Yangi yilda kimga qanday sovg’a bersa bo’ladi? to’liq malumot oling
Yaqin insonlardan mehr timsoli bo’lmish sovg’alar qabul qilish ham , ularga sovg’a taqdim etish ham juda yoqimli. Tanlagan sovg’angiz barcha tuhfalar ichida ajralib turishi, muhabbat va hurmat ramzi bo’lishi lozim.
Yaqinlaringizga antiqa va unutilmas savg’a tanlash – unchalik ham qiyin ish emas. Bunday tanlov sizdan yangicha yondashuv va bir oz vaqt talab qiladi, xolos.
Hamkasblar uchun: Chinni krujka, suratlar uchun albom, kanselariya buyumlari (bloknot, kundalik), xamyon, portfellar.
Sun’iy archalar, sichqon tasviri tushurilgan shisha, sopol va yumshoq o’yinchoqlar, konfet to’plami va shirinliklardan yasalgan “guldasta”.
Boshliq uchun:
Qimmatbaho suvenir, ruchka, kubok va guldon, stol ustiga o’rnatiluvchi aksessuarlar, tabiiy teridan ishlangan hamyon, porfel kabi buyumlar.
Qarindoshlar va do’stlar uchun:
Gullar har qanday bayramning a’nanaviy sovg’asi sanaladi. Uni noodatiy tarzda o’rnatish va samimiy tilaklar bildirilgan tabriknoma bilan hadya etish yodingizdan ko’tarilmasin.
Suvenirlar, hushbo’y va shakldor archasimon shamlar, yangi yil o’yinchoqlari, sichqon shaklidagi bezaklar.
Ayollar uchun:
Qimmatbaho atirlar, noodatiy taqinchoqlar, kosmetik buyumlar, antiqa oshxona anjomlari.
Erkaklar uchun:
Qulay hamyon, bo’yinbog’, quvnoq so’zlar qayd etilgan futbolka yoki qimmatbaho zajigalka. Bundan tashqari, uyali telefon yoki oxirgi rusumdagi texnika buyumlari.
Bolalar uchun:
Turli multfilm yoki tomosha uchun yo’llanma, stol o’yinlari, sport buyumlari va ijodiy narsalar ( bo’yoq, qalam, mo’yqalam to’plami, flomaster, albom, molbert).
O’smirlar uchun:
Quloqchin (naushnik), uyali telefon, raqamli fotoapparat va boshqa texnika buyumlari.
Ota-onalar uchun:
Dasturxon, salfetkalar to’plami, jun ro’mol, idishlar to’plami, oshxona anjomlari( mikser, blender, oshxona kombayni va boshqalar).
Yaqinlaringiz uchun buyurtma berib tayyorlagan tortingiz ham ajoyib sovg’a bo’lishi tayin.
Bundan tashqari pazandalikka doir kitoblar ham yaqinlaringiz ko’nglini tog’day ko’taradi.
Agar do’stlaringizga original sovg’a berishni istasangiz, pechenie yoki priyanik pishirib, uni rangli glazur bilan bo’yang-da, chiroyli qutiga joylashtiring. Bunday ajoyib sovg’a do’stlaringizning hotirasida uzoq vaqt muhrlanishi shubxasiz.
(odam.uz)
Boshqa mavzular
Yangi yilda kimga qanday sovg’a bersa bo’ladi?