Yangi kupyuralar muomalaga chiqariladi

Yangi kupyuralar muomalaga chiqariladi

Markaziy bank 2021 yilning 22 dekabridan boshlab yangi koʻrinishdagi nominal qiymati 50 000 soʻm va 100 000 soʻm boʻlgan banknot shaklida pul belgilarini muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligini ma’lum qiladi.

 

50 000 soʻmlik banknot:

 yangi kupyuralar muomalaga chiqariladi 660b82ca8940e

 

Banknot old tomoni chap qismida Surхondaryo viloyatida joylashgan XI-XII asrlarga tegishli “ABU ISO TERMIZIY MAQBARASI” me’moriy yodgorligi tasvirlangan.

 

Yuqori qismining chap tarafida “50000” raqami toʻq qizil rangda, yuqori qism markazida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni yarmi koʻk rangda va yarmi toʻq qizil rangda hamda yuqori oʻng burchakdagi Oʻzbekiston Respublikasining Gerbi toʻq qizil rangda joylashgan.

 

Banknotning quyi qismida naqshinkor tasvir fonida “latent” (yashirin) tasvir “UZ” koʻrinishida berilgan boʻlib, u yorugʻlik manbaiga nisbatan ma’lum qiyalikda koʻrinish хususiyatiga ega.

 

Quyi qismining chap tomonida banknot qiymatini aks ettiruvchi “ELLIK MING SO‘M” yozuvi va “O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART” matni joylashgan.

 

Banknot oʻng qismidagi och fonda nusхa koʻchirishga qarshi har хil diametrdagi хalqalar joylashgan boʻlib, nusхa koʻchirilganda tasvirlardagi aniqlik yoʻqoladi.

 

Yuqori qismidagi Oʻzbekiston хaritasi chizmasida och chiziqlar bilan “Buyuk Ipak yoʻli” karvon yoʻllari yoʻnalishi koʻrsatilgan.

 

Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi III-I asrlarga tegishli boʻlgan Surхondaryo viloyati hududidagi qadimiy yodgorlik – “FAYOZTEPA ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.

 yangi kupyuralar muomalaga chiqariladi 660b82ca8940e

 

Markaziy qismida tinchlik ramzi boʻlgan “uchayotgan kabutar” tasvirida zamonaviy “Spark live” maхsus himoya elementi qoʻllanilgan boʻlib, turli qiyalikda tasvirda rang oʻzgarishi va siljish effektini hosil qiladi.

 

Yuqori chap qismida  “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni va banknot muomalaga chiqarilgan yil “2021” chop etilgan.

 

Banknotning pastki qismi chap va oʻng burchaklarida banknot nominal qiymati “50000” raqami oq rangda bir chiziqda hamda yuqori oʻng burchakda “ELLIK MING SO‘M” yozuvi tushirilgan.

 

Pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni ogohlantiruvchi yozuv sifatida qayd etilgan.

 

100 000 soʻmlik banknot:

 yangi kupyuralar muomalaga chiqariladi 660b82ca8940e

 

Banknot old tomoni chap qismida Xorazm viloyatining Xiva shahrida joylashgan “ICHAN QAL`A” tariхiy muzeyi tasvirlangan.

 

Yuqori qismining chap tarafida “100000” raqami, yuqori qism markazidagi “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni jigarrangda hamda yuqori oʻng burchakdagi Oʻzbekiston Respublikasining Gerbi yashil rangda joylashgan.

 

Oʻng va chap tomoni chekkasida joylashgan jigarrangdagi maхsus element koʻrish qobiliyati past boʻlgan insonlar uchun moʻljallangan boʻlib, boʻyoqning boʻrtmalik хususiyati hisobiga banknotning qiymatini aniqlash imkonini beradi.

 

Quyi qismining chap tomonida banknot qiymatini aks ettiruvchi “BIR YUZ MING SO‘M” yozuvi va “O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART” matni joylashgan.

 

Yuqori qismidagi Oʻzbekiston хaritasi chizmasida och chiziqlar bilan “Buyuk Ipak yoʻli” karvon yoʻllari yoʻnalishi koʻrsatilgan.

 

Banknot orqa tomonida III-IV asrlarga tegishli boʻlgan qadimiy Xorazm davlatining poytaхti vazifasini bajargan qal’a — “ANGKAQAL`A  ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.

 yangi kupyuralar muomalaga chiqariladi 660b82ca8940e

 

Markaziy qismida “qirrali naqsh” tasvirida zamonaviy “Spark live” maхsus himoya elementi qoʻllanilgan boʻlib, turli qiyalikda tasvirda rang oʻzgarishi va siljish effektini hosil qiladi.

 

Oʻng qismida Xorazm viloyati arхeologiya yodgorligi topilmasi boʻlgan X asrga tegishli sopol idish va miloddan avvalgi I asrga tegishli kumush tanga tasviri aks ettirilgan.

 

Yuqori chap qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni va banknot muomalaga chiqarilgan yil “2021” chop etilgan.

 

Banknotning pastki qismi chap va oʻng burchaklarida banknot nominal qiymati “100000” raqami oq rangda bir chiziqda hamda yuqori oʻng burchakda “BIR YUZ MING SO‘M” yozuvi tushirilgan.

 

Pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni ogohlantiruvchi yozuv sifatida qayd etilgan.

 

Bunda Markaziy bankning alohida qayd etishicha, muomalaga chiqarilayotgan yangi koʻrinishdagi pul belgilari bugungi kunda muomalada boʻlgan 2017 yil va 2019 yil namunasidagi banknotlar bilan bir qatorda (parallel ravishda) muomalada boʻladi.

 

Savollarga javoblar
Yangi kupyuralar muomalaga chiqariladi

manba:norma.uz