Yangi yil bayrami tarixi

Yangi yil bayrami tarixi
yangi yil bayrami

elka2 1

Yangi yil bayrami tarixi

Mundarija скрыть
Yangi yil bayrami tarixi
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Yangi yil bayrami tarixini bilasizmi?
Sanoqli kunlardan so‘ng barchamiz uzoq kutgan Yangi yil kirib keladi. Nafaqat bizlar, balki ota-onalarimiz ham bu bayramga o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
Ayniqsa, 31-dekabr kuni uyqudan turishimiz bilan oshxonadan kelayotgan  shirinliklarning  hushbo‘y hidi,  turi-tuman mevalar, har  xil noz-u-nematlarning yoqimli ifori kimni quvontirmaydi deysiz.
Uyning bir chetida katta qilib bezatilgan archa, unga ilingan  o‘yinchoqlarning go‘zalligi,  rang-barang  archa  chiroqlari yonganida esa quvonganimizdan sakrab, chapak chalib yuborishimiz bu bayramning naqadar zavqli ekanligini bildiradi. Yana Qorbobo bilan Qorqizning sovg‘a-salomlar bilan uyga kirib kelganidagi quvonchmizni tariflab ham bo‘lmaydi.
Shunday go‘zal bayram qayerdan kelgan? Birinchi bo‘lib kim boshlab berganligi bilan qiziqdim. Keling, sizga ham aytib beray…
Yangi yilni kutish odati hamma xalqlarda bor. Ko‘pchilik xalqlarda Yangi yilda archa chiroqlarini yoqish odati uzoq zamonlardan yetib kelgan ekan. Bu odat qadim zamonlarda Germaniyada istiqomat qilgan xalqlarda paydo bo‘lgan. O‘sha uzoq o‘tmishda odamlar qish vaqti o‘rmonda doimiy yam-yashil archa atrofiga to‘planishib, gulxan yoqishgan, qo‘shiq aytib, o‘yin-kulgi qilishgan.
Bilasizmi do‘stlar, Yangi yil hamma xalqlarda birday 1-yanvardan boshlanmas ekan.  O‘rta Osiyo va yaqin Sharq xalqlarda Navro‘z bayrami qadimiy, an’anaviy yangi yil bayrami hisoblanadi.
Qadimgi rimliklarda mart yilning birinchi oyi hisoblangan, chunki bu vaqtda dala ishlari boshlangan.Yil 10 oydan iborat bo‘lgan, keyin oylar soni 2 ta ko‘paygan.
Miloddan avval 46-yilda Rim imperatori Yuliy Sezar yilning boshlanishini 1-yanvarga ko‘chirdi. Keyinchalik, uning nomi bilan atalgan Yuliy taqvimi butun Yevropaga tarqaldi. Shu tariqa yangi yilni qish vaqtida kutish rasm bo‘lgan ekan.

erkatoy.uz

Yangi yil bayrami tarixi