Yangi yil qachon va qanday qilib turli mamlakatlarda nishonlanadi. Va nega bunday farq bor
Поцелую К Сердцу Прижму Сергей Орлов 2021
Yangi yil boshqa davlatlarda qanday kutib olinishini bilasizmi?
Yangi yilni butun dunyo xalqlari o’zgacha shukuh bilan qarshilaydi. Ushbu bayramning e’tiborli jihati shundaki, u har bir mamlakatda turlicha nishonlanadi va asrlar davomida yashab kelayotgan urf-odat va udumlarga boy.
Yangi yil kuni Kolumbiya ko’chalarida eski yilning ramzi sifatida uzun yog’och oyoqli qo’g’irchoq-odamlarni uchratish mumkin. Shotlandlar «Xonadon o’chog’idagi olov hech qachon o’chmasin, dasturxoni esa to’kin bo’lsin» degan niyatda mezbonnikiga ko’mir bo’lagini olib borishadi. Angliya, Italiya, Xitoy, Vyetnam kabi davlatlarda Yangi yilni kutib olish bilan bog’liq qadimiy an’analar haqida esa maqolamiz davomida bilib olasiz.
Tuz – boylik ramzi
Angliyada 1752-yilda Yangi yil rasmiy bayram maqomini olgan. 1843-yilda esa ushbu sana munosabati bilan yoru do’stlarga tabrik xati yuborish an’anasi paydo bo’lgan. Shu kuni London ko’chalarida katta sayl uyushtirilib, Berkli maydoniga kelgan har bir kishi karnaval ishtirokchisiga aylanishi mumkin.
Inglizlar Yangi yildagi birinchi mehmon xonadon a’zolariga albatta omad keltirishiga ishonishadi. Shu bois ko’pincha yosh, kelishgan va sog’lom yigitni kutishadi. Malla, sariq sochli erkaklar, shuningdek, ayollar iloji boricha uyga qo’yilmaydi. Mamlakatning ba’zi joylarida sochning rangiga e’tibor qilishmaydi. Odamlar mehmondorchilikka non, pirog, tuz va bir bo’lak ko’mir olib borishadi. Chunki non va pirog mo’l-ko’llik, ko’mir issiqlik, tuz esa boylik ramzi hisoblanadi.
Londondagi mashhur «Big Ben» soati 24 ga bong urganda mushakbozlik boshlanadi va hamma bayram madhiyasini kuylaydi. Qadimiy taomilga ko’ra shu onlarda eski yilni kuzatish va Yangi yilni kutib olish uchun uy eshiklari ochib qo’yiladi.
Qarz eski yilda qolishi kerak
Italiyada Yangi yil Capodanno deb nomlanadi. Asosiy tantanalar 6-yanvar kuni Rimdagi Pyasa del Popolo maydonida bo’lib o’tadi. Haqiqiy italiyaliklar Yangi yilgacha qarzlaridan qutulishlari, siniq idish, eski kiyim va mebellarni derazadan ko’chaga uloqtirishlari kerak. Vaqt o’tgan sari aholining katta qismi bu odatdan voz kechayotgan bo’lsa-da, bayram arafasida Rim ko’chalarida sayr qilish baribir xavfli. Shunga o’xshash odat Nepalda ham bor, ushbu mamlakatda oy to’lishgan tunda katta gulxan yoqiladi va unga keraksiz buyumlar tashlanadi.
Odatda italiyaliklar Yangi yil arafasida qizil rangli kiyim va jihozlarni xarid qilishadi. Shu bois do’konlarning peshtaxtalari qirmizi rangdagi buyumlar bilan to’ldiriladi. Bayram dasturxonida albatta yong’oq, uzum va yasmiq donidan tayyorlangan taom bo’lishi shart. Chunki Italiyada yong’oq – uzoq umr, uzum – tinchlik-xotirjamlik, yasmiq doni – sog’liq ramzi sanaladi. Mamlakatning ayrim hududlarida Yangi yil kirib kelishidan oldin boy-badavlat bo’lish niyatida 12 dona uzum iste’mol qilinadi. Shuningdek, salbiy oqibatlardan qutulish uchun idish-tovoqlar sindiriladi. Farzand ko’rish orzusidagi er-xotinlar birgalikda anor yeyishadi, turmushlari farovon bo’lishini xohlaganlar esa 1-yanvar kuni cho’ntaklarini to’ldirib ko’chaga chiqishadi.
Italiyada Qorboboni Babbo Natale deb atashadi va u amerikaliklarning Santa Klausiga judayam o’xshaydi. Biroq bayram sovg’alarini bolalarga u emas, balki olijanob Feya Befana ulashadi. Afsonalarga ko’ra u yarim tunda uchib kelib, yil bo’yi o’zining yaxshi xulqi va odobi bilan boshqalarga o’rnak bo’lganlarga turli shirinliklar, to’polonchilarga esa ko’mir bo’lagini qoldirib ketadi.
Yangi yilning ertasiga ko’chada keksa yoki bukri odamni uchratish, bundan tashqari, erta tongda, ya’ni quyosh chiqqunga qadar uyga buloqdan suv olib kelish xayrlidir.
Bayram ikki marta nishonlanadi
Xitoyda Yangi yil ikki marta: 1-yanvar kuni va yangi oy chiqqan paytda nishonlanadi. Ushbu mamlakatda Yangi yil Chunsze (Bahor bayrami) deb nomlanib, ko’p asrlik tarixga ega. Xitoylar qadimdan yangi oy chiqqan kundan boshlab, 15 kun davomida bayram qilishgan. Odatda bu yanvar-fevral oylariga to’g’ri kelgan.
Bu yurt odamlari uylarini chinnidek tozalab, ostonadagi eshikka qordek oppoq qog’ozlarni yopishtirishadi. Shu orqali qora kuchlar quviladi. Bu kuni oila a’zolari yorqin qizil rangdagi kiyimlarni kiyishadi. Qizil rang esa yovuz ruhlarni haydarkan. Xitoyliklar ham xuddi italiyaliklar kabi qarzdan qutulishga harakat qilishadi.
Bayramona kechki ovqatdan so’ng, odatda, bolalarga qizil konvertda «baxt puli» tarqatiladi. Ularning fikricha, bu yil davomida omad keltirarkan. Ilgari yuz yil umr ko’rishga ishora sifatida 100 ta chaqa sovg’a tariqasida berilgan.
Xitoyliklarda yana bir qiziq an’ana bor: bayramni kutib olishg%0 ѺeldD0an mehmon xonadon sohiblariga 2 ta mandarin sovg’a qiladi. O’z navbatida, u qaytayotganda uy egalaridan 2 ta boshqa mandarin oladi. Bu odat taxminan miloddan 1000 yil avval paydo bo’lgan va bir juft mandarin «oltin» ma’nosini anglatadi.
Umuman olganda, sovg’ani juft berish odati azaldan saqlanib kelayotgan bo’lib, oilaviy juftlik ma’nosini anglatgan. Mehmon sovg’ani mezbonga ketishdan oldin topshirgan yoki uyning bir chekkasiga yashirib qo’ygan. Keksa odamlarga soat, o’yinchoq, bolalar kiyimlari sovg’a qilinmaydi.
Xitoyda oila a’zolaridan biri bayramda qatnasha olmasa ham unga dasturxon atrofida joy qoldiriladi. Yangi yil kirib kelayotgan paytda pichoq ishlatilmaydi. Chunki u g’oyibdan keladigan baxt yoki omadni bexosdan kesib qo’yishi mumkin ekan.
Shimolda dasturxonga chuchvara, janubda esa ugradan tayyorlangan taom tortiladi. Har ikkala taom ham uzoq umr belgisi hisoblanadi. Shu kuni hech kim uxlamaydi. Chunki uyqudagi odam kelgan baxtni qo’ldan chiqarib yuborar ekan.
Archa o’rniga shaftoli yoki o’rik daraxti
Vyetnamda Yangi yil oy kalendari bo’yicha 20-yanvar va 20-fevral oralig’ida nishonlanadi va Tet deb nomlanadi. Mamlakat shimolidagi xonadonlarda bayram arafasida gullayotgan shaftoli shoxchasi o’rnatiladi yoki kichkina mandarin daraxti yasatiladi. Ko’chalar esa gullayotgan novda va guldastalar bilan bezatiladi. Janubdagi uylarda besh dona o’rik guli bor bo’lgan shoxchalar «archa» vazifasini o’taydi. Bundan tashqari, uy mehrobiga tarvuz qo’yishadi. Uning qip-qizil shirin bo’laklari omad keltirarkan.
Tet oilaviy bayram bo’lib, farzand va nabiralar bobo, buvi va ota-onalarini tabriklashadi. Kattalar ham oilaning kichik a’zolarini qutlab, ularga qizil xaltachalarda pul sovg’a qilishadi.
Shu kuni ayollar qizil va sariq, erkaklar esa qora rangli kiyimlar kiyishadi. Ibodatxonalardagi ruhoniylar ham tashrif buyuruvchilarga qizil xaltachada pul hadya etishadi. Vyetnamliklar zog’orabaliq sotib olib, Yangi yildan kutayotgan niyatlarini aytgan holda ariq yoki hovuzga qo’yib yuboradi.
Mamlakat aholisi an’ana va odatlarini ming yillardan beri saqlab kelayotgani uchun ham bu yerga Tet bayrami arafasida sayyohlar oqimi ko’paymoqda.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo’lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma’muriga xabarnoma jo’nating.
Yangi yil qachon va qanday qilib turli mamlakatlarda nishonlanadi. Va nega bunday farq bor?
Har bir millatning, har bir mamlakatning o’z tarixi va muhim voqealari bor.
Biz sizga Yangi yilni nishonlash har xil bo’lgan bir nechta mamlakatlar haqida aytib beramiz.
Xitoy Yangi yilni fevralda nishonlaydi
Xitoy Yangi yili – bahor bayramidir. Uning nishonlanishi oyning fazalari orqali belgilanadi. Va har bir yil 12 ta hayvonlardan biriga bag’ishlangan.
Kiyimlar, uylar va ko’chalarni bezashda qizil ranglarning ko’p bo’lishi va juda shovqinli bo’lishi shart. Petardalar jaranglashi, baland krakerlar, mushakbozliklar – bularning barchasi yovuz ruhlarni qo’rqitadi va omadni jalb qiladi. Baxt kelishi uchun uylar tozalaniladi.Mo’l-ko’l kechki ovqat uchun, hatto boshqa shaharlarda o’qiydigan yoki ishlaydiganlar ham uylariga qaytishadi.
Yaponiyada Yangi yil deyarli bir oy davomida nishonlanadi
Yaponiyada esa Yangi yil Grigorian taqvimiga ko’ra nishonlanadi. Bayram 25 dekabrda boshlanadi va deyarli bir oy davom etadi.Yaponlar uyni bambuk, olxo’ri va archa shoxlari kompozitsiyalari bilan bezatadi – bu boylik, farovonlik va muhabbat timsolidir.
Yangi yil arafasida yaponlar doimo ma’badlarga tashrif buyurishadi va xudolardan baxt va salomatlik tilaydilar. Yangi yil arafasida ular bir-biriga oq va pushti rangdagi guruchli shirinliklar ulashadi – bu ranglar omad keltiradi.
Tailand Yangi yilni 13 aprelda nishonlaydi
Tailandda Yangi yil Songkran qadimgi hind astrologik taqvimiga ko’ra yil o’zgarishini va yomg’irli mavsum boshlanishini anglatadi.
Tailandliklar buddist rohiblarni bayram taomlari bilan siylashadi. Budda haykallar jasmin va lola bargli suv bilan yuviladi. Shu kunlarda quruq qolish qiyin – suv to’pponchalari, chelak va shlanglardan yo’lovchilarga suv quyishadi. Bu poklanish, yangilanish va yil davomida to’plangan salbiylikdan halos bo’lishni anglatadi.
Hindistonda Yangi yil yiliga bir necha marta nishonlanadi
Hindistonda Yangi yil dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda ko’proq nishonlanadi. An’anaviy hind yili, Gudi Padva, mart oyida nishonlanadi. Ko’pgina shtatlarda Yangi yilni u yerda yashaydigan xalqlarning an’anaviy taqvimlariga binoan nishonlaydilar.
Eng yorqin bayramlardan biri bu Xoli Bengal Yangi yilidir. Bo’yoqlar festivali erta bahorda nishonlanadi. Birinchi oqshomda Xoliki ma’buda qog’irchog’i yoqiladi, qora mollar olovdan o’tkaziladi va ko’mir ustida yurishadi.Keyin zavqli bayramlar boshlanadi, odamlar bir-birlarini yorqin ranglar bilan burkab,ustidan rangli suv quyishadi.
Saudiya Arabistonida yangi yil nishonlanadigan aniq sana yo’q
Islom mamlakatlarida yilni hisoblash Hijratdan (Muhammad Payg’ambar (s.a.v.) musulmonlarni Makkadan Madinaga olib borgan vaqt) boshlangan bo’lib, yangi yil Muharram oyining birinchi kunidan boshlanadi. Yilning kirib kelish sanasi o’zgaruvchan – har yili 11 kunga suriladi. Shuning uchun, yangi yilning ma’lum bir sanasi mavjud emas.
Ammo bu hech kimni tashvishga solmaydi – aksariyat musulmon davlatlarida Yangi yil umuman nishonlanmaydi.
Yunoniston Avliyo Vasiliy kunini nishonlaydi
Yunonistonda 1-yanvar nafaqat yangi yil, balki Avliyo Vasiliyni eslash kuni hamdir. Bayramona dasturxonning asosiy taomi – vasilopita, xamir, yovvoyi mevalar va yong’oqlardan naqshlar chizilgan pirog. Ichiga baxt timsoli hisoblanuvchi tanga solinadi –tanga chiqqan kishi yangi yilda eng baxtli bo’ladi.
Yunonistonlik bolalar Santa Klaus yoki Qorbobodan emas, balki Avliyo Vasiliydan Yangi yil sovg’alarini kutishadi. Bolalar ertasi kuni ertalab yoqimli kutilmagan sovg’alarni topish uchun poyabzalni kechasi kamin oldida qoldiradilar.
Shotlandiyada 31 oktyabrdan 1 noyabrga o’tar kechasi yangi yilning boshlanishi hisoblanadi
Samayn – hosilning tugashi va yangi yilning boshlanishi sharafiga qadimiy Keltlar bayramidir. Xristianlik qabul qilinganida, Samayn barcha avliyolar kuniga aylandi va undan oldingi tun Halloween deb ataldi.
Olov, sham va gulxan – bu bayramning ajralmas vositalaridir. Mollarni olovlar ortasidan haydashadi va odamlar olov ustidan sakrab o’tishadi. Bu olov bilan tozalashning qadimiy marosimi. Shotlandiya,Irlandiya va Man orolidagi kelt xalqlarida 31 oktyabrdan 1 noyabrga o’tar kechasi hanuzgacha yangi yilning boshlanishi hisoblanadi.
Buyuk Britaniyada Yangi yilni eski vaqtda, 14-yanvarda, nishonlaydigan joylar mavjud
Gvaun vodiysidagi Pembrukshir shahrida tor ko’chalari va o’jar fuqarolar bo’lgan kichik bir qishloq bor. Buyuk Britaniyaning barcha qismi allaqachon Grigorian taqvimiga o’tgan, ammo bu qishloqning aholisi Yangi yilni 1752-yili paydo bo’lgan an’analarga ko’ra, eski uslub bo’yicha nishonlashni davom ettirmoqdalar.
Gvaun vodiysida Yangi yil bayrami 13-yanvarda boshlanadi. Ushbu bayramda bolalar eski qo’shiqlarni kuylashadi va qo’shnilarnikiga chiqib, shirinliklar va sovg’alar so’rashadi.
Yangi Yil Raqs – Скачать mp3 бесплатно
Для вашего поискового запроса Yangi Yil Raqs мы нашли 50 песен, соответствующие вашему запросу. Теперь мы рекомендуем загрузить первый результат Yangi Yil Raqs который загружен Karimjon Samatov размером 2.87 MB, длительностью 2 мин и 11 сек и битрейтом 192 Kbps.
Обратите внимание:
Перед загрузкой вы можете послушать любую песню, наведите курсор и нажмите «Слушать» или «Скачать» для загрузки mp3-файла высокого качества. Первые результаты поиска – с YouTube, которые будут сначала преобразованы, после чего файлы можно загрузить, но результаты поиска из других источников могут быть сразу же загружены в MP3 без какого-либо преобразования.
Слушают сейчас
Flori Argjentina Ku Isha Une
Lamar Davis Gangsta Shit
Я Хасаню Мне Так Пофиг Кто На Заднем
Sped Up Боронина Васаби
С Днём Рождения Дима
Диана Гюлечова И Альфред Гюлечов Гъардаш
Разминка Повторялка К 23 Февраля
Запуск Бравл Старс Звук
Signal Slammer Herald
Гулназ Чыныбек Кызы Ырлары
Kota Ibushi Golden Star New Japan Pro Wrestling Theme And Tribute
Best Dance Movies Vitaly Tornado 2022
Грустные Песни Со Словами
Tural Sedali Senden Uzaglarda
Песни Пьехи Стаса Скачать Бесплатно На Телефон
Грищук Сергей Спроси У Жизни
Звуки Scp Ntf На Русском Переводе
Сано Дуоси Текст
Скачивают
Поцелую К Сердцу Прижму Сергей Орлов 2021
Infant Sorrow Inside Of You Original Lyrics
Паскаль Шелковое Сердце Ковёр От Shponks
Пошлая Молли Элджей Дом Периньон
Йаасийн Ёсин Сураси Yaasiyn Yosin Surasi Go Zal Qiroat Surah Yaseen Ясин
Stephanie Mabey The Zombie Song Lyric Video
Doja Cat Like That Speed Up
Trevaspura Vengeance Phonk Bass Boosted Tiktok
Патриарх Алексий Ii На Богослужении В Троице Сергиевой Лавре Исходник
Ulug Bek Rahmatullayev Jonim Улугбек Рахматуллаев Жоним
Harf Nazan Song Trendingmusic222
Песня Бабушке З Качаевой Бабушка Родная Я Тебя Люблю
Ресторанные Хиты Ирина Круг Г Лепс С Заявьялов Жека Гр Воровайки Подпеваем Вместе
Copyright ©Mp3crown.top 2019
Все права защищены
На нашем музыкальном сайте вы можете бесплатно прослушать и скачать любимые, новые и популярные mp3 песни в хорошем качестве. Быстрый поиск любой композиции!
Почта для жалоб и предложений: [email protected]
Qiziqarli malumotlar
Yangi yil qachon va qanday qilib turli mamlakatlarda nishonlanadi. Va nega bunday farq bor