“Yangi O‘zbekiston – Yangicha dunyoqarash” mavzusida o‘tkazilgan tadbir to’liq malumot oling

“Yangi O‘zbekiston – Yangicha dunyoqarash” mavzusida o‘tkazilgan tadbir to’liq malumot oling

Joriy yilning 2020 yilning 2 dekabr kuni Toshkent arxitektura qurilish institutining Arxitektura fakultetida Kovirking markazida “YANGI O‘ZBEKISTON – YANGICHA DUNYOQARASH mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F.Mirzaeva, Xotin-qizlar kengashi raisi F.Qosimova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini N.B.Kurbonova hamda “Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi kafedrasi” ni dotsenti Talipov Moxirjon Agzamovich va shu kafedra assistenti Umarov Otabek Zulfikarovichlar ishtirok etdilar.

Ushbu tadbir pandemiya davrida davlatimiz tomonidan yoshlarni  ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni ijtimoiy faolligini oshirish birinchi navbatda ehtiyojmand qatlam vakillariga katta e’tibor qaratish, shuningdek islohotlar mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazish, uning har bir kishi hayotiy  kelajagiga ta’sirini tushuntirish maqsadida “Vatanni sevmoq iymondandur” shiori ostida tashkil etildi.

Tadbir davomida “Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi” kafedrasi assistenti Umarov Otabek Zulfikarovich tomonidan o‘tkazilgan tadbirning mazmun – mohiyatini talabalarga atroflicha yoritib berdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev boshchiligida “Milliy tiklanishdan-milliy taraqqiyoi sari”  g‘oyasi asosida izchillik bilan amalga oshirilayotgan tub islohatlar tufayli Yangi O‘zbekistonda erishilgan yutuqlarimiz xaqida gapirib o‘tdi hamda “Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi kafedrasi” dotsenti Talipov Moxirjon Agzamovich tomonidan talabalarga yurtimizda qurilayotgan turar-joy va noturar binolari xaqida ma’lumot berildi hamda Yunus obod tumanida kurilayotgan Toshkent arxitektura qurilish instituti binosi to‘g‘risida, undagi kutilayotgan qulayliklar to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi.

Shndan so‘ng, fakultetimizning sportchisi 3-bosqich talabasi Badalov Yusuf  karate sport turi bo‘yicha egallagan 30 dan  ortiq  faxrli o‘rinlari, o‘z yutuqlari haqida talabalarga ma’lumot berdi va sport bilan shug‘illanishga undadi.

Shuningdek, fakultet iqtidorli talabalari tomonidan Vatanni madh etuvchi she’rlar va qo‘shiqlar ijro etildi hamda “YANGI O‘ZBEKISTON – YANGICHA DUNYOQARASh” nomli tadbirimizni qiziqarli savol-javoblar va viktorinalar bilan davom ettirilib faol ishtirok etgan talabalarga badiy kitoblar sovg‘a qilindi.

Darsliklar
“Yangi O‘zbekiston – Yangicha dunyoqarash” mavzusida o‘tkazilgan tadbir