YaNGI YIL tadbirii ssenariysi
“YaNGI YIL BAZMI” 1-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz davramiz qatnashchi- lari! “YaNGI YIL BAZMI” 1-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz davramiz qatnashchi- lari! 2-boshlovchi: Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar, hurmatli hamkasabalar. 1-boshlovchi: Bugungi “Yangi yil bazmi” bayram karnavali- mizga xush kelibsizlar. 2-boshlovchi: Avvalambor sizlarni yaqinlashib kelayotgan yangi yil bilan chin dildan muborakbod etamiz. 1-boshlovchi: Sizlarga sog’lik, baxt, uzoq umr, ishlaringizda omad tilaymiz. Yangi yildagi ishlaringizda rivoj tilaymiz. 2-boshlovchi: Keling bayram kechamizni ajoyib bir qo’shiq bilan boshlaymiz. 1-boshlovchi: Yangi yil bayrami yil boshlanishi qadimda turli fasllarda nishonlangan. Jahonning ko’pgina mamlakat- lari Grigoryan taqvimi bo’yicha yangi yilni nishonlay boshla- ganidan so’ng XX asrda O’zbekistonga ham bu an’ana kirib kelgan. Mustaqillikdan so’ng 1992 yilning 3 iyulida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasida bayramlar kunlari” to’g’risidagi Qonun asosida 1 yanvar – Yangi yil bayrami deb belgilandi. 2-boshlovchi: Darhaqiqat yangi yil bayrami juda ko’p mamla- katlar qatori bizning ona diyorimizda ham ajoyib tantanalar bilan nishonlanadi. Kelinglar dasturimizning avvalida davra- mizga Qorbobo va Qorqizni taklif qilamiz. Marhamat Qorbobo va Qorqiz, davramizga xush kelibsiz. (Qo’shiq. Qorbobo va Qorqiz raqsga tushadi). 1-boshlovchi: Orziqib kutilgan aziz mehmondek Tashrif buyurmoqda Yangi yilimiz. Qalbimiz yorishib nurli osmondek, Go’zal his-tuyg’uga to’lar dilimiz. Yangi yil kutmoqlik ezgulik tilab, Ulug’ ahd sanalur har xonadonda. Shodon chehralarda gul ochar xanda. Orzular mazmuni – tinchlik, omonlik, Gulzordek yashnasin ona-yurt bog’i. 2-boshlovchi: Aslo tark etmasin erk, farovonlik, Abad porlayversin Vatan bayrog’i. Yillar o’taverar bo’g’inma-bo’g’in, Hayot zanjirida oltin xalqadek. Yurakka joy aylab yurt ishqi cho’g’in, Olg’a boshlayverar bizni darg’adek. Peshona terimiz bilan o’lkamiz Dovrug’in olamga taratmoqdamiz. 1-boshlovchi: Bugungi bayram karnavalimizga biz bir guruh san’at ahillarni taklif etganmiz. Hozir navbatni …qiziqchi- lar guruhiga beramiz. (Yangi yil hazillari). 2-boshlovchi: Endi navbat maktabimizning xush ovoz xonandasi …….. beramiz. (Qo’shiq yangraydi). 1-boshlovchi: Barchamiz yaxshi bilamizki Yangi yil bayram- lari hech qachon Qorbobo va Qorqizsiz o’tmagan. Hozir tabrik uchun so’zni qorbobodan eshitamiz. (Qorboboning tabrigi) Rahmat qorbobo. Rahmat. Marhamat, barchangizni raqsga taklif etamiz. (Qo’shiq yangraydi). 1-boshlovchi: Yana elimizda muqaddas ayyom, Kutyapmiz Yangi yil tongini xursand. Muborak bo’lg’usi shu qutlug’ bayram – Qutlug’ tilagimiz dillarga payvand. Kirib kelayotgan Yangi yilimiz muchal taqvimi bo’yicha …..yili ekan. Bu yil aytishlaricha to’kin-sochin, serhosil va osudalik yili bo’lar ekan. Sizlarni Yangi yil bilan yana bir bor tabriklaymiz. 2-boshlovchi: Bayramona kayfiyat sizlarni yil davomida tark etmasin, chehrangizdan tabassum, dasturxoningizdan qut- baraka arimasin. Bayram dasturimiz nihoyasida sizlarni zalda tashkil qilingan Yangi yil mavzusidagi rasmlar ko’rgazmasiga taklif etamiz, marhamat. 1-boshlovchi: Xayr, salomat bo’linglar. Kel, yana shod ko’nglimizni ayla shodon, Yangi yil, Senda ijrosin kutar ko’p orzu-armon, Yangi yil.YaNGI YIL tadbirii ssenariysi
DO`STLARGA ULASHING:
YaNGI YIL tadbirii ssenariysi