Yangi yilingiz qutlug’ kelsin!
Inson fe’li ajabdan ajab, Bahor chog‘i chuldiragan irmoqlardan, Saratonning quyoshidan bo‘lsin salom, Yaqin qo‘shni — salom degan kuz chog‘i bu, Odamlar bor — bir umrlik tolega yor Salomlarning barchasidan shuldir ma’no: Ko‘ngil ma’yus tortdi yilning so‘ngida, Bahorim yetgudek qo‘lim uzatsam, So‘rsang, sevinchimdan o‘kinchim ko‘proq, Yangi yil, Shaffof qadahlarda ko‘pirgan ne u? So‘raymiz “Devonu lug‘otit turk”dan, Kiprigim torida titrama, ey yosh – Ortimda – qirq yillik yashin urgan bog‘, *** Qoraygan bog‘larga qalin qor tushdi, Dilga – ahli tarab ko‘ngillaridan Bulbullar tindilar – oshiqlikmi shu? Bori ishq zahrini bizga ber, falak, Nigohimiz naqqosh yo‘lga termulib, Laylidan so‘ylamang, afsonami ishq? Yaldo tunlarida so‘yladik doston, Oh urdik, ummonlar uchdi falakka – 14.12.2015. Vatandosh, hayot hidi hulvoga to‘lsin, Niyat tongday toza, qalbingiz oppoq, Kulgu, tantanaga serob yil yaqin, Gul tutay, g‘amlarni ketkaz, YANGI YIL! *** Dekabr buluti Daryolar, dengizlar — 25.12.2016 Yana osmoningdan yerga qularsan, Ne-ne yuraklarda muz qotdi ohim, Istarang issiqdir, sochilgan zavqing Harorat axtarib kezarsan, biroq, Archalar shoxida turar tillo zar , Yog‘yotgan qor kabi ko‘nglingiz oqda , Men yo‘q, qurum bosib yotar mo‘rilar , “Ketdik” der yuragim, sira ko‘nmadi , Bahorni sog‘indim ,kuzni angladim , Deysiz, sen kelguncha sira o‘lmayman ,Yangi yilingiz qutlug’ kelsin!
DO`STLARGA ULASHING:
BAYRAM MUSHOIRASI
Erkin VOHIDOV
YANGI YIL SHE’RI
Yo‘qdir unga mezonsiz olam.
Yulduzlarni o‘lchar botmonlab,
Qarichlaydi cheksizlikni ham.
O‘zi ega, o‘zi qul mangu
O‘zi topgan aqidalarga,
Ne dey, hatto mangulikni u
Bo‘lib chiqqan daqiqalarga.
Daqiqadan soatlar yig‘ib,
Kunlar tuzib oy jam qiladi.
Yig‘lamaydi umr o‘tdi deb,
Yil o‘tdi deb bayram qiladi.
Ko‘paysa-da ajinlar harchand,
Oqarsa-da yillardan boshi,
Quvonadi — ko‘paydi farzand,
Sevinadi — ulg‘aydi yoshi.
Bu tuganmas orzu-havasda
Bor umidbaxsh imonga asos:
Inson o‘lmas.
Asta va asta
Boqiylikka o‘tadi, xolos.Abdulla Oripov
SALOMNOMA
So‘qmoklardan va zangori o‘tloqlardan,
Adirlarda kechgan shodon, xush chog‘lardan,
Salom bo‘lsin saxovatli yil boshiga,
Salom bo‘lsin yashil ko‘klam naqqoshiga.
Qor so‘ragan tog‘-toshidan bo‘lsin salom,
Tanti dehqon bardoshidan bo‘lsin salom,
Salom bo‘lsin oylarning eng ezgusiga,
Salom bo‘lsin uning oppoq injusiga.
Noz-ne’matga to‘lib turgan quchog‘i bu,
To‘y chog‘i bu, rejalarning yuz chog‘i bu,
Salom bo‘lsin to‘yni birga to‘ylashganga,
Salom bo‘lsin bir devordan bo‘ylashganga.
Va istaydi do‘stlariga tole bisyor.
Ezgu yilda ezgu o‘ylar topsin qaror,
Salom bo‘lsin xush saodat ayyomiga,
Salom bo‘lsin zafarning ilk payomiga.
Bo‘y taratsin olam bo‘ylab yashil ma’vo,
Gurkurasin, kuchga to‘lgan yurt doimo,
Salom bo‘lsin o‘n ikki oy sarvariga,
Salom bo‘lsin yilning to‘ng‘ich Yanvariga!Muhammad Yusuf
YANGI YIL KЕCHASI
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko‘zim o‘ngida,
Yana bir yoshimni o‘g‘irlading, qor.
Qirqinchi qasrimga o‘taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?..
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.
Laylakqor, azizim, g‘alat bayram bu —
Kulib kuzatsammi, yig‘lab kuzatsam…
Dardim jim ichimga yutaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko‘zda tabassum-u kiprikda titroq.
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo‘ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo‘qlab kelganingni o‘zi bir bayram.
Qulog‘ingga bir gap aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi…Nodira AFOQOVA
31 DЕKABR
Qo‘llarim, ne uchun titraysiz endi?
Oynada qahraton emas u, gul-ku,
Ertagacha hali bu tun uzundir.
“Yil”, axir, ”yel» emas, titramang, ey dil.
“Yil”, axir, shunchaki guvranib yotgan
Poygadan shafqatsiz ezilgan yo‘ldir.
Kiprigim toriga osilgan dunyo…
Dunyo, bu ne asror, meni qil ogoh:
Poyimda – xazonlar o‘ynar beparvo,
Ko‘ksimda – manguday guvlagan daryo…
Yodimiz yodiga tag‘in yor tushdi.
Quvg‘in aylamishlar – jam’i zor tushdi.
Orom yo‘q – ishqimiz betakror tushdi.
Ko‘nglimiz ko‘tara xaridor tushdi.
Darchangizga boqing – navbahor tushdi.
Devona baxshimiz – bizga or tushdi.
G‘uluvmas, holimiz rostu bor tushdi:
Yo‘q esa, bog‘larga qaydin qor tushdi?A’zam Obid
YANGI YIL SHE’RI
E’zozli, ehsonli va erkli bo‘lsin.
Panohida yuring Parvardigorning,
Ishqiga chulg‘aning vafoli yorning.
Yuzingiz to‘lin oy misoli porloq.
Yengilish neligin bilmang hech qachon,
Ruhu jon mustahkam, qaddingiz ravon.
Orzular ushalur, dilga dil yaqin.
Lahzalar tenglashib yuz asrlarga
Iliqlik uzatur pok nasllarga.
Zor etma, baxt sari yetkaz, YANGI YIL!Gulnoz MO‘MINOVA
Ukpardan yasalgan kemadek
Ohista suzadi samoda.
Unda farishtalar
Sayr qilishar
Zarra iz qoldirmay havoda.
Zaminning lojuvard ko‘zlari
Tikilar teskari ummonga,
Kechib ildizidan,
Muqimligidan
Daraxtlar qo‘l cho‘zar osmonga.Shahodatbonu IMOMNAZAROVA
QORGA QASIDA
Yana ma’sumlikdan chekarsan ozor.
Uzun kechalarni tongga ularsan,
Yerning yuzin yorug‘ aylagaysan, qor.
Sendek qaro yerni qucholmasman shod.
Ey qor, osmonlarga yetgan faryodim,
Ey qor, to‘kilarsan sokin, befaryod.
Yorug‘ kunlarimdan keltirar darak.
Boshimdan yog‘dirar, to‘zg‘itib rahmin,
Issiq-sovug‘imdan xabardor falak…
Jahoniy borlig‘ing – bir tomchi ko‘z yosh.
Seni deb qon yutar namdiyda ofoq,
Seni deb zaminga qaytadi quyosh…Muslimbek Musallam
YANGI YIL MUBORAK BO‘LSIN,ONAJON!
Yashil chiroqlarda bezandi shahar .
Munglig‘ darchalardan boqdingiz sahar ,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon .
Bu yerda hammasi yolg‘onu soxta .
Chakkangiz chetida ochilgan paxta ,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon .
Anori sochilib yotgan so‘rilar .
Bolam deb darvoza g‘amgin surilar,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.
To‘rt fasl dilimda rayhon unmadi .
Bu yerda bo‘ronlar hali tinmadi ,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon .
Mehrli, mehrsiz yuzni angladim .
Musofir kunlarda Sizni angladim ,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.
Tangri der, har kimni har kun qo‘llayman .
Siz uchun xayrli duo yo‘llayman, ,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.
Yangi yilingiz qutlug’ kelsin!