YaNGI YIL HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR… to’liq malumot oling

YaNGI YIL HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR… to’liq malumot oling

1. Dunyoda ilk bor archa yasatish amali XVII asr boshlarida paydo bo’lgan. Archa Elzas (o’shanda bu shahar Germaniyaning bir qismi bo’lgan. Hozir Fransiyaga tegishli) shahrida archa, sosna daraxtlarini rangli qog’ozdan yasalgan atirgullar, olma, pechenye, qand bilan bezatishgan.
Mundarija скрыть

2. Ilk shishadan yasalgan archa shari XVI asrda Tyuringiya (Saksoniya) da paydo bo’lgan. Shisha shishiruvchi ustalar bu sharlarni shishirgach, yordamchilari ularni qo’lda yasalgan qushchalar, qo’ng’iroqchalar, yurakchalar va hokazolar bilan yasatishgan.

yangi yil haqida qiziqarli faktlar 1

YaNGI YIL HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

3. Rang-barang lampochkalardan iborat archa bezagi 1895 yili Amerikada o’ylab topilgan.

4. 1 yanvar kuni yangi yilni qarshi olish haqida 1700 yili Rossiya shohi Petr I farmon bergan. Bunga qadar cherkovdagilar yangi yilni 1 martda, oddiy odamlar 1 sentyabrda nishonlashardi.

5. 1949 yildan beri 1 yanvar dam olish kuni hisoblanadi.

6. Qorbobo o’zining tug’ilgan kunini har yili 18 noyabrda Buyuk Ustyugda nishonlaydi. Xuddi shu kuni rosmana qish kirib, havo rekord darajada sovib ketadi.

7. Qorqiz esa o’zining tug’ilgan kunini 4 apreldan 5 aprelga o’tar kechasi Kostroma viloyatidagi Щelыkovo qishlog’ida bayram qiladi. Aynan shu qishloqda 1873 yili Aleksandr Ostrovskiy o’zining «Qorqiz» pyesasini yozib tugallagan.

8. Qadimiy Rimda yangi yilni mart oyida qarshi olishgan. Eramizdan avvalgi 46- yili imperator Yuliy Sezar yangi yil bayramini 1 yanvarga ko’chirish haqida farmon e’lon qilgan.

9. Fransiyada 755 yilga qadar yil avvalini 25 dekabrdan hisoblashgan. Keyinchalik bu sanani 1 martga ko’chirishdi. 1564 yili qirol Karl IX ning farmoniga asosan yil avvali 1 yanvardan hisoblana boshladi.

10. Eskimoslar yangi yilni birinchi qor yoqqan kuni nishonlashadi.

11. Kubada yangi yildan bir kun oldin uydagi barcha idishlarni suvga to’latib, yangi yil kechasida suvlarni ko’chaga, hovliga sepib chiqishadi. Shunday yo’l bilan gunohlardan forig’ bo’lish, yangi yilni gunohlarsiz qarshi olishga umid bog’lashadi. Kubada yangi yilni «Qirol kuni» deb atashadi.

12. Gretsiyada oila boshlig’i yangi yil kechasi ko’chaga chiqib anorni kuch bilan yerga uradi. Aytishlaricha, turli tarafga sochilib ketgan anor donalari shu xonadonga albatta omad olib kelarkan.

13. Italiyada yangi yil kechasi uydagi eski kiyim, buyumlar, mebellarni ko’chaga irg’itishadi. Qancha ko’p eski buyumni ko’chaga tashlansa, yil shuncha ko’p davlat hadya etadi deb hisoblashadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

Boshqa mavzular
YaNGI YIL HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…