«Yangi nafas» loyihasi to’liq malumot oling

«Yangi nafas» loyihasi to’liq malumot oling

«Yangi nafas» platformasi ishlab chiqiladi
Prezidentning “Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 fevralga qadar:

a) aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida “Yangi nafas” platformasini yaratadi va uning ishlash tartibini tasdiqlaydi.

Bunda, bir kunda kamida o‘n ming, bir oy davomida uch yuz ming, bir yil davomida 3,6 mln qadam yurgan shaxsga barcha davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida 50 foiz imtiyoz berilishini hamda sport inshootlaridan foydalanish uchun abonement taqdim etilishini nazarda tutadi;

b) Adliya vazirligi “Yangi nafas” platformasini davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlaydi.

Belgilanishicha, mehnat jamoalari a’zolarining “Yangi nafas” platformasidan foydalanish samaradorligi natijalariga qarab vazirlik va idoralar, mahalliy davlat boshqaruv organlari rahbarlarining ishiga Jismoniy tarbiya va sport vazirligining xulosasiga asosan baho beriladi.

kun.uz

Boshqa mavzular
«Yangi nafas» loyihasi