Yangi yil haqida qo’shiqlar matni

Yangi yil haqida qo’shiqlar matni
yangi yil haqida qoshiqlar matni 65cb1c44625fb

cbb29df4 f4a8 4fca 853c 068b1a21337a 1024

Yangi yil haqida qo’shiqlar matni

DO`STLARGA ULASHING:

Ozodbek Nazarbekov — Yangi yil qo`shiq matni

Yangi tilak, yangi umid, yangi kunda
Diydor shirin, bayramlarning zavqi shunda. (x2)
Yana bir yil nihoyasi, qutlug’ kunda,
Yangi yilga birga qadam qo’ying, do’stlar,
Bizlar bilan o’ynab-kuling, do’stlar.

Oppoq qorlar olib keldi qorbobo, qorbobo,
Sovg’alarga to’lib keldi qorbobo, qorbobo. (x2)

Baland archa atrofidan ketging kelmas,
Qalbingizdan niyat qiling, hech kim bilmas. (x2)
O’tgan yil ham sofligidan eski yilmas,
Yangi yildan ezguliklar kuting, do’stlar,
Bizlar bilan o’ynab-kuling, keling, do’stlar.

Yangi yildan ezguliklar kuting, do’stlar,
Bizlar bilan o’ynab-kuling, keling, do’stlar.

Oppoq qorlar olib keldi qorbobo, qorbobo,
Sovg’alarga to’lib keldi qorbobo, qorbobo. (x2)

Duo qiling, qor yomg’irlar soy bo’lsin deb,
Duo qiling, topganimiz oy bo’lsin deb.
Bu yilni ham omadlarga boy bo’lsin deb,
Yangi yilga birga qadam qo’ying, do’stlar,
Bizlar bilan o’ynab-kuling, keling, do’stlar.

Yana bir yil nihoyasi, qutlug’ kunda,
Yangi yilga birga qadam qo’ying, do’stlar. {x2}

Oppoq qorlar olib keldi qorbobo, qorbobo,
Sovg’alarga to’lib keldi qorbobo, qorbobo. (x2)

Yangi yil haqida qo’shiqlar matni