Yangi yil bayrami uchun she’rlar to’plami
Assalom, Yangi yil, yangi rejalar, Yangi o’y-rejali kunduz-kechalar! Yangilik yaratgan qo’llar bor bo’ling. Yaxshilik chorlagan yillar bor bo’ling! Assalom, Yangi yil, yangi kashfiyot, Mo’l bo’lsin senda baxt-saodat ziyoda, Barchaning orzusi ushalsin, do’stlar, Mehrdan poyondoz to’shalsin, do’stlar! Xush kelibsan,elimizga,Yangi yil, Ziyo sochgin yo’limizga,Yangi yil, Zafar keltir, tinchlik,omonlik, Quvonch keltir,elimizga,Yangi yil! Yana kulib keldi Yangi yil, Qordek oppoq orzular bisyor, Ezgulikka yo’g’rilgan qalblar, Davra qurib aytaylik alyor! Man, man, man, man, Man Yalmog’iz bo’laman. Supurgimni minvolib, Goh sayohat qilaman. Yashayman men o’rmonda, O’rmonda yey! Dorilamon zanomda , Zamonda yey! Yomonlarni qaqshatib, Qaqshatib ey! So’ng qilaman sharmanda, Sharmanda yey! Jazolash-chun har doim, Shamol kabi yelaman. Qanch xatlar borsa ham, Bir yilda bir kelaman. Lanchaki-yu yalqovni Juda yomon ko’raman, Supurgim omon bo’lsa, Man jazolab turaman. Darsdan qochsangiz agar, Sira-sira kechirmam. Supurgim-la xo’p silab, Aslo-aslo tindirmam. Man, man, man, man, Man Yalmog’iz bo’laman. Davrani kengroq oling, Man qizdirib beraman. Orqamda qopim katta, Unda bordir, albatta. Shirin kulcha, yong’oqlar, Konfet-u o’yinchoqlar. Ulashaman sizlarga, Dono o’gil-qizlarga! Bo`ylari shiftga yetgan, Igna bargli, ko’k archa Zar-u marjonlar taqib, Yasanishing o’zgacha. Yangi yil bayramida Qorboboni kutamiz Qop orqalab kelsa gar, Zavqqa to’lib ketamiz. Kichkintoylar kuylashib, Atrofingda aylanar. Egningdagi chiroqlar, Kech kirganda tovlanar. Ko’rkam archa, ko’k archa, Bayramda bosh qahramon. Baland toglar oshib kel, Uyimizga bo’l mehmon. Orziqib kutilgan aziz mehmondek Tashrif buyurmoqda Yangi yilimiz. Qalbimiz yorishib nurli osmondek, Go‘zal his-tuyg‘uga to‘lar dilimiz. Yangi yil kutmoqlik ezgulik tilab, Ulug‘ ahd sanalur har xonadonda. Shodon chehralarda gul ochar xanda. Orzular mazmuni – tinchlik, omonlik, Gulzordek yashnasin ona-yurt bog‘i. Xayr, xayr mehmonlar, O’g’il qizu chaqqonlar Rosa g’ayrat qildingiz, Bir yil o’sib ulg’ayib. Eski yilni kuzatib Yangisini qarshilabsiz. Ko’rayapsiz jujoqmon. Endi tilim chiqyapti, Sizla o’sdim, o’rgandim, Va bir yoshga ulg’aydim. Muddatim tugab men ham Ketish navbati yetdi. Salom, salom mehmonlar. O’g’il qizu chaqqonlar Rosa g’ayrat qilibsiz, Ziyofat tuzatibsiz, Yangi yilni qarshilab, Eskisini kuzatibsiz Eski yilni muddati Tugab tarixga ketdi. Yangi yil bo’lib men ham Kelish navbatim yetdi. Ko’rayapsiz jujiqman, Yillar ichra kichikman Keldim sizga o’sgani, Ko’p zafarlar quchgani. Meni seving shu onda Siznikiman shu ondan. Ota, ona, bobolar Ham mehribon momolar. Menda g’ayrat qilurman Sur’atim oshirurlar, Siz ham a’lo o’qingiz Bilimlarni o’qingiz Siz o’sibsiz bir yoshga Yurt kon bo’lsin non oshga Muhammad Yusuf Ko‘ngil ma’yus tortdi yilning so‘ngida, Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor. Bugun kuppa-kunduz ko‘zim o‘ngida, Yana bir yoshimni o‘g‘irlading, qor. Qirqinchi qasrimga o‘taymi endi, Kechagi yoshligim ertakmi endi?.. Bahorim yetgudek qo‘lim uzatsam, Yetolmay dilimni ne deb yupatsam. Laylakqor, azizim, g‘alat bayram bu — Kulib kuzatsammi, yig‘lab kuzatsam… Dardim jim ichimga yutaymi endi, Kechagi yoshligim ertakmi endi? So‘rsang, sevinchimdan o‘kinchim ko‘proq, Sendan-da kumushroq sochimdagi oq. Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda, Ko‘zda tabassum-u kiprikda titroq. Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi, Kechagi yoshligim ertakmi endi? Yangi yil, Kelaver qanday kelsang ham, Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi. Sen yangi yo‘ldoshsan, sen yangi hamdam, Yo‘qlab kelganingni o‘zi bir bayram. Qulog‘ingga bir gap aytaymi, endi, Kechagi yoshligim ertakmi, endi… Nodira AFOQOVA Shaffof qadahlarda ko‘pirgan ne u? Qo‘llarim, ne uchun titraysiz endi? Oynada qahraton emas u, gul-ku, Ertagacha hali bu tun uzundir. So‘raymiz “Devonu lug‘otit turk”dan, “Yil”, axir, ”yel» emas, titramang, ey dil. “Yil”, axir, shunchaki guvranib yotgan Poygadan shafqatsiz ezilgan yo‘ldir. Kiprigim torida titrama, ey yosh – Kiprigim toriga osilgan dunyo… Dunyo, bu ne asror, meni qil ogoh: Poyimda – xazonlar o‘ynar beparvo, Ortimda – qirq yillik yashin urgan bog‘, Ko‘ksimda – manguday guvlagan daryo… Abdulla Murodulla Mana yana kelmoqda sog‘ingan damlar Ko‘chada bezatilgan yashil archalar Archani yonida go‘zal qizchalar Qarasam ularga hayolim olar Bugun mana hamma bahtli yuribdi Dillarga to’lgandir shirin orzular Vatanim yanada go’zal bo‘libdi Har yerda yangi yil shukuhi kezar Umrimizning o’tibdi yana bir yili O’ynaylik kulaylik yangi yil kuni Yilda bir marta bo’lar axir bu damlar Yangi yil muborak aziz odamlar Barchaga olib kelsin baht va omad Hammani ishida bo’lsin daromat Dildagi orzular bari ushalsin Yangi yil yangi kun muborak bo‘lsin Keldi mana yangi yil Sog’intirib dillarni Doim bahtga to’ldiring Sog’ingan ko’ngillarni Yuzingizdan tabassum Arimasin sira ham Qutlayman chin qalbimdan Bayramingiz bilan man Bir chetga surib g’amni Quving dildan alamni Sizni tabriklay deya Qo’lga oldim qalamni Qorbobojon shu deseng. Sendan bordir tilagim. Van Damdikidek bo’sin. Bu yil mani bilagim. Malol kelmasa bobo. Puldan bergin sal ko’pro. Ishim doim yugursin. Bo’masin xech muammo. So’rashga ham xijolat. Harkimga ham tol’e bu.. Ko’rsatib bir mahorat. Sovg’a qilgin Malibu.. Pul endi qo’lni kiri. Qo’lim shu yil kir bo’sin. Tilaklarimdan biri. Malibu pulga to’lsin. Bobo endi bilasan. Hammasi bir hal bo’sin. Yangi yilda yor bergin. Rayxondan go’zal bo’sin. Uyimni ham bitiray. Bir haftalik to’y qilay. Shuncha qiynalib yurdim. Shu yil bir xuzur ko’ray. Kamtarona tilagim. Bori shundan iborat. Sezmoqdadur yuragim. Bari bo’lar ijobat. Mayliga hovlimiz qorga to’lsa ham. Archa atrofida barchamiz masrur. Mayliga qorbobo soxta bo’lsa ham. Yangi yilga yetdik Hudoga shukur. Eski yilda qolsin, ginayu kudrat. Xafalashgan do’stga ko’rsating xurmat. Xayot og’ir qadam tashlagan fursat. Yangi yilga yetdik Hudoga shukur. Eski yilda qolsin barcha dardimiz. Eski yilda qolsin armonlarimiz. Yangidan kuch olib darmonlarimiz. Yangi yilga yetdik Hudoga shukur. Tinchgina diyorda, shodonu xurram. Kutib olinmoqda yangi yil bayram. Goxo xorib qoldik, goxida shaxdam. Yangi yilga yetdik Hudoga shukur. Erkin Vohidov Buncha ham chiroylisan, Yam-yashilsan har qachon! Yangi yilning ko‘rkisan, Sevimlisan, archajon. Qish boboning uyida Aziz mehmon — ko‘klamsan. Bugun uning to‘yida Ayniqsa soz — ko‘rkamsan. Ko‘ylagingga juda ko‘p Zar tugmalar taqilgan. Shoxlaringda qizil, ko‘k… Lampochkalar yoqilgan. Bo‘yim yetmas shoxingga, Lekin, ey archajonim! Tabelimda bor senga Atab tizgan marjonim! Senga deb tizgan marjon A’lo baholarimdir. Kel, taqib qo‘yay, archam, Shoxlaringni egib tur. Pok qalbli insonni qutlab – e’zozlab, Baxtli tong otmoqda – YANGI YIL tongi. Kelajak mexri-la dillarni sozlab, Xusunkor yangraydi xayot oxangi. Mana bugun xayr xo’sh, Qilajakmiz sen bilan. Yangi yilda o’qiylik Faqat “to’rt-u” “besh” bilan. Sizni kutadi Vatan, Kutar yorug’ Istiqlol. Bolalar ochib dilni Kitaylik Yangi yilni. Yangi yilning sovg’asi, Xush kelibsan Yangi yilim. Yildan-yilga Yaxshi yilim. Maktabimda O’z safimda Quvnab-quvnab Oldim bilim. Bayram to’ying Qo’shiq kuying, Ochar doim Bahri dilim. Yangi yilim -Yaxshi yilim. sadikov.uzYangi yil bayrami uchun she’rlar to’plami
DO`STLARGA ULASHING:
Assalom yangi yil
Xush kelibsan yangi yil
Keldi yangi yil
Yalmog’iz kampir she’ri
Qorbobo qopi
Yangi yil archasiga
Yangi yilimiz
Eski yil nutqi
Yangi yil nutqi
YANGI YIL KECHASI
31 DEKABR
Yangi yil muborak!
Keldi mana yangi yil
Qorboboga hazil she’r
Yangi yilga yetdik
Yangi yil archasi
Yangi yil tonggi
Yangi yilda a’lo o’qiylik
Yangi yilni kutamiz
Yangi yilni qutlaymiz
Bezatilgan archasi.
Biz ashula aytamiz,
Yangi yilni qutlaymiz.
Lay-lum, la-la-lum,Yangi yilim – yaxshi yilim
Yangi yil bayrami uchun she’rlar to’plami