Yangi yil bayramiga uyni bezatamiz: dizaynerlar maslahati
Bugun biz uyimizda Yangi yil bayramini chinakamiga his qilishga yordam beradigan o‘ziga xos sehrli muhit yaratuvchi g‘oyalar to‘g‘risida aytmoqchimiz. Yevropa an’analariga ko‘ra uyni archa bilan bir qatorda ignabargli daraxt shoxlari bilan ham bezatiladi. Yaxshisi, sun’iy shoxlarni tanlab, kirish eshigiga ichkaridan o‘rnatgan ma’qul. Karnizlar va xona eshiklarini har xil marjon shaklidagi o‘yinchoqlar bilan bezash mumkin. Javon tokchalariga esa yangi yilga oid har xil shakldagi figurachalar qo‘yib chiqsangiz bo‘ladi. Bu mavsumda uyni qo‘lda yasalgan har xil narsalar bilan yasatish urf bo‘lgan. O‘zimiz qarag‘ay shoxlarini taxlab chiroyli qilib bog‘laymiz va ustiga sun’iy qor sepib, o‘tinlar bog‘lamiga o‘xshatib archa tagiga qo‘yamiz. Ko‘pincha, uy archaga monand ravishda bezatiladi yoki aksincha archa uy bezaklari rangiga qarab yasatiladi. Yangi yil dasturxoni uyning bezaklariga mos tushuvchi rangda tanlanadi. Agar uy bezaklari qizil yoki tilla rangli tusda bo‘lsa qizil rangli dasturxon, agar ko‘k yoki kumush rangli bo‘lsa sovuq rang tusidagi dasturxonni tanlaganingiz ma’qul.Yangi yil bayramiga uyni bezatamiz: dizaynerlar maslahati
DO`STLARGA ULASHING:
Har burchakda bayram nafasi
Hand-made
O‘xshash ranglarda bezash
Dasturxon va shamlar
Yangi yil bayramiga uyni bezatamiz: dizaynerlar maslahati