijtimoiy mavzulardan birmuncha chekinish seziladi. 20-asr boshidan Parijga koʻplab chet el rassomlari kela boshladi va ularning ijodi fransuz sanʼatining ajralmas qismiga aylandi. 1905 yilda A. Matiss boshchiligida fovizm (A. Marke, J. Ruo, A. Deren, M. Vlamink, R. Dyufi va boshqalar), 1907 yilda esa kubizm okimi (P. Pikasso, J. Brak, X. Gris) vujudga keldi. 1-jahon urushidan soʻng syurrealizm, 2-jahon urushidan keyin abstrakt sanʼatning turli yunalishlari vujudga keddi. 1970-yillarda sanʼatda abstraksionizmdan chekinish va sanʼatning turli xil figurativ turlari (gipperrealizm)ga oʻtish kuzatiddi. Umuman olganda, Fransiya tasviriy sanʼatida gumanizm koyalari saklanib qolgan. P. Pikasso va Fransiya Leje asarlarida urush va fashizmga qarshi alangali gʻalayon, xalqlarning tinchlik uchun kurashi mavzulari koʻp aks etgan. 1945 yildan soʻng neorealizm okimi paydo boʻldi, karikatura sanʼati rivojlandi, qoniqmaslik va tushkunlik kayfiyati asketik rassomchilikda aks etdi. Gumanistik sanʼat anʼanalari haykaltaroshlikda ham yetakchi rolni egallaydi. A. Burdelning qahramonona dramatik obrazlarida, A. Mayolning garmonik haykallarida, J. Bernarning oʻtkir psixologik portretlarida bu narsa oʻz aksini topdi. Umuman, Fransiya 21-asrda ham jahon badiiy sanʼatining eng yirik markazlaridan biri xisoblanadi.

Musiqasi [ править | править код ]

Fransiya milliy musiqasi qad. kelt, gall va frank qabilalari folkloridan boshlanadi. 11 — 13-asrlarda trubadur va truver (shoirxonandalar) musiqa sanʼati rivojlangan. 14-asrdagi ilk Uygʻonish davrida cherkov ijrochiligi rivoj topdi. Oʻsha davr mashhur kompozitorlari Gilom de Masho, Filipp de Vitri Are nova (yangi sanʼat) musiqa harakatining eng yetuk namoyandalari edilar. Musiqaning keyingi rivoji G. Dyufai, Josken Depre, I. Okegem, xor polifoniyasi ustasi K. Janeken, gugenot xorali asoschisi K.Gudimel, buyuk polifonist, niderland maktabi vakili O. Lasso ijodi bilan bogʻliq. 1672—87 yillar “Grand opera” teatrini milliy opera maktabi hamda lirik tragediya janri asoschisi Lyulli boshqargan. 17-asrdan cholgʻu musiqa — lyutnya (D. Gotye), klavesin (J. Shambonyer, L. Kuperen), viola (M. Mare) maktablari tashkil topdi. Cholgʻu syuita janrida ijod qilgan Fransiya Kuperenning badiiy merosi — fransuz musiqiy klassitsizmi choʻqqisidir. 18-asrning eng yirik kompozitori J.R. Ramo K.V. Glyukning opera islohotiga zamin yaratgan, garmoniya faniga asos solgan. 18-asr oʻrtalarida milliy simfoniya paydo boʻldi (Fransiya Gossek). Bu davrda yangi janr — komik opera ham paydo boʻla boshladi. Uning yetuk mualliflari qatoriga E. Duni, Fransiya Filidor, kompozitorlardan P. A. Monsini (“Dezertir”, 1769), A.E. M. Gretri (“Lyusil”, 1769) kiradi. Komik operalar “Opera komik” teatri (1715 yil SenJermen yarmarkasida teatr sifatida tashkil topgan, 1801 yildan yuqoridagi nom)da qoʻyilgan. 1792 yil J. Ruje de Lil tomonidan “Marselyeza” yoziddi va u keyinchalik Fransiya milliy madhiyasiga aylandi. 1793 yil Parijda Milliy musika in-ti (1795 yildan Musiqa va deklamatsiya konservatoriyasi) ochildi. 19-asr boshlarida Parij jaxrn musika madaniyatining markazlaridan biriga aylandi. Fransuz musiqasidagi romantizm G. Berlioz asarlarida, 19-asr 2yarmida esa lirik opera janri paydo boʻlgach, Sh. Guno, J. Masne, A. Toma, L. Delib asarlarida oʻz aksini topdi. J. Bize ijodi fransuz musiqasida opera realizmining choʻqqisiga aylandi (“Karmen”, 1874). 19-asr 80-yillarida Fransiya buyuk R. Vagnerni qarshi oldi. 19-asr 2yarmida operetta janri rivoj topdi (J. Offenbax, Fransiya Erve, Sh. Lekok, R. Planket). 19-asr oxiri — 20-asr boshida S. Frank, K. SenSane, E. Lalo, E. Shosson turli janrlarda samarali ijod qilishdi. F.da shanson (ommabop qoʻshiq) janri gullab yashnadi. 20-asr musiqasida impressionizm yaratildi (K. Debyussi, M. Ravel). 1-jahon urushidan soʻng Fransiya musiqa sanʼatida neoklassitsizm, ekspressionizm, konstruktivizm tobora rivojlandi (“Oltilik” kompozitorlari D. Dyurey, D. Miyo, J. Orik, A. Onegger, Fransiya Pulenk, J. Tayfer va boshqalar). 2-jahon urushidan soʻng Fransiya musiqa hayoti jonlandi. O. Messian, Fransiya Pulenk, D. Miyo, A. Jolive, A. Core, J. Orik, J. Franse, M. Landovski kabi kompozitorlar ijodi faollashdi. 1950-yillardan dodekafoniya, aleatorika, elektron muyesha, sonorizm, konkret musisha kabi yangi musiqa yoʻnalishlari rivoj topdi (P. Bulez, Ya. Ksenakis, P. Sheffer va boshqalar). 20a. fransuz yirik ijrochilari: dirijyorlar — P. Montyo, I. Markevich, A. Klyuitens, Sh. Myunsh, L. Forestye, P. Pare, Sh. Bryuk, S. Bodo, J. Martinon, P. Bulez; pianinochilar — A. Korto, M. Long , R. Kazadezyus, I. Nat; skripkachilar — J. Tibo, 3. Francheskatti, J. Neve; violonchelchilar — M. Mareshal, P. Furnye, P. Tortelye; organchilar — Sh. Turnsmir, Sh. Vidor, M. Dyupre, M. Dyurufle; xonandalar — D. Dyuval, J. Krespen, L. Pens; shansonyelar — M. Shevalye, E. Piaf, Sh. Aznavur, J. Beko, J. Dassen, J. Brassens, M. Matyo va boshqa Parij, Avinon, EksanProvans, Strasburg , Bezanson, Bordo, Tur, Ruan, LaRoshelda musiqa tanlov va festivallari oʻtkazib turiladi. Parijda eng muhim musiqa oʻquv yurtlari — konservatoriya, “Sxola kantorum” (1894 yil asos solingan), “Ekol normal de myuzik” (1919) hamda grammofon firmalari, musiqa jamiyatlari, Fransiya Milliy musika qoʻmitasi joylashgan. Bir qancha musika jur.lari chop etiladi.

Teatri [ править | править код ]

Fransiya teatr sanʼati oʻrta asrlardagi sayyor aktyor va sozandalar, jonglyorlar tomoshalaridan boshlanadi. 9—10-asrlardayoq oʻrta asr teatrida diniy drama vujudga keldi. Ulardan eng mashhuri 15 a. oʻrtalaridagi A. Grebanning “Xudo ehtiroslari misteriyasi”dir. 1599 yildan professional artistlar truppasi ishlay boshladi. Bu birinchi doimiy akterlar jamoasi edi. Ular tragediya, tragikomediya va pastorallar qoʻyar edilar. 17-asrdan J. Rotru, M. Skyuderi pyesalari qoʻyila boshladi. 1634 yil “Mars” teatri ochildi. P. Kornel, J. Rasin tragediyalari va Molyer komediyalari teatr sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshdi. Molyer vafotidan soʻng tashkil etilgan “Komedi Fransez” teatrida (1680) aktyor M. Baron va tragik aktrisa A. Lekuvryor uning sahna prinsiplarini davom ettirdilar. Fransuz maʼrifatparvarlari teatrni xalqni tarbiyalash vositasi deb bildilar. Maʼrifatparvar klassitsizmning eng yirik aktyorlari J. Brizar, Fransiya Mole, J. Ofren va J. Dyugazondir. Buyuk fransuz inqilobi qahramonlik sanʼatini vujudga keltirdi. 1791 yil “Teatrlar erkinligi haqida dekret”dan soʻng , Parijda 19 teatr tashkil topdi. “Komedi Fransez” teatrida V. Gyugo, A. Vini, A. Dyuma asarlari koʻrsatildi. Gyugoning “Ernani” dramasining qoʻyilishi (1830) fransuz teatrida muhim voqea boʻldi. 19-asr 1yarmida bulvar teatrlari paydo boʻldi. 1848 yildan qahramonlik mavzusi yana oldinga chiqdi. 19-asr oxirida E. Zolya yangi realistik dramaturgiyani yaratish va teatrlarni isloh etishni talab qilib chiqdi. Fransuz sahnasidagi chuqur oʻzgarishlar A. Antuan nomi bilan bogʻliq. “Erkin teatr” va “Antuan teatri” asoschisi, “Odeon” teatri boshqaruvchisi boʻlgan Antuan oʻz davrining dolzarb muammolarini sahnaga olib chikdi. 1910 yil J. Rushe tomonidan “Teatr dez Ar” tashkil etildi. 1926 yil toʻrt buyuk rej.: G. Bati, Sh. Dyullen, L. Juve va J. Pitolar ittifoqi — “Kartel” tuzildi. Ular koʻproq klassikaga — Molyer, Shekspir, A. P. Chexov, B. Shou, L. Pirandello, P. Klodel, J. Dyuamel, J. Romen, J. Jirodu, J. Anuya, A. Salakru asarlariga murojaat etishdi. 1930-yillar boshida demokratik va antifashistik harakat rivojlandi, xalq teatri katga rol oʻynadi. 2-jahon urushi yillari — nemisfashist okkupatsiyasi davrida fransuz teatrlari deyarli ishlamadi. Ilgʻor jamoatchilik F.ning qadimiy teatrlaridan boʻlgan “Komedi Fransez”ni qoʻllabquvvatladi. Unda yirik aktyor va rej.lardan J. L. Barro, M. Reno, P. Dyuks, J. Rusiyon va boshqalarlar voyaga yetdilar. 40-yillar 2yarmi — 50-yillar 1yarmida mamlakatda drama markazlarining keng tarmoklari tashkil topdi. Lion, Grenobl, Tuluza, Kann, Bordo, Strasburg va boshqa shaharlarda teatrlar paydo boʻldi. Milliy xalq teatri teatr sanʼatining yetakchi markaziga aylandi. Unda buyuk fransuz aktyorlari J. Filipp, M. Kazares, J. Vilson, D. Sorano, S. Monforlar faoliyat olib bordi. 1970-yillarda Buyuk fransuz inkilobiga bagʻishlangan “1789” va “1793” teatrlarining tashkil topishi Fransiya teatri hayotida katta voqea boʻddi.

Fransuz sahna sanʼatining rivojiga aktyor va rej. J.L. Barro katta hissa koʻshdi. Turmush oʻrtogʻi M. Reno bilan birgalikda “Kompani Reno—Barro” truppasi yaratildi va u 20-asrda fransuz dramaturgiyasini targib etdi. 1950 — 60-yillarda teatr hayotida “absurd teatri” katta oʻrin egalladi. 20-asr 2yarmidan Fransiya teatr sanʼati yanada rivojlandi. Bunga 1981 —86 va 1988—93 ylarda Fransiya madaniyat vaziri boʻlib ishlagan J. Lang katta hissa qoʻshdi. Parijning koʻp teatrlari, jumladan, “Grandopera”, “Komedi Fransez”, “Odeon” va “Shayo” milliy teatrlari hukumat tomonidan qoʻllab quvvatlandi. J.L. Barro, A. Vite, A. Mnushkin, P. Bruk, R. Blen, R. Planshon, J. Savari kabi rej.lar mashxur. F.da 42 milliy dramatik markaz mavjud; 170 teatr guruhi shartnoma asosida, 398 guruh dotatsiya asosida faoliyat yuritadi. “Komedi Fransez” teatri milliy teatr anʼanalarini davom ettirmoqda. 1954 yil tashkil etilgan “Xalklar teatri”da xalqaro teatr festivallari oʻtkaziladi.

Kinosi [ править | править код ]

Aka-uka L. va O. Lyumyerlar tomonidan qoʻyilgan kinematografiyaning dastlabki asarlari (xronikal syujetli “Poyezdning kelishi”, “Bolani emizish”, “Shalabbo boʻlgan suv sepuvchi” filmlari) 1895 yil 28 dek.da Parijda namoyish etilgan. Fransiya kinosining ilk davrdagi rivoji kinotryuklarni suratga olish ixtirochisi J. Melyesu nomi bilan bogʻliq. Uning “Film d’ar” firmasi kinoga mashxur dramaturg , aktyor va kompozitorlarni jalb etdi. 1919 yilda rej. A. Gans urushga qarshi ruhdagi “Men ayblayman” pamfletini, rej. A. Antuan esa bir qancha filmlar (“Yer”, 1921; “Arlezianlik ayol”, 1922)ni yaratdi. 1-jahon urushidan keyingi yillarda kinodan tijorat yoʻlida foydalanishga qarshi chiqqan va kinoni badiiy jihatdan yangilashni talab qilgan kino nazariyachilari va amaliyotchilaridan L. Dellyuk, A. Gans, M.L. Erbye, J. Epshteyn, J. Dyulak “Avangard” harakatiga birlashdilar. Bu harakatdagi bir qancha realist rej.lar qad. anʼanalarga tayangan holda koʻpgina asarlarni yaratdilar [“Krenkebil” (1922) va “Yangi janoblar” (1928, rej. J. Feyder), “Nana” (1926) va “Kichik gugurt sotuvchi” (1927, rej. J. Renuar), “Somon shlyapa” (1927, rej. R. Kler)].

30-yillardan fransuz kino sanoati ovozli filmlar chiqara boshladi. 30-yillar oʻrtalarida Fransiya kinematografiyasining ijtimoiy yoʻnalishi Milliy front harakati bilan bogʻliq; “Oktyabr” va “Erkin kino” uyushmalari tashkil topdi. Bu davr uchun “Marselyeza” (1938, rej. R. Renuar), “Buyuk sarob” (1937, rej. R. Renuar), “Oxirgi milliarder” siyosiy satirasi (1934, rej. R. Kler), “Ahil kompaniya” (1936, rej. J.Dyuvivye) kabi filmlar xarakterlidir. 2-jahon urushi va natsistlar okkupatsiyasi davrida fransuz kinematograflari kurash va jasoratga chorlovchi “Kechki mehmonlar”, “Osmon sizlarga tegishli” kabi filmlarni yaratdilar. 1944 yil “Parijni ozod etish” filmi chiqarildi. “Rayka bolalari” filmi (1945) milliy madaniyatning eng yaxshi gumanistik anʼanalarini oʻzida aks ettirgan, fashizmga qarshi ruhsagi film boʻldi. Rej. R. Klemanning “Relslar ustidagi jang” filmi ozod etilgan F.ning birinchi kartinalaridan hisoblanadi. Shu davrda yaratilgan mashxur filmlar: “Parma ibodatxonasi” (1948, rej. KristianJak), “Qizil va kora” (1954, rej. K. OtanLara, ikkisi ham Stendal asarlari asosida), “Tereza Raken” (1953, rej. M. Karne), “Jerveza” (1956, rej. R. Kleman, ikkisi ham Zolya asarlari asosida), “Oʻlimga mahkum qilingan qochdi” (1956, rej. R. Bresson). 1940 —50-yillar boshlaridaJ. Filipp, Burvil, J. Mare, M. Kazares, L. de Fyunes, S. Rejani va boshqa aktyorlar mashxur. 50-yillarning 2yarmida yaratilgan filmlarning kupi koʻngil ochar filmlar boʻldi. Fransiya kinematografiyachilari kuchli ijtimoiy qahramonni fashistlarga qarshi kurash mavzusidan topdilar. “Kun va soat” (1963), “Parij yonyaptimi?” (1966) filmlari fashizmga qarshi ruhda yaratildi. 1968 yildan keyin asosan siyosiy mavzuda, fransuz mehnatkashlarining hayoti haqida filmlar yaratila boshladi. J. Tatining “Bayram kuni” (1949), “Mening amakim” (1958), Kristian Jakning “FanfanTyulpan” (1952), “Qonun — bu qonun” (1958), P. Eteksning “Ohtortuvchi” (1963), “Yoyo” (1965) filmlari komediya janriga mansub. Fransiya kiska metrajli filmlari (rej. A. Lamorisning “Qizil shar”), P. Grimoning multiplikatsiyalari, J. Rushaning ijtimoiy filmlari mashxur. 70ylar oʻrtalariga kelib, fransuz kinosida oʻtkir mavzulardan chekinish kuzatiladi, bu davrda koʻngil ochar kinolarni ishlab chiqarish keng rivojlandi. 60 —70-yillardagi eng mashxur aktyorlar sirasiga: J. Gaben, J. Moro, J.L. Trentinyan, J.P. Belmondo, K. Denyov, A. Delon, A. Jirardo va boshqa kiradi. Eng yaxshi fransuz tasvirchilari: R. Yuber, A. Tirar, R. Kutar, A. Alekan, A. Deke. Fransuz va jahon kinosi tarixi va nazariyasiga oʻzlarining fikr va goyalari bilan katta xissa qoʻshgan kishilar: L. Mussinak, J. Sadul, A. Bazen, J. Mitri, A. Ajel, K. Mets va boshqa 1943 yil tuzilgan Oliy kino taʼlimi instituti rej., tasvirchi, montajchilarni tayyorlaydi. 1946 yildan Kannda har yili Xalqaro kinofestival oʻtkaziladi. 1936 yil “Sinematika”, 1972 yil Kino tarixi muzeyi ochilgan. 1976 yilda Amerikaning “Oskar” mukofotiga oʻxshash “Sezar” milliy kino mukofoti taʼsis etilgan. 1970 —90-yillarda rej.lar J.Sh. Takell (“Jiyanlar”, 1975), D. Vin (“Martin Gerrning qaytishi”, 1984), D. Kyuri (“Oramizda”, 1985), K. Berri (“Jan de Florett”, 1987), J. Rivett (“Maftunkor yongʻoq daraxti”, 1991), R. Varnyer (“Hindixitoy”, 1992) hayajonli hamda anʼanaviy mavzularda filmlar yaratishdi.

Fransiyada 4.400 kinoteatr mavjud, yiliga 130ga yaqin toʻliq metrajli film yaratiladi (2003).

Oʻzbekiston — Fransiya munosabatlari [ править | править код ]

Asosiy maqola: Oʻzbekiston — Fransiya munosabatlari.

Fransiya OʻzRni 1992 yil 3 yanvarda tan olgan va 1992 yil 1 martdan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan.

Fransuz tili ish reja 2022

Nomzodlar 30 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lishi kerak, ular bandlik markazi yo‘llanmasi asosida bepul o‘qishi mumkin.

Foto: Kakidai / Wikimedia Commons

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Yaponiyada ishlash istagida bo‘lgan 30−50 yosh oralig‘idagi fuqarolarni yapon tili kurslariga taklif qilmoqda.

Mazkur kurslar Toshkent shahri va viloyatidagi “Ishga marhamat” monomarkazida tashkil etilgan.

Unda nomzodlar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari yo‘llanmasi asosida bepul o‘qishi mumkin.

Darslar malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi va 6 oy davom etadi.

Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan fuqarolarga N4 darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritishga ko‘maklashiladi.

O‘qishni yakunlab, yapon tilini kerakli darajada o‘zlashtirganlar Tashqi mehnat migratsiyasi tomonidan tanlov asosida Yaponiyaga ishga yuboriladi.

Xususan, ular quyidagi yo‘nalishlarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi:

  • qishloq xo‘jaligi;
  • qariyalarni parvarishlash;
  • ishlab chiqarish;
  • xizmat ko‘rsatish.

Yaponiyada sertifikat bilan ishlash

Iyul oyida Yaponiya-O‘zbekiston o‘rtasida mamlakatga 30 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mehnat migrantlari yuborilishi haqida shartnoma imzolangandi.

Buning uchun maxsus malaka sertifikati talab etilib, u ishlash maqomini va ishchi rezidentligini beruvchi muhim hujjat hisoblanadi.

Ushbu sertifikatni olish uchun fuqaro yapon tilidan A2 yoki N4 darajasi va kasb ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.

Joriy yilning mart oyiga qadar ushbu sertifikat testlarini topshirish uchun fuqaro boshqa mamlakatga borishi kerak edi.

Yaponiya hukumati bilan tuzilgan kelishuvga ko‘ra, endilikda testlar Toshkent shahrida amalga oshirilmoqda.

Fransuz tili ish reja 2022

Maktablarda to‘liq milliy o‘quv dasturiga o‘tish 2025 yilda yakunlanadi. Buning uchun metodik yondashuv o‘zgarishi va yangicha darsliklar yoza oladigan mualliflar maktabi shakllanishi kerak bo‘ladi. Bu haqda Respublika ta’lim markazi mutaxassislari ta’lim mazmunidagi o‘zgarishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Respublika ta’lim markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 22 fandan milliy o‘quv dasturlari loyihalarini yaratishga 246 nafar ekspert, shu jumladan, maktab o‘qituvchilari, metodistlar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda UNICEF va USAID tashkilotlaridan xalqaro ekspertlar jalb qilindi.

Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorov so‘zlariga ko‘ra, shu kunga qadar maktab ta’limidagi eng katta muammolar — ta’lim mazmunining eskirganligi, darsliklarning asosan nazariy bilimlarni yodlatishga qaratilganligi va akademik tilda yozilganligi edi.

«2020 yilda yaratilishi boshlangan milliy o‘quv dasturlarida XXI asr ehtiyojlaridan kelib chiqib o‘quvchilarda shakllanishi kerak bo‘lgan ko‘nikmalar belgilangan», — deya ta’kidladi u.

Misol uchun, ona tili fani orqali og‘zaki va yozma muloqot ko‘nikmalari, turli matnlarni tushunish, matematika fani orqali matematik tafakkur, mantiqiy fikrlash va muammolarga yechim topish, tabiiy fanlar orqali tadqiqotchilik va atrof-muhitni asrash, tarix fani orqali davrlarni solishtirish va tarixiy voqealarning sabab va oqibatlarini tushunish, tasviriy san’at orqali ijodiy fikrlash, informatika fani orqali raqamli kontent yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsad qilingan. Har bir fanda o‘quvchilarning kognitiv ko‘nikmalari, tanqidiy va ijodiy fikrlashi, ko‘p savodlilikni rivojlantirishga e’tibor berilgan.

Sattorovning so‘zlariga ko‘ra, milliy o‘quv dasturining oldingi dasturlardan yana bir katta farqi — chiziqli yondashuvdan spiralsimon yondashuvga o‘tilganligi. Bunda oldingi sinflarda o‘tilgan mavzular keyingi sinflarda qaytariladi va chuqurlashtiriladi.

Milliy o‘quv dasturi bo‘yicha barcha fanlar kesimida haftalik yuklama 114 soatni tashkil etadi. Shuhrat Sattorovning fikricha, o‘quvchilarning haftalik yuklamasi kattaligi ham ularning sifatli ta’lim olishiga to‘sqinlik qilayotgan omillardan biri va bosqichma-bosqich bu yuklamani kamaytirish choralari ko‘riladi. Uning misol keltirishicha, Finlyandiyada o‘quvchilar yuklamasi boshqa davlatlar bilan solishtirganda kam, lekin xalqaro tadqiqotlarda Finlyandiya o‘quvchilari yuqori natijalarni qayd etishadi.

Tanlov asosida saralab olingan 154 nafar muallif ishtirokida milliy o‘quv dasturi asosida 2021−2022 o‘quv yili uchun 1- va 2- sinflarga mo‘ljallangan jami 326 nomda darsliklar, o‘qituvchi kitoblari va mashq daftarlari yaratildi.

Milliy o‘quv dasturini maktablarga 2025 yilgacha bosqichma-bosqich joriy qilish rejalashtirilgan. Buning uchun keyingi o‘quv yiliga milliy o‘quv dasturi dasturi asosida 3, 6, 7, 10 sinflar uchun 431 nomda va undan keyin 4, 5, 8, 9, 11 sinflar uchun 582 nomda o‘quv-metodik adabiyotlar tayyorlanadi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan olib borilayotgan «O‘zbekiston — Barkamollik uchun ta’lim dasturi» loyihasi doirasida Cambridge University Press nashriyotining 5−11 sinflar uchun informatika va axborot texnologiyalari hamda 1−11 sinflar uchun ingliz tili darsliklari tanlab olindi va mahalliylashtirildi. 2022−2023 o‘quv yilidan boshlab bu darsliklar maktablarga joriy qilinadi.

Ta’lim rus tilida olib borilmaydigan maktablar uchun rus tili darsliklari Rossiyalik mutaxassislar bilan RKI (russkiy kak inostrannыy — rus tili chet tili sifatida) metodikasi asosida yaratilmoqda.

«Gazeta» muxbirining boshqa fanlardan (masalan, tabiiy va aniq fanlar) ham xorijiy darsliklarni mahalliylashtirib, joriy etish rejalari mavjudligi haqidagi savoliga javob berar ekan, Shuhrat Sattorov Fransiya va Germaniyadagi yetakchi nashriyotchilarning fransuz va nemis tili darsliklarini mahalliylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini, shu bilan birga, mahalliy mualliflar maktabini shakllantirish ustivor vazifa ekanligini qayd etdi.

Shuhrat Sattorovning so‘zlariga ko‘ra, bizda ham, boshqa davlatlarda bo‘lgani kabi, darsliklarning vazirlik tomonidan emas, nashriyotlar tomonidan yaratilishiga o‘tishimiz uchun mualliflar maktabi shakllanishi kerak. Kelgusida darsliklarning vazirlik emas, nashriyotlar tomonidan tayyorlanishiga erishiladi.

Sattorovning so‘zlariga ko‘ra, ta’lim sifati yangi bosqichga ko‘tarilishi uchun o‘qituvchilarni akademik mustaqilligiga ham erishish kerak, ya’ni o‘qituvchi faqat bitta darslikka bog‘lanib qolmasdan, ta’lim standartlari asosida dars jarayonini tashkil qila olishi va darsi uchun kerakli ishlanmalarni yarata olishi kerak.
2-sinflar uchun tayyorlangan «Ona tili va o‘qish savodxonligi» darsligining murakkab ekanligi bo‘yicha shikoyatlar haqidagi savolga izoh berar ekan, Shuhrat Sattorov bu darsliklar chop qilinishidan oldin tajriba-sinovdan o‘tganligini va faqat grammatik qoidalarni yodlatishga qaratilgan oldingi darsliklardan yondashuvi farq qilishini ta’kidladi.

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘zgartirishlar kiritilsa, amaldagi alifboda chop qilingan darsliklar taqdiri nima bo‘lishi haqidagi savolga javob berar ekan, Xalq ta’limi vazirligi mas’ul xodimi Uchqun Xamutov alifboga o‘zgartirish kiritilsa, maktablardagi 130 million nusxa darslik o‘zgarishi kerak bo‘lishini, buning uchun 1,7 — 1,8 trln so‘m mablag‘ talab qilinishini qayd etdi.

Bundan oldin «Gazeta» milliy o‘quv dasturi va yangi darsliklarning joriy qilinishi hamda bu jarayondagi qiyinchiliklar haqida Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorovning intervyusini e’lon qilgandi.

«Газета» 10 454

  • # maktablar
  • # milliy o‘quv dasturi
  • # respublika ta’lim markazi

Yangi va eng yangi davr falsafasi (referat)

G‘arb falsafasida yangi zamondan boshlab sifat jihatidan bir biridan farq qiladigan ikkita davr: klassik (yangi davr falsafasi) va postklassik (hozirgi zamon falsafasi) farq qilinadigan bo‘ldi. Bu davrlar falsafiy ta’limotlari o‘zlarining kelib chiqishi bo‘yicha yagona asosga ega bo‘lgani va o‘zaro bog‘liq tarzda rivojlangani holda, maqsadi va ideallari, falsafiy tafakkur tarzi bo‘yicha jiddiy kelishmovchiliklarga ega. Klassik falsafaning xronologik chegaralari XVII – XIX asrning birinchi uchligidan iborat.U Bekondan boshlanib, Gegel bilan yakunlandi va uning muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  1. Prinsipial, qat’iy ratsionalizm. Aynan ana shu xususiyati bilan antik davr kosmotsentrizmi, o‘rta asr teotsentrizmi, uyg‘onish davri antropotsentrizmidan farq qiladi. Fikrlovchi individ, uning aqlining muqaddaslashtirilishi, borliqning etaloniga aylantirilishi klassik ratsionalizmning mohiyatini tashkil etadi.
  2. Epistemologik optimizm, insonning bilish qobiliyatiga nisbatan cheksiz ishonch. Bilib bo‘lmaydigan narsalar yo‘q, hatto xudoni ham bilish mumkin, haqiqatga to‘la hajmda erishsa bo‘ladi, degan fikr ana shu optimizmning asosida yotadi.
  3. Progress g‘oyasining asoslanishi. Bu g‘oyaga muvofiq aql-zakovatga ega inson ijtimoiy hayotni o‘z maqsadlarini tashkillashtirish va shu asosda baxt-saodatga erishishga qodir. Tarix insonparvarlik, adolat, erkinlik sari harakatlanadi; bu ayniqsa XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlari ijodida yaqqol ifodalangan.
  4. O‘z-o‘zini anglash g‘oyasining ilgari surilishi. Bu g‘oyaga muvofiq, inson aql kuchi ila o‘z mohiyatini, borliqda tutgan o‘rnini tushunib yetadi, (nemis mumtoz falsafasida bu markaziy falsafiy masalalardan biri sifatida tahlil etiladi).

Gollandiyada (1566-I609) va Angliyada (I640-I688) bo‘lib o‘tgan ilk burjua revolyusiyalari, ularning G‘arbiy yevropa mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy jihatdan taraqqiy etishiga ko‘rsatgan ta’siri yangi davrning muhim voqealari hisoblanadi. Shuni aytish kerakki, yirik mashinali ishlab chiqarish fan va texnikaning taraqqiy etishini taqazo qilardi. London va Parijda fanlar akademiyasining tashkil qilinishi, tabiyotshunoslik va matematikaning tez sur’atlar bilan rivojlana borishi, mukammal soatlar va tegirmonlarning yaratilishi va shu kabilar davr amaliy ehtiyojini qondirishga qaratilgan javob bo‘ldi. Tabiyotshunoslik bilan uzviy aloqada, o‘rta asr sxolastikasiga qarshi keskin kurash jarayonida yangi davr falsafasi shakllandi. Bu falsafa mexanistik va metafizik xarakterga ega ekanligi bilan ajralib turadi, o‘zida davr bilishi xususiyatlarini ifoda qiladi. Kepler va Galileyning kashfiyotlari, Nyuton tomonidan mexanikaning asosiy qonunlari va prinsiplarining yaratilgani, mexanikaning nazariy fan sifatida to‘liq shakllanishiga, mexanitsizmning esa, ilmiy bilish va falsafada hukmron dunyoqarash va metodologiyaga aylanishiga olib keldi.Tabiat hodisalarini tushuntirishda mexanika qonunlarning mutloqlashtirilishi, tarixiy yondashishning yo‘qligi eksperimentlar qo‘yish, faktlar to‘plash bilan ovora bo‘lib, predmetlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni e’tibordan chetda qoldirishga, o‘z navbatida, tabiyotshunoslik va falsafada metafizik fikr yuritish usulining shakllanishiga va uning keng qo‘llanilishiga sabab bo‘ldi. Ilk burjua revolyusiyalari davrida qator yangi ilm sohalarining vujudga kelganligini, ilmiy va falsafiy tadqiqotlarning bir-biridan aniqroq chegaralana borganligini, falsafada bilish metodi masalasining keng muhokama qilinganini alohida ta’kidlash zarur.

1.XVI asr oxiri va XVII asrda G‘arbiy yevropada falsafiy fikrning rivojlanishi.

XVI asr oxiri va XVII asrda G‘arb falsafasi sifat jihatidan bir biridan farq qiladigan ikkita davr: klassik (yangi davr falsafasi) va postklassik (hozirgi zamon falsafasi) farq qilinadigan bo‘ldi. Bu davrlar falsafiy ta’limotlari o‘zlarining kelib chiqishi bo‘yicha yagona asosga ega bo‘lgani va o‘zaro bog‘liq tarzda rivojlangani holda, maqsadi va ideallari, falsafiy tafakkur tarzi bo‘yicha jiddiy kelishmovchiliklarga ega. Klassik falsafaning xronologik chegaralari XVII – XIX asrning birinchi uchligidan iborat. U Bekondan boshlanib, Gegel bilan yakunlandi.

Ushbu davr buyuk faylasuflaridan biri bu – F.Bekon (I56I-I626)dir. Yangi davr fani va falsafasining asoschisi. Uning dunyoqarashida Angliyada burjua revolyusiyasi arafasida vujudga kelgan vaziyat, xususan dastlabki kapital jamg‘arish bilan bog‘liq bo‘lgan voqealar, shakllanib kelayotgan yangi ijtimoiy tabaqalarning intilishlari, ularning tabiatni ilmiy asosda bilishdan manfaatdorligi o‘z ifodasini topgan.U sxolastik falsafani chin bilim olish yo‘lidagi g‘ov deb hisoblab, uni keskin tinqid qiladi va fanni isloh qilish lozimligini asoslaydi. Aristotel “Organon”i (mantiqiy asarlar to‘plami) ga qarshi o‘z asarini “Yangi Organon” deb atab, unda yangi sharoitda fanning asosiy vazifalari va metodi masalasini muhokama qiladi. “Bilim-kuch” degan shiorni maydonga tashladi. Uning fikricha, ilmiy bilishning bosh vazifasi – tabiatda sodir bo‘layotgan hodisalarning sabablarini aniqlash va shu asosda kishilar hayotini yaxshilashdir.Bekonning fanni isloh qilish shartlari hahidagi fikrlariga alohida e’tibor berish lozim. Uningcha, fan tajribaga asoslanishi zarur. Bilish jarayoni konkret hodisalarni o‘rganishga, faktlarni to‘plashdan ularni umumlashtirishgacha bo‘lgan yo‘lni bosishi kerak. Shuning uchun ham ilmiy bilishning asosiy mantiqiy usuli induksiya, induktiv metoddir. Shu tariqa Bekon o‘zining induktiv mantiq sistemasini yaratdi. Lekin, shuni ham ta’kidlash kerakki, ingliz faylasufi bilishda deduksiyaning rolini inkor qilgan emas. Xususan, u faktlarga urg‘u berib, ularni yig‘ish bilan ovora bo‘lgan sof empiriklarni kerakmi yoki keraksizmi ekanligini o‘ylab o‘tirmay, barcha narsalarni uyasiga tashiydigan chumolilarga o‘xshatadi.

XVI asr fransuz falsafasi va fanining boshqa bir yorqin vakili – R.Dekart (I596-I650). Uning fikricha, falsafa barcha mavjud bilimlarni o‘zida mujassamlantirib, yaxlit sistema holida mavjud. Bu sistemani u daraxtga qiyos qilib, uning ildizini – metafizika, tanasini – fizika, shoxlarini esa – boshqa barcha fanlar (ular oxir-oqibatda meditsina, mexanika va etikaga borib taqaladi) tashkil qiladi, deydi. Dekart falsafasining asosiy belgisi – jon va tana dualizmidir. Olim fikricha, bir-biridai mustaqil holda 2 ta asos: moddiy (xajm, materiya) va moddiy bo‘lmagan (tafakkur) substansiyalar mavjud bo‘lib, ularning o‘zaro ta’siri inson tabiatini belgilaydi. Dekart fizikasining (tabiat haqidagi ta’limotining) Yangi davr falsafasining taraqqiy etishdagi rolini alohida qayd etish zarur. U fizika, kosmologiya, matematika, masalalarini faqat faylasuf sifatida emas, tabiyotshunos olim sifatida ham tadqiq qilgan.Materiya, Dekart fikricha, bir jinsli bo‘lib, o‘z chegarasiga ega emas; u bo‘shliqda mavjud emas, cheksiz bo‘liniishi mumkin. Harakatni u mexanistik tarzda tushungan, ya’ni jismlarning bir-biriga bergan turtkisi natijasida hosil bo‘ladi, deb hisoblagan. Harakatning oxirgi sababini xudodan qidirgan. Bilish nazariyasida Dekart ratsionalist bo‘lgan, ya’ni aqlni bilishning asosiy vositasi deb hisoblagan. Uning fikricha. Sezgilarimiz va fikr yuritishimizdagi ayrim xatolar mavjud bilimlarga shubha bilan qarashni taqoza qiladi. Bu fikri uchun Dekartni skeptitsizm yoki agnostitsizmda ayblash xato bo‘ladi, albatta. Dekart, Bekon singari, shubhalanishni aniq va chin bilim olishga xizmat qiladigan usul deb hisoblaydi. U quyidagicha mulohaza yuritadi: “Men shubhalanayapman, demak, men fikr yuritayapman”, “Men fikr yuritayotgan ekanman, demak, men mavjudman”. Dekart ilgari surgan bu tezislar, ayniqsa ikkinchisi, uning falsafiy pozitsiyasini tushunish uchun muhimdir. Uning fikricha, inson fikr yuritish orqali o‘zining borlig‘iga ishonadi. Dekart ratsional metodi bilish oldiga bir qancha talablarni qo‘yadi. O‘zining “Metod to‘grisidagi mulohazalar” asarida u quyidagilarni ko‘rsatib o‘tadi:

  • aniq va ravshan bo‘lgan bilimlarnigina chin bilim deb hisoblash;
  • har bir murakkab muammoni qismlarga bo‘lib o‘rganish;
  • ma’lum bo‘lgan va isbotlangan narsalardan noma’lum narsalarga qarab borish;
  • hech bir bo‘g‘inni qoldirmagan holda, muammoni izchil mantiqiy asosda o‘rganish.

Dekart falsafiy dunyoqarashiga umumiy baho berib, uning dualistik xarakterga ega ekanligini hamda falsafiy fikrning keyingi taraqqiyotiga katta ta’sir o‘tkazganligini aytish lozim.

Ingliz faylasufi Gobbs (1588-1679) Angliyada burjua revolyusiyasi amalga oshirilib, burjuaziya siyosiy jihatdan mustahkam pozitsiyaga ega bo‘lgan davrda yashagan. Burjuaziya bilan yaqinlashib olgan aristokratiya ham mamlakatning ma’naviy hayotida sezilarli rol o‘ynardi. Gobbsning qarashlarida shu davrdagi mamlakatda sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, burjua davlati va tartiblarini mustahkamlashga bo‘lgan urinishlar o‘z ifodasini topgan.Gobbsning asosiy asarlari: “Fuqaro haqidagi ta’limotning falsafiy elementlari”, “Leviafan”. Gobbs Bekon falsafasini sistemaga solgan mutafakkirdir. Uning ta’limotiga ko‘ra, olam moddiy predmetlar yig‘indisidan iborat. Moddiy bo‘lmagan substansiya yo‘q, barcha harakat va o‘zgarishlarining asosi materiyada. Harakat tashqi turtki natijasida hosil bo‘lali.Gobbs bilishning asosini tajribada deb biladi. Bilish g‘oyalar yordamida amalga oshiriladi. Dekartdan farqli o‘laroq, Gobbs goyalarni tug‘ma emas, balki predmet va hodisalarning ongimizda bevosita aks etishidan iborat deb biladi, ya’ni sensualizm ruhida talqin qiladi. Uning fikricha, faqat g‘oyalarning emas, balki butun bilishimizniig manbaini tashqi sezgilar tashkil qiladi. Predmetlar ta’siri natijasida ongimizda boshlangich g‘oyalar hosil bo‘ladi. Ular, o‘z navbatida, aql tomonidan qayta ishlanib (taqqoslash, qo‘shish, ayirish usullari yordamida), predmetlar haqida bilim hosil qilinadi.Gobbs bilish nazariyasida nominalizm pozitsiyasida turadi. Uningcha, g‘oyalar ayrim faktlarni ifoda qiladi. Umumiy xususiyatlar va aloqalar til orqali aks ettiriladi, ular ob’ektiv xarakterga ega emas. Gobbs falsafasida uning davlat va huquq haqidagi ta’limotining ustun turishiga e’tibor berish ham lozim. “Leviafan” asarida u jamiyat taraqqiyotida 2 ta holatni: tabiiy va fuqarolik holatini farq qiladi. Kishilar dastlab tabiiy holatda yashaganlar va tabiatning o‘z-o‘zini saqlash qonuni asosida hayot kechirganlar. Ular kuch ishlatib, zo‘ravonlik qilib, barcha narsalarni bosib olish xuquqiga ega edilar. Buning natijasida, Gobbs fikricha, odamlar bir-birlari bilan to‘qnasha boshlaydi, hammaning hammaga qarshi urushi holati vujudga keladi. Kishilar tinchlikni istab, o‘zaro kelishishiga, shartnomalar tuzishga, o‘zlarining ba’zi xuquqlaridan voz kechib, shaxsiy irodasini bitta kishi yoki bir guruh kishilar ixtiyoriga berishga majbur bo‘ladilar. Shu tariqa, Gobbs ta’limoticha, davlat va huquq vujudga keladi va jamiyatning fuqarolik holatiga o‘tiladi. Uning fikricha, davlatning zng maqbul va mukammal shakli absolyut monarxiyadir. Din va cherkov, ilmiy va axloqiy qarashlar – barchasi davlat hokimiyatining ixtiyoriga bo‘ysungan bo‘lishi lozim.Gobbsning jamiyat haqidagi qarashlari, ayniqsa davlatni, uning kelib chiqishini tabiiy asosda tushuntirishi shu davr uchun progressiv hodisa edi. Gobbsning ijtimoiy-siyosiy va psixologik qarashlari fan va falsafaning keyingi taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Jon Lokk (I632-I704) ning hayoti va ijodiy faoliyati Angliyada ikkinchi burjua revolyusiyasi va undan keyingi davrda kechgan. Bu revolyusiya ingliz burjuaziyasi va yangi dvoryanlarning siyosiy kelishuvi bilan tugab, uning natijasida feodalizm qoldiqlarini tugatish, kapitalizmni taraqqiy ettirish uchun qulay sharoit vujudga kelgan edi. Lokk liberal burjuaziyaning ideologi bo‘lib, o‘zining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida Angliyada revolyusiyadan keyin o‘rnatilgan konstitutsion davlat tuzumini yoqlab chikdi. U XVII asrda keng tarqalgan “tabiiy xuquh” nazariyasini rivojlantirdi. Uning ta’limotiga ko‘ra, tabiiy holatdan grajdanlikka o‘tishga va davlatning vujudga kelishiga sabab, tabiiy holatdagi huquqning mukammal emasligidir. Davlat kishilarning o‘zaro kelishuviga muvofiq vujudga kelgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi – inson erkinligi va mulkchilikni himoya qilishdan iborat.Asosiy falsafiy asari “Inson aqli to‘grisida tajriba” bo‘lib, unda Lokk Bekon va Gobbsning bilish haqida ilgari surgan prinsiplarini rivojlantiradi, bilimlar va g‘oyalarning tajribadan kelib chiqishini asoslaydi. Bilish nazariyasida u sensualistik pozitsiyada turadi.Lokk tajribaning 2 ta turini: ichki va tashqi tajribaning mavjudligini aytadi. Tashqi tajriba predmet va hodisalarning inson sezgi organlariga ta’sir qilishidan iborat bo‘lib, uning natijasida sezgi g‘oyalari hosil bo‘ladi. Bu g‘oyalar aql tomonidan qayta ishlanib, murakkab g‘oyalar, tushunchalar hosil bo‘ladi (masalan, go‘zallik, do‘st, butun olam g‘oyalari va shu kabilar). Ichki tajriba (refleksiya) insonning ichki dunyosini, ruhiy kechinmalarini bilishga qaratilgan. Bu tajribani talqin qilishda Lokk insonning tashqi olam bilan bo‘lgan o‘zaro ta’sirini hisobga olmaydi.Tashqi tajriba asosida sezgi g‘oyalari orqali inson predmetlarning sifatini biladi. Ularni Lokk birlamchi va ikkilamchi sifatlarga bo‘ladi. Birlamchi sifatlar (fazo, zichlik, harakat, son, figura kabilar) sezgilarimizda qanday bo‘lsa, predmetlarda ham shunday, ya’ni ular predmetlarning real xususiyatlaridir. Ikkilamchi sifatlar esa (rang, tovush, ta’m va shu kabilar) predmetlarga xos emas, ular sub’ektiv xarakterga ega.Lokk metafizik metodni yaratishda sezilarli rol o‘ynagan. Bekon bilan birgalikda bu metodni tabiyotshunoslikdan falsafa sohasiga olib o‘tgan.

Bulardan tashqari ushbu davrda Jon Toland (I670-I722), Spinoza. (I632-I677), Leybnits (I646-I7I6), Jorj Berkli (1685-1753) va David Yum (1711-1776) kabi buyuk faylasuflar o’z faoliyatlarini olib borganlar.

2.Fransuz ma’rifatparvarlari va ularning ta’limotlari.

Yangi davr falsafiy fikrining muhim yo‘nalishlaridan birini ma’rifatchilik falsafasi tashkil etadi. U G‘arbiy yevropaning ilg‘or mamlakatlarida, xususan Fransiya, Angliya, Germaniyada shakllandi va rivojlandi.Fransuz ma’rifatparvarlarining dunyoqarashi asosan XVII asr fransuz materializmiga asoslangan, jamiyatni tubdan qayta qurish uchun bo‘lgan intilishlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi ijtimoiy qarashlar majmuasidan iborat bo‘lgan falsafiy ta’limotdir.O‘sha paytda yevropa ijtimoiy muhitida keskin burilishlar davri boshlangan edi. Bu bir tomondan, xristian katolik cherkovining jamiyat ustidan hukmronligini yo‘qotgan; ikkinchi tomondan esa, xristian cherkovi mafkurasining o‘rnini egallashi kerak bo‘lgan, ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan izchil ta’limotning shakllanib yetilmagan davriga to‘g‘ri keladi. Jamiyatning ilg‘or ziyolilari oldida jamiyatni qanday qilib aqlga muvofiq tarzda qayta ko‘rsa bo‘ladi?, degan savol ko‘ndalang turgan edi. Bunga ular jamiyatning barcha a’zolarini dunyoviy fanlarni o‘qitish orqali erishish mumkin, degan javob berishdilar. Ma’rifatparvarlar fikricha, qurilishi zarur bo‘lgan jamiyat: 1) dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan borishi kerak; 2) davlat ko‘pchilik fuqarolarning xohish-irodasini qonunlashtirib, uni amalga oshiruvchi siyosiy tashkilot bo‘lishi kerak; 3) davlatni dindan, maktabni cherkovdan ajratish prinsiplariga amal qilinishi kerak; 4) jamiyatning bosh tamoyili gumanizm g‘oyalariga mos kelishi kerak edi.Ularning falsafiy ta’limoti bo‘yicha inson – tabiatning bir bo‘lagi. Tabiat o‘z-holicha yashaydi, ya’ni uni hyech kim yaratmagan va uni hyech qanday qudrat yo‘q qila olmaydi.Materiya – tabiatning qurilish materialidir. Tabiatda uning ichki qonuniyati hukmronlik qiladi. Tabiat mexaniq harakat qonunlariga muvofiq harakat qiladi va rivojlanadi. Inson tabiatning mahsuli bo‘la turib, moddiy bo‘lmagan ruh bilan materiyani o‘zida jo qilishi mumkin emas. U to‘la moddiy va tabiat qonunlariga muvofiq harakat qiladi va faoliyat ko‘rsatadi. Insonda moddiy xususiyatlarga hos his qilish qobiliyati mavjud bo‘lib, u tabiatning qolgan qismi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishini, hayotda o‘z o‘rnini topishini ta’minlaydi. Aql xissiyot bilan aynanlashtiriladi (Gelvetsiy) yoki umumiy his qilish jarayoni (Didro) sifatida namoyon bo‘ladi, deb ta’kidlanadi.Inson o‘zi erishgan yutuqlarni saqlab qolish uchun azob-uqubatdan qochishi, lazzat va roxatga intilishi zarur– bu tabiatning umumiy qonuniyatidir, deyiladi.Xristian mafkurasida ta’lim berilganidek inson tabiatan yomon yoki yaxshi bo‘lib tug‘ilmaydi. Insondagi barcha yaxshi yoki yomon xislatlar ijtimoiy muhit ta’siri ostida va bevosita tarbiyaning natijasi ularoq shakllanadi, deb qayd qilinadi. Ularning mafkurasiga muvofiq to‘g‘pi tarbiya topgan kishi a) ma’rifatli, b) me’yor darajasida xudbin bo‘lishi kerak. Unday kishilarda «Yashashni bil, o‘zgalarga ham yashashga imkon ber» tamoyil amal qiladi.Demak, bu tamoyillarga amal qilgan holda, barcha xalqlar va elatlar, ijtimoiy tabaqalar, qatlamlar, umuman barcha fuqarolarning xuquqiy tengligini ta’minlaydigan tuzum barpo qilishga intilib yashash kerak. Ana shunday jamiyatgina har bir fuqaro uchun kam miqdordagi azob uqubat va kerakli darajadagi poxat-farog‘atda yashashni ta’minlashi mumkin. Kishini yaxshi yoki yomon odam qilib tarbiyalash mumkin, deb hisoblaydi Gelvetsiy. Yana bir ma’rifatparvar D.Didro (1713-1784) esa kishida tug‘ma ravishda boshqalarga yordamga intilish mavjud bo‘ladi, o‘z navbatida, bu intilish pirovardida o‘ziga foyda olib keladi, deb hisoblaydi. Didro ta’limoti bo‘yicha, inson tabiatan yaxshi bo‘lib tug‘iladi. Tarbiya faqat yaxshi bo‘lishga tabiiy moyillik prinsipini jamiyat uchun yaxshi odam qilib shakllantirishi mumkin.Fransuz ma’rifatparvarlarining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlari XIX, XX asrda dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tanlagan qator mamlakatlar uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. Fransuz ma’rifatarvarlarining o‘lmas ta’limoti dunyoning gumanizm va dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan borib, demokratik tuzumning g‘alaba qilishida g‘oyaviy-nazariy asos bo‘lib xizmat qildi. Bu ma’rifatparvarlarning falsafiy-ijtimoiy qarashlari asosida Butun jahon inson huquqlari deklaratsiyasi BMTda (1948) qabul qilindi. Ezgulikka yo‘g‘pilgan ma’rifat – ijtimoiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi, adolatli, erkin, farovon hayotni ta’minlab beruvchi kuch ekanligi va yer yuzida, Zardusht bashorat qilganidek, ezgulikning qabohat ustidan g‘alaba qozonishini ta’minlab bera oladigan yagona ilinj ekanligini insoniyatga sistemali bayon qilib bergan kishilar fransuz ma’rifatparvarlar edilar.

3.XVI-XX asr boshlarigacha O‘rta Osiyoda ijtimoiy-axloqiy, falsafiy qarashlar.

Odatda, sharq uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichi sifatida qayd qilinadigan Temur va temuriylar davri ham mamlakatimiz va mintaqamiz tarixiy taraqqiyotida juda katta iz qoldirgan, insoniyat takdirida burilish yasagan ijtimoiy-siyosiy hodisalarga boy davr hisoblanadi. Ana shu buyuk siymolar zamoni ham Bahovuddin Naqshband, Xo‘ja Ahror Vali, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Kushchi kabi yuzlab olimu fuzalolarni yetkazib bergan edi.

XVI asrdan boshlab O‘rta Osiyoda Xiva xonligi, Buxoro amirligi va keyinchalik – XVIII asrning oxirlaridan boshlab – Qo‘qon xonliklari tashkil topdi. Dunyoning boshqa mintaqalari bilan savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarning sustlashuvi, ortodoksal islomning jamiyatda to‘la hukmpon mafkuraga aylantirilishi, feodal tarqoqlik va ichki nizolarning avj olishi va boshqa sabablar tufayli mintaqa davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy soxalarda tanazzulga yuz tuta boshladi. Bu inqirozning boshqa sabablaridan biri sifatida jahon miqyosida sodir bo‘lgan katta o‘zgarishlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Xususan, jahon mintaqalari orasida savdo yo‘llarida tuya karvonlari o‘pniga dengiz(okean) kemalari kelib, ular hal qiluvchi ahmiyat kasb eta boshladi. Oqibatda Buyuk ipak yo‘li ustida joylashgan shaharlar, mamlakatlar endilikda juda katta foyda manbasidan ajrala boshladi. Undan tashqari, O‘rta Osiyo jahon mintaqalarida kechayotgan yangiliklar, kashfiyotlar, ma’naviy-madaniy munosabatlarda tobora qoloqlikka yuz tuta boshladi.Ijtimoiy-iqtisodiy tanazzul siyosiy tanglikni, ma’naviyatda turgunlikni keltirib chiqaradi. Bunday holat esa muqarrar ravishda kishilar o‘ptasidagi axloqiy munosabatlarning buzilishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Ana shunday sharoitda jamiyatning barcha sohalarini nazorat qiladigan, jamiyatdagi inqirozning yanada chuqurlashib ketishining oldini oladigan kuchli hukmron mafkuraga ko‘ppoq ehtiyoj sezila boshladi. Ana shunday hukmpon mavqyeni egallay olishi mumkin bo‘lgan dunyoqarash mavjud islom mafkurasi edi. Buxoro, Xiva madrasalarida XVI asrdan boshlab temuriylar davrida an’anaga aylangan dunyoviy fanlarni o‘qitishga chek qo‘yildi. Endilikda, davlat shariat qonun-qoidalari asosidagina jamiyat oldidagi o‘z vazifasini uddalashga yo‘nalish ola boshladi.Bu hol muqarrar tarzda o‘sha davr ijtimoiy fikrlariga, adabiyot, san’at va ma’naviyatning turli sohalariga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmasdi. Qariyb to‘rt yuz yillik turg‘unlik o‘sha davr falsafiy tafakkurida aks etgan edi. Faqatgina XVIII asr oxirlariga kelib xonliklar va amirlik markazlarida badiiy hamda tarixiy vokelikni aks ettiradigan tarixiy-adabiy muhit shakllana boshladi.

Muhammad Sharif al-Buxoriy (1697 yilda Buxoroda vafot etgan). Bizgacha uning 20 ta asari yetib kelgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligini falsafiy masalalar, xususan mantiq, kalom, ahloq-odob masalalariga bag‘ishlangan. “Xoshiya–i mavlaviy sharif bir sharhi taqzib” (“Mantiq va kalomning tuzatilishi”) asarida mantiqan to‘g‘ri fikrlash shakllari, qonun-qoidalari, argumentlash tartibi va usullarini o‘rganish, kalom mohiyatini tushunib yetish zarurligi asosli ravishda bayon qilinadi.Muallifning ahloq-odob masalalariga bag‘ishlangan “Kitobi favondi hoqoniy” asarida muhim ahloqiy fazilatlarning mazmun-mohiyati tushuntiriladi. Xususan, unda podshohlik qilish uchun zarur hislatlar qatoriga shariat ko‘rsatmalarini yaxshi bilish, davlat hududini bosqinchilardan asrash, adolatli, oqil, nutq va eshitish qobiliyatiga ega bo‘lish va shu kabilar kiritiladi [1] .

Boborahim Mashrab (1653-1711) o‘zining badiiy merosida o‘sha vaqtda Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida tarqalgan tasavvufning qalandarlik oqimiga e’tiqod qiladi. U jamiyatdagi adolatsizliklarni qoralaydi, kishilarni halol, pok, mehr-shafqatli, sabr-qanoatli bo‘lishga chaqiradi. Iymon, e’tiqodning yuksak ma’naviy qadriyat ekanligini asoslashga urinadi. Xususan, she’rlaridan birida Alloh visoliga intilib yashashni kapalakning shamga intilishiga qiyos qilib, ilohiy haqiqatni anglashning qanchalik muhim ekanligini tushuntiradi [2] .

So‘fi Olloyor (XVIII asrning oxirlarida Samarqandda tug‘ilgan deb taxmin qilinadi, vafot etgan yili ham aniq emas). Fors va o‘zbek tillarida she’rlar yozgan. Asarlari islom dini, tasavvuf falsafasining g‘oyalarini tushuntirishga, izohlashga bag‘ishlangan. Xususan, ularda bu dunyoning azob-uqubatlarga to‘la ekanligi, ularga ko‘nikish, sabr-toqatli bo‘lish kerakligi to‘g‘risida fikrlar aks etgan.Shoirning “Maslak ul-mutaqii“ (“Taqvolilar maslagi”) asari diniy amallarni bajarish qoidalariga bag‘ishlangan. Unda Allohning fazilatlari, avliyolarning karomatlari, namoz o‘qish, ro‘za tutish, tug‘ilish va o‘lim bilan bog‘liq marosimlarni o‘tkazish va boshqa amallar to‘g‘risida chuqur fikr-mulohazalar bildirilgan. [3] So‘fi Olloyor asarlaridan o‘z davrida madrasalarda ta’lim jarayonida keng foydalanilgan.Xiva shahrida Abulg‘ozi Bahodirxon tomonidan asos solingan tarixchilik maktabi (XVII asr) XIX asr boshlarida Munis Xorazmiy, keyinchalik Ogahiy, Komil Xorazmiy va Bayoniylar davom ettirgan Xiva adabiy -tarixiy muhiti davrida biroz jonlandi.Shu o‘rinda aytish kerakki, Xorazm (Xiva)da shakllangan adabiy-tarixiy muhitning o‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti va umuman turkiy tilning mustaqil adabiy til sifatida shakllanishidagi ahamiyati adabiyotimizda ham o‘zining munosib bahosini topa olgan emas. Buxoroda yaratilgan tarixiy asarlar (masalan, Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” asari yoki Qo‘qonda “Tarixi Farg‘ona” va boshqa asarlar) asosan fors tilida ijod qilingan. Qukon adabiy muhitida turkiy va forsiy til teng darajada ardoqlangan bo‘lsa, Buxorodagi adabiy muhitda deyarli forsiy tilda ijod qilinardi.Xorazm (Xiva)da shakllangan adabiy-tarixiy muhit faqat turkiy (o‘zbek) tilidaga ijod natijasi bo‘lib, u o‘zbek tilining hukmronlik mavqyeini yaratgan edi. Undan tashqari, Xiva tarixiy-adabiy muhitida Munis, Ogahiy, Feruz, Komil, Bayoniy, Chokar va boshqa ko‘pgina iqtidorli shoirlar, tarixchilar Xorazm tarixining uzoq o‘tmishidan to o‘z davrlarigacha bo‘lgan voqea va hodisalarini aks ettirgan ko‘p tomlik asarlarini turkiy (o‘zbek) tilda yozdilar. Ular bu bilan cheklanmasdan, Mirxondning “Ravzat us-Safo”, Firdavsiyning “Shohnoma”, Sa’diyning “Guliston” kabi sharqda juda mashxur bo‘lgan yuzlab asarlarini arab va fors tilidan o‘zbek tiliga o‘girganlar.

Xiva tarixiy-adabiy muhitida XIX asrning yetmishinchi yillarida Erondan uskunalar sotib olib kelinib, Xiva shahrida O‘rta Osiyoda birinchi kitob nashriyotiga asos solindi. Unda ilk nashrdan chiqqan kitob Alisher Navoiyning “Hamsa” asaridir.Xullas, XVI-XIX asrlarda Turkistonda ijtimoiy-axloqiy, diniy, ilmiy, badiiy va falsafiy fikrlar o‘z davri hukmron mafkurasi ta’sirining o‘ta kuchli bo‘lganligi bilan tarixiy rivojlanishning boshqa davrlaridan keskin farq qilib turadi.

O‘rta Osiyo ma’rifatchilik falsafasi. Ma’lumki, O‘rta Osiyo 1853 yildan 1882 yilgacha bo‘lgan davrda Chor Rossiyasi tomonidan bosib olindi. Albatta, mustamlakachilik siyosati xalqimiz boshiga son-sanoqsiz kulfatlar olib kelganini hyech kim inkor eta olmaydi. Oq podsho hukumati o‘lkamizda dunyoviy fanlarni o‘qitadigan maktablar ochib, xalqimizni dunyoviy madaniyat bilan tanishtirishga shoshilmas edilar. Ular o‘lkada o‘rta asrga xos ijtimoiy munosabatlar saqlanib qolishidan ko‘proq manfaatdor bo‘lganlar. Axir, xalqni ma’rifatli qilish bilan bir paytda mustamlakachilik siyosatini davom ettirib bo‘lmasligini aniq bilardilar.XIX asrning 80-yillarida Ismoil Gaspirali (Gasprin-skiy) tomonidan jadidlar harakatiga asos solindi. U Rossiya imperiyasidagi musulmon turkiy xalqlar eski uslubda o‘qitiladigan maktab-madrasa tizimidan voz kechib, yangi (jadid) uslubda (Ovro‘pocha) o‘qitish sistemasiga o‘tish orqali dunyoviy ma’rifatga erishishi mumkin, deb chikdi.Aslida bu g‘oya o‘rta asr sharqida keng tarqalgan bo‘lib unda asosan mamlakat hukmdorlarini ma’rifatli qilish orqali yurtda osoyishtalik, adolatli jamiyatni o‘rnatish mumkin deb hisoblaganlar. Masalan, Alisher Navoiy ma’rifatli shoh Iskandar obrazini yaratib, temuriy shahzodalarni shu ruhda tarbiyalab adolatli jamiyatni qurishni orzu qilgan edi.XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlari esa adolatli za-monga barcha fuqarolarni dunyoviy ilmlar bilan ma’rifatli qilish orqali erishish mumkin deb chiqdilar. Ular ma’rifatli shaxs deganda, birinchi navbatda dunyoviy ilmlar bilan qurollangan tafakkurga ega bo‘lish kerakligini e’tiborga olganlar. Ikkinchidan, unday shaxsning o‘z davri ijtimoiy muhiti talablari asosida shakllangan axloq normalariga to‘la rioya qilishini nazarda tutganlar. Uchinchidan esa, ma’rifatli kishi albatta gumanizm ruhida (ya’ni ezgulik ruhida) tarbiya topgan bo‘lishi kerak deb tushunganlar.Bunday qarashlar XVIII asr oxirlari – XIX asrning birinchi yarmida Rossiyada ham keng tarqaldi. Ismoil G‘aspirali hukmdorlarning Rossiya musulmon-turkiy qavmlarni maxsus asoratda saqlash orqali mustamlakachilik siyosatini uzoq davom ettirishga urinayotganligini payqar edi. Bu mustamlakachilik asoratidan qutulib chiqishning yagona yo‘lini jadidchilar xalqni ovro‘pocha jadid uslubida o‘qitib, ma’rifatli qilishda deb hisoblar edi.Ismoil G‘aspirali jadidlar harakatidan ikki maqsadni ko‘zlar edi. Birinchidan, musulmon-turkiy qavmlarni ma’rifatli qilish yo‘li bilan mustamlaka asoratidan qutulishni orzu qilsa, ikkinchidan, Rossiya saltanatidagi barcha turkiy qavmlarni yagona tarixiy birlik (millat) sifatida birlashtirmoqchi bo‘lgan edi. Ana shu maqsadda 1886 yildan boshlab chop etila boshlagan «Tarjumon» gazetasi musulmon-turk qavmlari orasida juda katta e’tibor topgan edi. Gazeta orada katta-katta tanaffuslar bilan bo‘lsada, to 1914 yilgacha nashr etilib turgan edi.Jadidlar harakatidan oldin O‘rta Osiyoda ham ilmma’rifatni targ‘ib qiluvchi shoirlar, ziyolilar mavjud edi. (Masalan, Muqimiy, Axmad Donish, Feruz kabilar.) Lekin ularning intilishlari butun xalqni ma’rifatli qilish uchun ommaviy tus olgan harakatning hukmron mafkurasiga aylanmagan edi.Jadidlar mafkurasi Turkistonda Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni ayovsiz tarzda bostirilgandan so‘ng tez tarqala boshladi. Ayniqsa, 1905-1907 yillarda inqilobiy vaziyatning ta’siri ostida bu harakat Toshkent, Samarqand, Farg‘ona vodiysida keng ommalasha boshladi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidlarining yorqin namoyandasi edi. U (18791919)ning faoliyati ayniqsa ikki narsaga: o‘rta asrchilikka va Turkistonni boshqarayotgan mustamlakachi hokimiyatga qarshi qaratilgan edi. Behbudiy 1913 yilda «Samarqand» nomli gazetani va shu yili «Oyina» jurnalini ta’sis ettirdi. U 1905 yildan boshlab faoliyat olib borayotgan «Musulmonlar ittifoqi» partiyasi nomidan siyosiy talablar bilan Markaziy hokimiyatga chiqa boshladi. 1914 yilda Davlat Dumasidagi Musulmonlar fraksiyasining majlisida Turkiston o‘lkasi bo‘yicha o‘z mulohazalarini gapirib berish uchun Peterburgga chaqirildi. O‘lkani boshqarishning islohoti bo‘yicha Behbudiy ilgari surgan loyiha asosan tubandagilarni nazarda tutap edi: o‘lkani boshqarishning markazi qilib Toshkent belgilansin; viloyatlarda mahalliy vakillardan tashkil topgan yacheykalar bo‘lishi ko‘zda tutilsin; har bir viloyat yacheykalarida oliy yoki o‘rta malumotga ega bo‘lganlardan to‘rtta vakil saylansin; bo‘lim (yacheyka) raisi dunyoviy ta’lim olgan bo‘lishi shart va h.k. Behbudiy o‘z maqolalarida xalqni dunyoviy bilim olishga chaqirar edi. U endilikda dunyoning taqdirini diniy emas, balki dunyoviy ilmlar hal qilishini bilar edi.Behbudiy qarashlaridan uning islomiy qadriyatlar bilan dunyoviy ilmlarni egallagan mahalliy millat vakillarini shakl-lantirishni orzu qilganligi ko‘rinadi. U ma’rifatsiz na taraqqiyot va na adolat bo‘lishi mumkin emasligini o‘z xalqiga qaytaqayta uqtirar edi.Jadidlar qismati qanchalik ayanchli bo‘lmasin, ularning millat ongining shakllanishidagi buyuk xizmatlarini e’tirof etmog‘imiz kerak. Jadidlar mafkurasi milliy tafakkurning shakllanishidagi ahamiyati shunchalik ulug‘vor bo‘lganki, ularning ta’sirini XX asrning yigirmanchi-o‘ttizinchi yillarida yetishgan har bir ziyoli timsolida ko‘rishimiz mumkin edi.

Xulosa

Ushbu davr falsafa rivojida keskin o’zgarishlarga boy bo’lgan. Yangi va Eng yangi davr faylasuflari falsafa olamiga yangi falsafiy ta’limotlarini taklif etishgan. Neotomizm va diniy modernism ana shu tamoyillardandir. Neotomizm Foma Akvinskiy ta’limotiga asoslanadigan zamonaviy katolik falsafasining asosiy oqimlaridan biri bo‘lib hisoblinadi. 1879 yilda u Vatikanning rasmiy doktrinasi maqomiga ega bo‘lgan. II Vatikan sobori (1862-1865) katolik “yangilanishi” ga sanksiya berganidan keyin, neotomizm antropotsentrik mazmun kasb etdi. Neotomizmning bosh prinsipi kashf etilish teologiyasi, ratsional ilohiyatchilik va metafizikaning ajralmas bog‘liqligidan iborat. Neotomizmda asosiy e’tibor Xudo va olamning o‘zaro munosabatiga qaratiladi.Diniy modernizmda ijtimoiy taraqqiyot sohasida “kapitalistik individualizm” va “marksistik kollektivizm” oralig‘idagi “uchinchi yo‘l” bo‘ylab harakat qilish zarurligi ta’kidlab o‘tiladi. Cherkov va jamiyat muloqotiga oliy diniy-axloqiy qadriyatlarni hozirgi zamon madaniyatiga olib kirish vositasi deb qaraladi, dunyoviy tarix va unda immanent g‘oyalarning mavjudligi fundamental qadriyatlar sifatida tan olinadi. Bu oqimning taniqli vakillari Eten Jilson (1884-1978) , Jak Mariten (1882-1973) lardir. Teyyar de Sharden (18811995) xristian evolyusionizmi asoschisi bo‘lib, bu ta’limot diniy modernizmning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Unda ilmiy va diniy dunyoqarashni sintez qilishga urinish bor.

Insoniyat taraqqiyotida har bir davr an’anaviy falsafiy muammolarni ilgari surgan va ularni o‘z davri dunyoqarashi ta’sirida hal qilishga harakat qilgan. Falsafa tarixini yangi shoxchalari paydo bo‘ladigan daraxtga qiyoslash mumkin, har bir shox o‘z shakliga va yaproqlarining rangiga ega bo‘lib, ular boshqalarini takrorlamaydi. Biroq daraxt shoxlari kabi falsafiy yo‘nalishlar qancha ko‘p bo‘lmasin, ularni umumiy ildiz- inson va olamning o‘zaro aloqadorligi, inson va jamiyat hayotining uzviyligi birlashtiradi. Ushbu umumiy ildiz inson madaniyatining dunyoqarashli asosi sifatida falsafaning ahamiyatini chuqurroq tushunishga imkon beradi. XX asr turli davrlardagi falsafiy yo‘nalishlarni o‘zida birlashtirdi va o‘tmish tajribasiga tayangan holda, olam va odam masalasiga juda murakkab ijtimoiy siyosiy vaziyatda ziddiyatli, yangi falsafiy qarashlar shakllandi.Hozirgi zamon falsafasining o‘ziga xos xususiyati uning dunyoqarashli va metodologik jihatdan turli tumanligidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.

  1. Kаrimоv I.А. Yuksаk mа’nаviyat yеngilmаs kuch. – T.: “Mа’nаviyat” 2008 y.
  2. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: “O’zbekiston” 2011 y.
  3. Jaxon falsafasi. – T.: “Sharq”, 2004 y.
  4. Zotov A.F. Sovremennaya Zapadnaya filosofiya. – M., 2002.
  5. Nosirov R.N., Sirojiddinov Sh.S., Ziyautdinova X.A. O‘rta Osiyolik allomalarning falsafiy qarashlari. – T.: “O‘zbekiston”, 2007 y.
  6. Tohir Karim. Milliy tafakkur tarixidan. – T.: “Sharq”, 2003 y.
  7. Skirbekk Gunnar, Nils Gilyo. Falsafa tarixi. – T.: 2002 y.
  8. Qomusiy lug‘at. – T.: “Sharq”, 2004 y.
  9. Sharq falsafasi – T.: TDSHI nashriyoti, 2006 y.
  10. Yangi va eng yangi davr G‘arbiy yevropa falsafasi. – T.: “Sharq”, 2002 y.
  11. O‘zbekistonda ijtimoiy falsafiy fikrlar tarixidan lavxalar. – T.: “Sharq”, 1995 y.
  12. G‘arb falsafasi. – T.: “Sharq”, 2004 y.
  13. www.talaba.su

[1] Qarang: O‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan lavhalar. Akademik M.Hayrullaev tahriri ostida. – T.: O‘zbekiston, 1995. -B.192-193.

[2] Qarang: O‘sha kitob. -B.195.

[3] Qarang: O‘sha kitob. –B.199.

Yangi va eng yangi davr falsafasi (referat)

Qiziqarli malumotlar
Yaponiyada ishlash istagida bo‘lganlar uchun yapon tili kurslari tashkil etildi