YaNGI YIL tadbirii ssenariysi to’liq malumot oling

YaNGI YIL tadbirii ssenariysi to’liq malumot oling

“YaNGI YIL BAZMI”

1-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz davramiz qatnashchi- lari!

“YaNGI YIL BAZMI”

1-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz davramiz qatnashchi- lari!

2-boshlovchi: Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar, hurmatli hamkasabalar.

1-boshlovchi: Bugungi “Yangi yil bazmi” bayram karnavali- mizga xush kelibsizlar.

2-boshlovchi: Avvalambor sizlarni yaqinlashib  kelayotgan yangi yil bilan chin dildan muborakbod etamiz.

1-boshlovchi: Sizlarga sog’lik, baxt, uzoq umr, ishlaringizda omad tilaymiz. Yangi yildagi ishlaringizda  rivoj tilaymiz.

2-boshlovchi: Keling bayram kechamizni ajoyib bir qo’shiq bilan boshlaymiz.

1-boshlovchi: Yangi yil bayrami yil boshlanishi qadimda turli fasllarda nishonlangan. Jahonning ko’pgina mamlakat- lari Grigoryan taqvimi bo’yicha yangi yilni nishonlay boshla- ganidan so’ng XX asrda O’zbekistonga ham bu an’ana kirib kelgan. Mustaqillikdan so’ng 1992 yilning 3 iyulida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasida bayramlar kunlari” to’g’risidagi Qonun asosida 1 yanvar – Yangi yil bayrami deb belgilandi.

2-boshlovchi: Darhaqiqat yangi yil bayrami juda ko’p mamla- katlar qatori bizning ona diyorimizda ham ajoyib tantanalar bilan nishonlanadi. Kelinglar dasturimizning avvalida davra- mizga Qorbobo va Qorqizni taklif qilamiz. Marhamat Qorbobo va Qorqiz, davramizga xush kelibsiz.

(Qo’shiq. Qorbobo va Qorqiz raqsga tushadi).

yangi yil tadbirii ssenariysi 1

YaNGI YIL tadbirii ssenariysi

1-boshlovchi:

Orziqib kutilgan aziz mehmondek

Tashrif buyurmoqda Yangi yilimiz.

Qalbimiz yorishib nurli osmondek,

Go’zal his-tuyg’uga to’lar dilimiz.

Yangi yil kutmoqlik ezgulik tilab,

Ulug’ ahd sanalur har xonadonda.

Shodon chehralarda gul ochar xanda.

Orzular mazmuni – tinchlik, omonlik,

Gulzordek yashnasin ona-yurt bog’i.

2-boshlovchi:

Aslo tark etmasin erk, farovonlik,

Abad porlayversin Vatan bayrog’i.

Yillar o’taverar bo’g’inma-bo’g’in,

Hayot zanjirida oltin xalqadek.

Yurakka joy aylab yurt ishqi cho’g’in,

Olg’a boshlayverar bizni darg’adek.

Peshona terimiz bilan o’lkamiz

Dovrug’in olamga taratmoqdamiz.

1-boshlovchi: Bugungi bayram karnavalimizga biz bir guruh san’at ahillarni taklif etganmiz. Hozir navbatni …qiziqchi- lar guruhiga beramiz.

(Yangi yil hazillari).

2-boshlovchi: Endi navbat maktabimizning xush ovoz xonandasi …….. beramiz.

(Qo’shiq yangraydi).

1-boshlovchi: Barchamiz yaxshi bilamizki Yangi yil bayram- lari hech qachon Qorbobo va Qorqizsiz o’tmagan. Hozir tabrik uchun so’zni qorbobodan eshitamiz.

(Qorboboning tabrigi)

Rahmat qorbobo.

Rahmat. Marhamat, barchangizni raqsga taklif etamiz.

(Qo’shiq yangraydi).

1-boshlovchi:

Yana elimizda muqaddas ayyom,

Kutyapmiz Yangi yil tongini xursand.

Muborak bo’lg’usi shu qutlug’ bayram –

Qutlug’ tilagimiz dillarga payvand.

Kirib kelayotgan Yangi yilimiz muchal taqvimi bo’yicha …..yili ekan. Bu yil aytishlaricha to’kin-sochin, serhosil va osudalik yili bo’lar ekan. Sizlarni Yangi yil bilan yana bir bor tabriklaymiz.

2-boshlovchi: Bayramona kayfiyat sizlarni yil davomida tark etmasin, chehrangizdan tabassum, dasturxoningizdan qut- baraka arimasin. Bayram dasturimiz nihoyasida sizlarni zalda tashkil qilingan Yangi yil mavzusidagi rasmlar ko’rgazmasiga taklif etamiz, marhamat.

1-boshlovchi: Xayr, salomat bo’linglar.

Kel, yana shod ko’nglimizni ayla shodon, Yangi yil,

Senda ijrosin kutar ko’p orzu-armon, Yangi yil.

Darsliklar
YaNGI YIL tadbirii ssenariysi