Yangi «Pokemon GO» o’yini haqida
Google Play va App Storeda yaqindagina paydo bo’lgan Pokemon Go o’yini yuklab olishlar soni bo’yicha barcha o’yinlarni ortda qoldirmoqda. Ushbu o’yin hozircha AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya va boshqa bir nechta davlatlar uchungina mo’ljallangan. Ushbu maqolada biz Pokemon Go o’yini, uni qanday o’ynash va o’rnatish haqida ma’lumot berib o’tamiz.
Pokémon GO — bu Nintendo, Pokémon Company va Niantic kompaniyalarining Android va iOS qurilmalari uchun tuzgan ko’p foydalanuvchili mobil o’yini bo’lib, unda voqealar reallikka asoslangan.
O’yin davomida har bir foydalanuvchi o’zining ajoyib va kulguli pokemonlariga ega bo’ladi. Eng asosiysi esa ushbu o’yin uydagi kompyuter qarshisida emas, balki ko’chalarni kezgan holda o’ynalishi o’yinga qiziqishni yanada oshiradi.
Bundan tashqari o’yinda maxsus topilmalar mavjud bo’lib ular asosan shaharning eng qiziqarli joylarida namoyon bo’ladi. Izlab topilgan topilmalar esa ko’pgina bonuslarni qo’lga kiritishingizga yordam bera.
Qiziqarlisi o’yin jarayonida hech qanday cheklovlar mavjud emas. Pokemon GO o’yinida foydalanuvchilar bir-birlari bilan musobaqa qilishlari ham mumkin. Hozircha o’yin MDH davlatlari uchun mavjud emas.
iOS foydalanuvchilari ushbu o’yinni o’ynash uchun o’z akkauntlarida davlatni AQSH, Avstraliya yoki Yangi Zelandiya almashtirish tavsiya etiladi. Buning uchun quyidagi amallar bajariladi.
- Smartfoningizdagi Apple ID yoki kompyuteringizdagi iTunes akkauntingizdan chiqasiz.
- Yuqoridagi davlatlar uchun mo’ljallangan do’konga o’tish uchun «horijiy» Apple ID ga kirasiz.
- App Store dan Pokémon GO o’yinini izlab toping.
- Dasturni yuklab olib, uni o’rnating. Shundan so’ng Apple ID ni o’zingiznikiga o’zgartirib qo’ying.
Diqqat qiling: qachonki o’yin sizning hududingiz uchun rasmiy ravishda paydo bo’lganida Pokémon GO ni o’chirib yuborib, uni o’zingizning akkauntingiz orqali yuklab olishingiz kerak, yo’qsa o’yindagi barcha jarayonlar o’chib ketadi.
Android foydalanuvchilari uchun Pokémon GO o’yinini o’rnatish bir qancha osonroq. Buning uchun kerakli APK faylni ko’chirib olib, uni o’rnatishingiz kifoya qiladi. APK faylni bu yerdan ko’chirib olishingiz mumkin.
O’rnatish vaqtida o’yin so’raydigan huquqlarga e’tibor qaratishingizni so’raymiz. Ular huddi yuqoridagi skrinshotda ko’rsatilganidek bo’lsin.
Siz Pokémon GO ni o’ynab ko’rdingizmi? Fikrlaringiz yozib qoldiring!
Mobil Dasturlash
Yangi «Pokemon GO» o’yini haqida