Yangi yil dasturxoniga pishiriqlar retsepti (foto) to’liq malumot oling

Yangi yil dasturxoniga pishiriqlar retsepti (foto) to’liq malumot oling

Bananli pirog
Mundarija скрыть

Turmush o`rtog`ingizga yoqadi!

Zarur masalliqlar: 200 gr un, 100 gr shakar, 1 choy qoshiq xamiryumshatgich, bir dona tuxum, 80 gr sariyog`, bir chimdim tuz; ichiga solishga: 3-4 ta banan, 3 dona tuxum, 3 osh qoshiq shakar, 2 osh qoshiq kakao, 180 gr kokos qirindisi.

Tayyorlanishi: 1. Eritilgan sariyog`ni shakar bilan ko`pirtiring.

2. Tuz va tuxum qo`shing.

3. Unga xamiryumshatgichni aralashtirib, masalliqlarga qo`shing-da, xamir qoring.

4. Xamirni o`rtacha qalinlikda yoyib, pishiriq qog`ozi solingan qolipga joylang. Pirog korji 180 daraja qizdirilgan gaz pechiga 10 daqiqaga qo`yiladi.

5. 3 dona tuxumni shakar bilan ko`pirtirib, kokos qirindisini qo`shing.

6. Korj yuzasiga kakao seping-da, banan bo`laklarini terib chiqing. So`ng yana kakao sepiladi.

7. Oxirida kokosli aralashmani quying. Pirog 20-30 daqiqaga gaz pechiga qo`yiladi.

Tayyorlanish vaqti 20 daqiqa

8 kishilik

yangi yil dasturxoniga pishiriqlar retsepti foto 2

Mevali «Ptifur»

Bayram dasturxonida sevib eyiladi

Zarur masalliqlar: 2 ta biskvit korji, 200 gr qaymoq, 1 st qand upasi, 100 gr marmelad, 100 gr.dan maymunjon, qulupnay, apelsin va olcha jemi; bezak uchun: mandarin, muzlatilgan maymunjon, olcha va qulupnay.

Tayyorlanishi: 1. 6 dona tuxumdan ikkita biskvit korjini tayyorlab oling (6 tuxum + 1 st shakar + 1 st un). Korjlarni qolipsiz, gaz pechi patnisida pishirganingiz ma`qul.

2. 200 gr qaymoqqa 1 st qand upasini aralashtirib, mikser yordamida engil ko`pirtiring.

3. Dumaloq, uchburchak va to`rtburchak qoliplar yordamida biskvit korjini bo`laklarga bo`ling.

4. Uchburchak shakldagi korjlarga qulupnayli, dumalog`iga olchali, to`rtburchagiga maymunjonli va apelsin jemlarini surtib chiqing (rasmga qarang).

5. So`ng korjlar ustiga krem surting va meva bo`laklari bilan bezating.

Tayyorlanish vaqti 45 daqiqa

10 kishilik

yangi yil dasturxoniga pishiriqlar retsepti foto 3

«Yangi yil» torti!

Busiz bayram bayram emas!

Zarur masalliqlar. Xamiriga: 2 st.dan qand upasi va un, 5 osh qoshiq kakao,2 dona tuxum, 0,5 st o`simlik yog`i,1 st sut, 1 choy qoshiq sirka, 1,5 choy qoshiq iste`mol sodasi, bir chimdim tuz, 1 st qaynoq suv. Kremiga: 500 gr qaymoq, 120 gr shakar, 100 gr muzlatilgan olcha (yoki uning murabbosi); bezak uchun: 2 ta kivi, 1 ta anor.

Tayyorlanishi: 1. Tuxumni mikser yordamida ko`pirtiring. Tuz, qand upasi va sut qo`shing.

2. O`simlik yog`i va kakaoni solib, aralashtiring.

3. Iste`mol sodasini sirka bilan birlashtirib, masalliqlarga qo`shing. Un solib aralashtiring. Oxirida qaynoq suv quyiladi.

4. Xamirni pishiriq qolipiga joylab, qizdirilgan gaz pechiga qo`ying. Korj o`rta µaroratda 40-45 daqiqada tayyor bo`ladi.

5. Qaymoqqa shakarni aralashtirib, mikser yordamida krem tayyorlang.

6. Korjni uch qismga ajrating. Har birining orasiga krem surtib, olcha donlarini terib chiqing.

7. Tort ustiga quyuq qilib krem surtiladi. Va parraklangan kivi va anor donalari bilan bezatiladi. Shirinlik dasturxonga tortiq etilguniga qadar muzlatgichda turgani ma`qul.

Tayyorlanish vaqti 1 soat

8 kishilik

yangi yil dasturxoniga pishiriqlar retsepti foto 4

«Turron»

Mazasi og`zingizda qoladi!

Zarur masalliqlar:100 gr.dan bodom, pista, funduk, 150 gr suyuq asal, 100 gr shakar, bir dona tuxum oqi, 50 gr qand upasi.

Tayyorlanishi: 1. Bodom va funduk mag`zini 10-15 daqiqaga issiq suvga solib qo`ying. So`ng gaz pechida quritib olasiz.

2. Asalni o`rta olovda eriting. Qaynab chiqqach, shakar qo`shing. Qiyom quyilguniga qadar aralashtirib turing.

3. Tuxum oqini mikser yordamida ko`pirtiring. Qand upasini qo`shing.

4. Ko`pirtirilgan tuxumga oz – ozdan asalli qiyomni qo`shib, mikser yordamida ko`pirtirasiz.

5. Pishiriq qog`ozi solingan qolipga yong`oqlarni qo`ying (pishiriq qog`ozi ustiga o`simlik yog`i yoki sariyog` surtiladi).

6. Yong`oqlar ustidan tuxumli aralashmani soling-da, yuzasini tekislang. Shirinlik ustini pishiriq qog`ozi bilan yopib, 3-4 soatga muzlatgichga qo`ying.

7. Tayyor bo`lgach, istalgan ko`rinishda kesing-da, dasturxonga tortiq eting.

Tayyorlanish vaqti 4 soat

8 kishilik

yangi yil dasturxoniga pishiriqlar retsepti foto 5

Limonli pirojniy

Faqat yangi reseptlar!

Zarur masalliqlar. Xamiriga: 3 dona tuxum, 100 gr shakar, 70 gr un, 1 osh qoshiq kartoshka kraxmali; limonli kurd uchun: 2 dona tuxum, 60 ml limon sharbati, 80 gr shakar, 1 osh qoshiq limon sedrasi; muss uchun: 200 ml qaymoq, bir dona tuxum, 100 gr shakar, 150 ml sut, 1 choy qoshiq jelatin, 3 osh qoshiq limon sharbati, 2 osh qoshiq kartoshka kraxmali.

Tayyorlanishi: 1. Tuxum sarig`ini shakar bilan ko`pirtiring. Oqini aloµida ko`pirtirasiz.

2. Unni kartoshka kraxmali bilan birlashtiring.

3. Tuxum sarig`iga unli aralashmani qo`shing. So`ng tuxum oqi solinadi.

4. Biskvit xamirini pishiriq qolipi solingan patnisga soling-da, yuzasini tekislang. Korj qizdirilgan gaz pechida 8-10 daqiqada pishadi.

5. Limonli kurd tayyorlaymiz: limon sharbati, sedrasi va shakarni aloµida idishda aralashtirib, olovga qo`ying. Tuxumni aloµida ko`pirtiring. Limon qiyomi qaynab chiqqach, ko`pirtirilgan tuxumni qo`shib, quyilgunigacha aralashtirib turing.

6. Limonli kurdni suzgichdan o`tkazib oling.

7. Muss tayyorlash uchun limon sharbatiga jelatinni aralashtiring. Aloµida idishda kartoshka kraxmali, 50 gr shakar va tuxumni aralashtiring.

8. So`ng iliq sut va jelatinni qo`shib, quyilgunigacha qaynating.

9. Qaymoqni shakar bilan ko`pirtiring va limonli muss qo`shing.

10. Biskvit korjini uzunasiga uch qismga bo`ling. Har birining orasiga krem surting.

11. Shirinlikning ustki qismiga limonli kurd surtiladi (rasmga qarang).

Tayyorlanish vaqti 1 soat

8 kishilik

yangi yil dasturxoniga pishiriqlar retsepti foto 6

Pazanda
Yangi yil dasturxoniga pishiriqlar retsepti (foto)