Yangi vaksinani 1 million doza xarid qilish va aholini ixtiyoriy emlash taklifi kiritildi

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig`ilishida aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash tadbirlarini tashkil etish va vaksinani mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi

Ma`lum qilinganidek, Rossiyaning Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Sputnik V” vaksinasi uchinchi bosqich klinik sinovlari natijalari asosida O`zbekistonda sertifikatlashtirilgan holda ommaviy qo`llash jarayoniga ruxsat etilgan. Bugungi kunda ushbu vaksinadan 1 million doza xarid qilish yuzasidan amaliy choralar ko`rilmoqda. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Xitoy Xalq Respublikasiga tashriflari chog`ida Innovasion rivojlanish vazirligi (O`zbekiston) Fan va texnika vazirligi (Xitoy) o`rtasida ilmiy-texnik hamkorlik bo`yicha quyi qo`mita faoliyati yo`lga qo`yilgan edi. Mazkur qo`mita tomonidan koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishda hamkorlik o`rnatish bo`yicha ham amaliy choralar ko`rilmoqda. 

Jumladan, Xitoyning “Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.,Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan “ZF 2001” vaksinasining uchinchi bosqich klinik sinovlari Xitoydan tashqari birinchilardan bo`lib O`zbekistonda muvaffaqiyatli o`tkazilmoqda. Hamkorlik doirasida Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi tomonidan belgilangan tartibda mazkur vaksinaning barcha xavfsizlik ko`rsatkichlari sinovdan o`tkazildi, uning ijobiy natijalari asosida hamda Etika qo`mitasining vaksinani klinik tadqiqotlari o`tkazishning etika jihatidan asoslanganligi to`g`risidagi xulosalari asosida aholi orasida uchinchi bosqich klinik sinovlarga yo`naltirildi.

Bugungi kungacha klinik sinov talabiga muvofiq “vaksina/plasebo” sxemasi asosida 6 830 nafar ko`ngilli emlangan, ularning birortasida o`ta nojo`ya ta`sirlar kuzatilmagan. “Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.,Ltd” kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinani yaratishda O`zbekistonning hissasi va ca`y-harakatlarini inobatga olib, mamlakatimizni “ZF 2001” vaksinani birga yaratgan hammuallif mamlakat sifatida belgiladi. Ushbu yangi vaksinani “ZF-UZ-VAC 2001” nomi bilan birgalikda ishlab chiqarish va foydalanilishga kelishilgani bildirildi. 

Shuningdek, “Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.,Ltd” kompaniyasi tomonidan mazkur vaksinani O`zbekistonda mahalliylashtirish maqsadida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan bir qator farmasevtika korxonalari faoliyati o`rganildi, laboratoriya hamda texnik va ishlab chiqarish quvvatlarini inobatga olib, “Jurabek Laboratories” MChJ QK tanlandi.

Yig`ilishda ushbu vaksinaning mamlakatda uchinchi bosqich sinovlari muvaffaqiyatli o`tkazilayotgani va O`zbekistonni bu vaksina yaratilishi va ishlab chiqarishda hammuallif davlat etib belgilanganligini inobotga olib, “ZF-UZ-VAC 2001” vaksinasini favqulotda vaziyatlarda foydalanishga ruxsat berish masalasi muhokama qilindi. Shu maqsadda koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash tadbirlarini tashkillashtirish borasida ko`rilayotgan choralar, “ZF-UZ-VAC 2001” vaksinasidan 1 million doza xarid qilish va mamlakatimiz aholisini ixtiyoriy ravishda ommaviy emlash tadbirlariga yo`naltirish masalalasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga muhokamaga kiritish bo`yicha respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya