Yangi yil ertaligi tadbir senariysi
Yangi yil ertaligi tadbir senariysi
DO`STLARGA ULASHING:
Rollarda sinfning barcha o`quvchilari qatnashadi.
Boshlovchi: _______________
Jodugar: _________________
Qorbobo: ________________
Qorqiz: __________________
20__ yil: ___________________
20__ yil: _____________________
va boshqa o`quvchilar she`r, qo`shiqlari bilan qatnashdilar.
Sahnaga jarangdor ovozi bilan boshlovchilar kirib kelishdi.
Boshlovchi: Assalomu alaykum mahribon ustozlar, azizi bolajonlar…
Maftuna: she`r aytadi. “Salom odobning boshi”. Sahnaga alanglagancha jodugar kirib keladi. U yoq, bu yoqqa supurgisiga minib yugurib, bolalar yoniga borib, ularni kuldiradi.
Jodugar: Voy, voy, Nimalar deb javrashyapti, yangi yil bayramiga, yangi yil bazmiga dedimi…
Boshlovchi: – Hoy, jodugar! Seni bu yerga kim chaqirdi? Rostini ayt, Qorbobo bilan Qorqizni ko`rdingmi? Ular qayerda?
Jodugar: – Bolmasamchi, Ko`rganda qandoq. Lekin ular boshqa yoqqa kelishdi. Chunki men ularga noto`g`ri yo`l ko`rsatdim, kutib ovora bo`lmang.
Boshlovchi: – Bekorlarni aytibsan. Ular kelishlari shart. Ularsiz bayram bayrammi? Hozir birgalashib chaqiramiz.
Hamma: – Qor-bo-bo, Qorbobo, Davramizga marhabo. (Uzoqdan ovozi eshitiladi).
Jodugar: – Obbo, endi nima qilaman? Ular bu yoqqa kelishyapti. Ha topdim. Archa orqasiga berkina qolay.
Qorbobo: – Salom meni jajji bolajonlarim. Mana, nihoyat huzuringizga yetib keldik… (ko`zi jodugarga t-di). Hap sanimi Jodugar, shoshmay tur. Bu yergayam kepsanda-a. Hech yomonladingmi qo`ymading-da….
Jodugar: (yelkasini qisib): – Kechiring, Qorbobo, kechiraqoling, bayram kechangizda men ham qatnashay.
Qorbobo: – Ha, mayli. Bu oxirgisi….
Jodugar: (chekkaga chiqib o`ziga-o`zi gapiradi).
– Voy, laqma Qorbobo-yey gaplarimga ishonib, meni kechirdiya. Shoshmay tursin, Yana bi-ir boplay……
Qorbobo oldiga stul ko`targan bola Q.Temur keladi.
Qorbobo: siz uzoq o`rmonlardan, tog`lardan oshib huzurimizga yetib keldingiz? Endi o`tirib dam oling. Bizni chiqishlarimizni tomosha qiling.
Qorbobo: Mayli bolalarim. Unday bo`lsa men sizlarni she`r, qoshiqlaringizni tomosha qilaman. Bolalarga murojaat qiladi. Tomosha qilamizmi. – Ha.
Boshlovchi: Bobojon endi sinfimizning a`lochi, tartibli o`quvchi sizga she`r aytib berishadi. Shahnoza, Azamat, Sarvinoz, Lobar, Nasiba, Mahliyo she`r aytishdi.
Qorbobo: Barakalla bolalarim, meni xursand qildingizlar.
Boshlovchi: Qorbobojon bizning bolalar qo`shiqlar ham biladilar, ularni eshiting. Shahnoza “Qor” qo`shig`ini aytadi.
Yoz o`tdi, qish o`tdi qish yetib keldi. Bolalar….. Qorbobo ularni maqtadi.
Qorbobo: – Barakalla, bolalarim meni juda hursand qildilaring.
Boshlovchi: Aziz mehmonlar, qadrli bolalar. Yangi 2007 yilingiz qutlug` bo`lsin! Men sizlarga uzoq-umr, sihat-salomatlik, o`qishlaringizda ulkan yutuqlar tilayman.
Sinf o`quvchilari “Archa” qo`shog`ini kuylashadi. Hamma raqsga tushadi.
Shu paytdan foydalanib Jodugar Qorboboning gapini yashirib qo`yadi.
Qorbobo: Yashang bolalarim, endi men sizlarga sovg`alarimdan beraman deb (gapini qidiradi). – Voy qopim qani?
Qorqiz: – Hozir shu yerda turgan ediku.
Qorbobo: – Ha bu yana Jodugarning ishi bo`lsa kerak. Qani bolalarim u yoq, bu yoqni ko`zgan kechiringlar-chi. Qorbobo(tomoshabin bobolardan so`raydi). Sizlar ko`rmadingizmi?
Bolalar: – Ha qopni Jodugar oldi. Shu payt sahnaga Jur`at bilan Qo`chqorvoy qop ko`tarib kirib keladilar.
Jur`at: Bobojon, bobojon mana biz topdik qopingizni, biz topdik. (xalloslagancha aytadi).
Qorbobo: Ho`sh u qayerda ekan?
Qorbobo: Mayli bolalarim, muhimi qop topildi. Jodugarning yomonligi yana amalga oshmadi. Endi biz uni kechirmaymiz.
Jodugar: (aybdor ohangda): – Qorbobo, men bugundan boshlab yolg`on gapirishni, yomonlikni tashladim. Chin so`zim.
Qorbobo: – Eh, seni qara-yu. Hech aqling kirmadi-kirmadi-da.
Jodugar: – Ho`p endi meni kechiraqolinglar.
Boshlovchi: Endi men “Qor” qo`shig`imni aytib beraman. “Ustozlar” haqidagi qo`shiqni. Shahnoza, Maftuna va boshqalar ijro etdi.
Qorbobo: Rahmat bolalarim meni juda xursand qildingiz.
Boshlovchi: Bobojon bizning o`quvchilarimiz intermediya ham tayyorlab kelishgan. Qatnashadilar.
Onasi: buvisi
Buvi: Oltinoy
Xolposhsha: Shahnoza
Madi: Muhammadjon
Halima: Diyor.
Salima: Q.Temur.
Karima: E.Azamat
Nazira: Lobar
Intermediyani zo`r qiziqish bilan tomosha qildilar.
Shu payt boshiga 2018, 2019 yozilgan bolalar kirib kelishdi.
2018 – Nodira
2019 – J.Azamatlar yangi yil bilan tabrikladilar.
Ertalik oxirida Qorbobo va Qorqiz bolalarga ertak aytib, qaysi ertakdan ekanini so`radi. Tomoshabinlar ertakni topishdi. So`ng yana qo`shiq va raqslar bo`ldi.
Yangi yil ertaligi tadbir senariysi