YANGI SHOTLANDIYA haqida

YANGI SHOTLANDIYA haqida

YANGI SHOTLANDIYA

YANGI SHOTLANDIYA — Kanadaning jan. sharqiy qismidagi provinsiya, Yangi Shotlandiya ya. o. va KeypBreton o. da. Mayd. 55,3 ming km2. Aholisi 944,7 ming kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Galifaks shahri Yangi Shotlandiya iqtisodiy jihatdan rivojlangan provinsiya. Foydali qazilmalardan koʻmir, barit, gips qazib chiqariladi. Qora metallurgiya, neftni qayta ishlash, kokskimyo, transport mashinasozligi, oziq-ovqat, sellyulozaqogʻoz va yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Q. x. shahar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Bogʻdorchilik rivojlangan. Yangi Shotlandiyaning tub aholisi indeyslar. 17-asrning boshlaridan yevropaliklar — fransuzlar va inglizlar koʻchib borgan. AngliyaFransiya urushidan soʻng 1713-yildan 1867 yil gacha Buyuk Britaniya mulki.

Ensiklopediya.uz
YANGI SHOTLANDIYA