Yangi yil ertaligi tadbir senariysi to’liq malumot oling

Yangi yil ertaligi tadbir senariysi to’liq malumot oling

Rollarda sinfning barcha o`quvchilari qatnashadi.

Mundarija скрыть
Rollarda sinfning barcha o`quvchilari qatnashadi.

Boshlovchi: _______________

Jodugar: _________________

Qorbobo: ________________

Qorqiz: __________________

20__ yil: ___________________

20__ yil: _____________________

va boshqa o`quvchilar she`r, qo`shiqlari bilan qatnashdilar.

Sahnaga jarangdor ovozi bilan boshlovchilar kirib kelishdi.

Boshlovchi: Assalomu alaykum mahribon ustozlar, azizi bolajonlar…

Maftuna: she`r aytadi. “Salom odobning boshi”. Sahnaga alanglagancha jodugar kirib keladi. U yoq, bu yoqqa supurgisiga minib yugurib, bolalar yoniga borib, ularni kuldiradi.

Jodugar: Voy, voy, Nimalar deb javrashyapti, yangi yil bayramiga, yangi yil bazmiga dedimi…

Boshlovchi: – Hoy, jodugar! Seni bu yerga kim chaqirdi? Rostini ayt, Qorbobo bilan Qorqizni ko`rdingmi? Ular qayerda?

Jodugar: – Bolmasamchi, Ko`rganda qandoq. Lekin ular boshqa yoqqa kelishdi. Chunki men ularga noto`g`ri yo`l ko`rsatdim, kutib ovora bo`lmang.

Boshlovchi: – Bekorlarni aytibsan. Ular kelishlari shart. Ularsiz bayram bayrammi? Hozir birgalashib chaqiramiz.

Hamma: – Qor-bo-bo, Qorbobo, Davramizga marhabo. (Uzoqdan ovozi eshitiladi).

Jodugar: – Obbo, endi nima qilaman? Ular bu yoqqa kelishyapti. Ha topdim. Archa orqasiga berkina qolay.

Qorbobo: – Salom meni jajji bolajonlarim. Mana, nihoyat huzuringizga yetib keldik… (ko`zi jodugarga t-di). Hap sanimi Jodugar, shoshmay tur. Bu yergayam kepsanda-a. Hech yomonladingmi qo`ymading-da….

Jodugar: (yelkasini qisib): – Kechiring, Qorbobo, kechiraqoling, bayram kechangizda men ham qatnashay.

Qorbobo: – Ha, mayli. Bu oxirgisi….

Jodugar: (chekkaga chiqib o`ziga-o`zi gapiradi).

– Voy, laqma Qorbobo-yey gaplarimga ishonib, meni kechirdiya. Shoshmay tursin, Yana bi-ir boplay……

Qorbobo oldiga stul ko`targan bola Q.Temur keladi.

Qorbobo: siz uzoq o`rmonlardan, tog`lardan oshib huzurimizga yetib keldingiz? Endi o`tirib dam oling. Bizni chiqishlarimizni tomosha qiling.

Qorbobo: Mayli bolalarim. Unday bo`lsa men sizlarni she`r, qoshiqlaringizni tomosha qilaman. Bolalarga murojaat qiladi. Tomosha qilamizmi. – Ha.

Boshlovchi: Bobojon endi sinfimizning a`lochi, tartibli o`quvchi sizga she`r aytib berishadi. Shahnoza, Azamat, Sarvinoz, Lobar, Nasiba, Mahliyo she`r aytishdi.

Qorbobo: Barakalla bolalarim, meni xursand qildingizlar.

Boshlovchi: Qorbobojon bizning bolalar qo`shiqlar ham biladilar, ularni eshiting. Shahnoza “Qor” qo`shig`ini aytadi.

Yoz o`tdi, qish o`tdi qish yetib keldi. Bolalar….. Qorbobo ularni maqtadi.

Qorbobo: – Barakalla, bolalarim meni juda hursand qildilaring.

Boshlovchi: Aziz mehmonlar, qadrli bolalar. Yangi 2007 yilingiz qutlug` bo`lsin! Men sizlarga uzoq-umr, sihat-salomatlik, o`qishlaringizda ulkan yutuqlar tilayman.

Yana qo`shiqqa navbat beriladi.

Sinf o`quvchilari “Archa” qo`shog`ini kuylashadi. Hamma raqsga tushadi.

Shu paytdan foydalanib Jodugar Qorboboning gapini yashirib qo`yadi.

Qorbobo: Yashang bolalarim, endi men sizlarga sovg`alarimdan beraman deb (gapini qidiradi). – Voy qopim qani?

Qorqiz: – Hozir shu yerda turgan ediku.

Qorbobo: – Ha bu yana Jodugarning ishi bo`lsa kerak. Qani bolalarim u yoq, bu yoqni ko`zgan kechiringlar-chi. Qorbobo(tomoshabin bobolardan so`raydi). Sizlar ko`rmadingizmi?

Bolalar: – Ha qopni Jodugar oldi. Shu payt sahnaga Jur`at bilan Qo`chqorvoy qop ko`tarib kirib keladilar.

Jur`at: Bobojon, bobojon mana biz topdik qopingizni, biz topdik. (xalloslagancha aytadi).

Qorbobo: Ho`sh u qayerda ekan?

Qo`chqorvoy: Anavi yerda turgan ekan, u yerga bekitishibdi. Bu Jodugarning ishi. Buni Jodugar yashirgan.

Qorbobo: Mayli bolalarim, muhimi qop topildi. Jodugarning yomonligi yana amalga oshmadi. Endi biz uni kechirmaymiz.

Jodugar: (aybdor ohangda): – Qorbobo, men bugundan boshlab yolg`on gapirishni, yomonlikni tashladim. Chin so`zim.

Qorbobo: – Eh, seni qara-yu. Hech aqling kirmadi-kirmadi-da.

Jodugar: – Ho`p endi meni kechiraqolinglar.

Qorbobo: Mayli, bo`pti biz endi kulgini davom ettirsak. Yana navbatni qo`shiqqa bersak.

Boshlovchi: Endi men “Qor” qo`shig`imni aytib beraman. “Ustozlar” haqidagi qo`shiqni. Shahnoza, Maftuna va boshqalar ijro etdi.

Qorbobo: Rahmat bolalarim meni juda xursand qildingiz.

Boshlovchi: Bobojon bizning o`quvchilarimiz intermediya ham tayyorlab kelishgan. Qatnashadilar.

Onasi: buvisi

Buvi: Oltinoy

Xolposhsha: Shahnoza

Madi: Muhammadjon

Halima: Diyor.

Salima: Q.Temur.

Karima: E.Azamat

Nazira: Lobar

Intermediyani zo`r qiziqish bilan tomosha qildilar.

Shu payt boshiga 2018, 2019 yozilgan bolalar kirib kelishdi.

2018 – Nodira

2019 – J.Azamatlar yangi yil bilan tabrikladilar.

Ertalik oxirida Qorbobo va Qorqiz bolalarga ertak aytib, qaysi ertakdan ekanini so`radi. Tomoshabinlar ertakni topishdi. So`ng yana qo`shiq va raqslar bo`ldi.

Darsliklar
Yangi yil ertaligi tadbir senariysi