YAPON OROLLARI haqida

YAPON OROLLARI haqida

YAPON OROLLARI

YAPON OROLLARI — Tinch okeanning gʻarbiy qismidagi arxipelag. Mayd. 370 ming km2. Ya. o. da Yaponiyaning asosiy qismi joylashgan. 4000 dan ziyod orollarni oʻz ichiga oladi. Eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Kyusyu, Sekoku. Relyefi, asosan, togʻli. Vulkan koʻp. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Iqlimi subtropik, mussonli, shim. da moʻtadil iqlim. Kuzda falokatli tayfunlar boʻlib turadi. Daryolari qisqa va sersuv. Hududining yarmidan ortigʻi oʻrmonlar bilan qoplangan.

Ensiklopediya.uz
YAPON OROLLARI