YANGI ZELANDIYA KICHIK ZOOGEOGRAFIYA OBLASTI haqida

YANGI ZELANDIYA KICHIK ZOOGEOGRAFIYA OBLASTI haqida

YANGI ZELANDIYA KICHIK ZOOGEOGRAFIYA OBLASTI

YANGI ZELANDIYA KICHIK ZOOGEOGRAFIYA OBLASTI — Yer yuzining Avstraliya zoogeografiya oblasti tarkibiga kiradigan kichik oblast. Yangi Zelandiyaning shim. va jan. dagi hamda bir qancha mayda o. ni oʻz ichiga oladi. Avstraliyadan Tasman dengizi ajratib turadi. Iqlimi subtropik va moʻtadil, Faunasi o. ga xos, endemizm kuchli rivojlangan. Mahalliy (shu joyning oʻzida kelib chiqqan) sut emizuvchilar yoʻq. Aborigen sut emizuvchilardan koʻrshapalaklar 2 turi va kalamushlarning 1 turi uchraydi. Qushlarning 200 ga yaqin, sudralib yuruvchilarning 8, suvda va quruqlikda yashovchilarning 2—3 turi tarqalgan. Umurtqalilar turlarining kamligi Yangi Zelandiyani mezozoy erasida, uning umurtqalilar oʻtmasdan oldin Avstraliyadan ajralganligini koʻrsatadi. Uchmaydigan qush kivilar turkumi (3 tur) Yangi Zelandiya uchui endemik. Yangi Zelandiyaga xos boʻlgan qushlardan yana tovuq kattaligidagi urushqoq qush ueka, yirik taxake, boyoʻgʻlisimon toʻti (kakapo), ucholmaydigan toʻti neostarlardan kea va kakani, endemik qushlar urugʻi guyyani koʻrsatish mumkin. Bu yerda dengiz qushlaridan pingvinlar. nayburunlar, baliqchi qushlar, quruqlikda pashshatutarlar, slavaklar, jarqaldirgʻochlar, chittaklar koʻp uchraydi.

Sudralib yuruvchilardan ssinklar va gekkonlarning endemik turlari hamda tumshuqboshlilar turkumi va unga mansub qadimiy relikt tur gatteriya endemik hisoblanadi. Suvda va quruqlikda yashovchilardan liopelm urugiga mansub relikt baqa tarqachgan.

Hasharotlar va mollyuskalar faunasi boy. Bu yerda kapalaklarning 1000 ga yaqIn turi uchraydi. Mollyuskalar turlarini tahlil qilish orqali bu kontinentning mezozoygacha Avstraliya vaJanubiy Amerika bilan Antarktida orqali qoʻshilganligini taxmin qilish mumkin. Koʻplab ovlanishi, boshqa kontinentlardan keltirilgan hayvonlarning koʻpayishi, oʻrmonlarning kesilishi tufayli koʻpchilik mahalliy turlar (sulton tovuq, kivi, boyoʻgʻlisimon toʻti va boshqalar) soni ksskin kamayib bormoqda.

Ensiklopediya.uz
YANGI ZELANDIYA KICHIK ZOOGEOGRAFIYA OBLASTI