Yangi oʻquv yili uchun darsliklar ijarasi narxi eʼlon qilindi
2-sinf
Haj safari 2023 – yil (1444-hijriy)
Haj safari dasturi va narxiga kiritilgan:
– Saudia Arabistoni – rasmiy Haj vizasi
– Aviachiptalar Toshkent shahridan
– Madina hamda Makka shahridagi mehmonxonalar 4* va 5*
– Ertalabki nonushta va kechki ovqat
– Mino, Muzdalifa va Arofat tog’larida ziyoratchilarimiz uchun mahsus palatkalar
– Makkadan Madinaga olib boruvchi zamonaviy LUX avtobus transfer xizmatlari
– Aeroportdan kutib olish va kuzatib qo’yish xizmatlari
– Qurbonlik (qo’y so’yish)
– Madina va Makkada Haj amallarini o’rgatuvchi tajribali Hojiboshi xizmati
– Barcha xonalar 4-5 kishilik sharoitda beriladi (ziyoratchining talabiga ko’ra qo’shimcha haq to’langan hollarda xona sharoitlari o’zgartirilishi mumkin)
– Diqqat Ziyoratchilarimiz uchun:
– Haj qiluvchining elektron QR kodli kartalari
– Zam-zam suvi
– Nimcha
– Sumka
– Beyjiklar taqdim qilinadi.
Yangi oʻquv yili uchun darsliklar ijarasi narxi eʼlon qilindi
Darsliklar toʻplami uchun ijara toʻlovlarini hisoblash tizimini soddalashtirish va ota-onalarga qulayliklar yaratish maqsadida 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab, bir dona darslik yoki mashq daftari uchun yagona ijara toʻlovi – 2200 soʻm miqdorida joriy qilindi.
Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi xabar bermoqda.
Toʻplam tarkibidagi darsliklar va mashq daftarlari sonidan kelib chiqib, sinflar va taʼlim tillari kesimida ijara toʻlovi miqdorlari belgilandi.
Darsliklar toʻplami uchun ijara toʻlovini amalga oshirish muddati 10-oktyabrgacha uzaytirildi. Yoki ota-onalarda mazkur toʻlovni amalga oshirish bilan bogʻliq muammo mavjud boʻlsa, ijara toʻlovi muddatini uzaytirish ham mumkin. Bunda mazkur toʻlovning 50 foizi 10-oktyabrgacha, qolgan qismi esa 30-noyabrgacha toʻlanadi.
2-sinf
Oʻzbek, rus tillarida – 12 ta darslik – 26400 soʻm
Qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman tillarida – 13 ta darslik – 28600 soʻm
3-sinf
Oʻzbek, rus – 11 – 24200 soʻm
Qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman – 12 – 26400 soʻm
4-sinf
Oʻzbek, rus – 11 – 24200 soʻm
Qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman – 12 – 26400 soʻm
5-sinf
Oʻzbek, rus – 13 – 28600 soʻm
Qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman – 14 – 30800 soʻm
6-sinf
Oʻzbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman – 15 – 33000 soʻm
7-sinf
Oʻzbek, rus – 17 – 37400 soʻm
Qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman – 18 – 39600 soʻm
8-sinf
Oʻzbek – 18 – 39600 soʻm
Qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman – 19 – 41800 soʻm
9-sinf
Oʻzbek – 17 – 37400 soʻm
Qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman – 18 – 39600 soʻm
10-sinf
Oʻzbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman – 18 – 39600 soʻm
11-sinf
Oʻzbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman – 20 – 44000 soʻm
Eslatib oʻtamiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oilalardagi oʻquvchilarni umumtaʼlim maktab kutubxona jamgʻarmasi tomonidan darsliklar toʻplami bilan bepul taʼminlash tartibi oʻrnatilgan.
Qiziqarli malumotlar
Yangi oʻquv yili uchun darsliklar ijarasi narxi eʼlon qilindi