YANGIQOʻRGʻON haqida

YANGIQOʻRGʻON haqida

YANGIQOʻRGʻON

YANGIQOʻRGʻONFargʻona viloyati Buvayda tumanidagi qishloq, tuman markazi. Tumanning jan. da joylashgan. Yaqin t. y. stansiyasi — Furqat 12 km). Qoʻqon shahri dan 20 km sharkda. Aholisi 16 ming kishi (2004). Xoʻjaliklari Katta Fargʻona kanalidan suv oladi. Paxta tozalash, gʻisht zdlari, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, MPT, kichik va xususiy korxonalar, mikrofirmalar, ipyigiruv va toʻquv, tikuvchiliktrikotaj fkalari, meva va sabzavotni qayta ishlash, gilam toʻqish, vinochilik sexlari ishlab turibdi. Dehqon bozori, avtovokzal, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. 3 umumiy taʼlim maktabi, 2 litseygimnaziya, nafis sanʼat, bolalar sport maktablari, kasb-hunar kolleji bor. Markaziy va bolalar kutubxonalari, sanʼat saroyi mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Fargʻona va Qoʻqon shahrilariga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.

Ensiklopediya.uz
YANGIQOʻRGʻON