»Yangi O’zbekiston mening nigohimda» mavzusida esse
»Yangi O’zbekiston mening nigohimda» mavzusida esse
DO`STLARGA ULASHING:
Yangi O’zbekiston-bu oddiy jumla emas,bu ishonch kelajakka bo’lgan yaxshi umid.Xalqimizda »Hamma narsa niyatga bog’liq»,degan ajoyib naql bor.Bu ham niyat-yaxshi va ezgu niyat.Lekin ko’zimiz tushgan muammoga »mana senga yangi O’zbekiston!» deb gapiraversak,fikrlarimiz va so’zlarimiz kabi eski bo’lib qolaveramiz.Hamma narsaga birdaniga erishib bo’lmaydi.Inson tug’ilgan zahoti o’qishni bilmagani,universitetga kirgan zahoti ilmli bo’lmagani kabi hamma narsaga erishish uchun vaqt tajriva kerak.5 ta barmoqni birdaniga og’izga solmasdan yaxshi niyat bilan hamma harakat qilsagina,yangi rivojlangan O’zbekiston qura olamiz.Ta’kidlash joizki »Yangi O’zbekiston-bu avvalo,yangicha iqtisodiy munosabatlar,yangicha iqtisodiy dunyoqarash demakdir»-Shavkat Miromonovich Mirziyoyev.
O’zbekistonimizning gullab-yashnash,tinch-osudaligi,kundan-kunga har sohada o’sib borayotganligining asosiy sababchisi deya prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni barallla ayta olamiz.Bunga isbot tariqasida yurtimizda so’nggi 5yilda 64ta yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etilganligi,bitiruvchi yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 28foizga yetkazilganiligini va yana bir qancha sabablarni ko’rsatib o’tishimiz mumkin.
Mening fikrimcha,O’zbekistonning yanada rivojlanishi,unib-o’sishi va davlatlar orasida yetakchi davlat bo’lib yetishishi uchun ta’lim sohasiga ko’proq e’tibor qaratish kerak.Zero har qanday nojo’ya xatti-harakat qoidalariga to’gri kelmaydigan ishlar faqatgina bilimsiz,madaniyatsiz va dunyoqarashi tor bo’lgan kishilardan chiqadi.Agarda mamlakatimizda o’qimagan,ishsiz insonlar soni yildan-yilga kamayib borsa va umuman qolmasa,mamlakatimizda kambag’allar soni kamayadi va mamlakatimiz davlatlar orasida, iqtisodiy va siyosiy jihatdan ham sezilarli darajada yuksaladi.
Jomboy tumani 46-maktab 10-sinf o’quvchisi Muzaffarova Jasmina.
manba: insholaruz.ulkansayt.uz
»Yangi O’zbekiston mening nigohimda» mavzusida esse