YANGI NISHON haqida

YANGI NISHON haqida

YANGI NISHON

YANGI NISHONQashqadaryo viloyati Nishon tumanidatch shahar (1982-yildan), tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Nishon (4 km). Yangi Nishondan viloyat markazi (Qarshi shahri) gacha 20 km. Aholisi 9,8 ming kishi (2003). Shaharda sanoat, qurilish tashkilotlari, kichik, oʻrta biznes, yirik korxonalar, mikrofirmalar, MTP, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktablari, kasbhunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uylari, stadion va boshqalar sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Yangi Nishondan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Yangi Nishon — Qarshi yoʻnalishlarida avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Ensiklopediya.uz
YANGI NISHON